Savdogarlar ustozi


Insonlarning ilojsizligi foyda uchun imkon emas



Download 291,51 Kb.
bet17/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Insonlarning ilojsizligi foyda uchun imkon emas
Bir kuni ustoz bizni yo‘qlatibdi. Shoshilib yo‘lga chiqdik. Uylarigacha ikki kunlik yo‘l. Abdullohning yaxshi bir odati bor. Agar xazrat yo‘qlasa, bor ishini tashlab o‘sha yoqqa chopadi. Yetib borganimizda asr vaqti edi. Namozni o‘qib oldikda, oldilariga kirdik. Salom alikdan so‘ng ko‘zimizga tikilib qaradi. Keyin tabassum bilan gap boshladi.
-O‘g‘lonlarim, tijoratlaringiz siz o‘ylagandan ham, men umid qilgandan ham gullab yashnab ketdi. Ota-onangizning duolarini olib turganingiz uchun shunday bo‘lyapti. Abdusalom oxirgi marta ota-onangning oldiga qachon borganding? Senchi Abdulloh?
Biz javob berishdan oldin o‘ylanib qoldik. Olti oydan buyon Marvga bormabmiz. Uyaldik. Birdan ularni esladim...
Biz Marvdaligimizda ota-onamizning xizmatlarini jonu dil bilan qilamiz. Abdullohning otasi ham tijorat qilardi. Ammo hozir ko‘proq ibodat qilyapti. Onasi uy ishlari bilan band. Bir ikki marta ularni va ota-onamni hajga olib bordik. Bir muddat Iroqda ham yashadi. Lekin ota makonlarini qumsayverdi. Ular keksaygan, ammo qadlari tik. Halol tirikchiliklari tufayli jonlari halovatda. Bir kuni otam menga “O‘g‘lim halol yasha tinch uxlaysan”, degandi. Abdullohning otasi ham shunday fikrda. Ularning duolarini ko‘pam ololmayotganimizdan ba’zan siqilamiz. Ana shunday lahzalarda moliyaviy mustaqillikning qadri va o‘zgalarga tegadigan foydasini o‘ylab, yana tijoratga zo‘r beramiz.
... – Olti oycha bo‘ldi, - dedim javobni kuttirganimdan hijolat bo‘lib. Uztoz nim tabassum bilan gapira boshladi.
-Muso alayhissalom Allohga erkalanib duo qilarkan. Bir kuni shunday duo qilib tursa, nido kelibdi “Ey, Muso, boshqa erkalanib duo qilmagin!”. Muso alayhissalom bu gapni eshitgach, iltijo qilib “Yo, Robbim, shu vaqtgacha shunday duo qilardim, ammo tanbeh eshitmagandim, sababini menga bildir Allohim”. Alloh taolo javob beribdi. “U paytlarda onang tirik edi”. Ona duo qo‘rg‘oni. Men onamning duosi bilan shu darajalarga yetganman. Abdulloh ham, sen ham duo kuchi bilan himoyalangansiz. Xizmatlaring kam emas, ammo fursat bo‘ldi deguncha, albatta ularning yoniga shoshilinglar. Xizmatini qilinglar. Omonat dunyoda omon bo‘lasizlar. Ota-onangizga pul ajratib turasiz, bu baraka omili. Savdoingiz shunint uchun gullayveradi. Holidan xabar olsangiz, jannat eshiklari ochiladi. Ha, mayli asli boshqa sabab bilan chaqirtirgandim. Bir o‘gitim bor sizlarga. Qalbingizga muxrlab oling. Hech qachon birovning ilojsizligidan, yo xalqning noilojligidan foydalanib dunyo orttirmang! Keyin shom o‘qidik. Kechasi ortimizga qaytdik. Ustozning nasixati haqida juda uzoq o‘yladik. U zot bizga hech qachon yong‘oqni chaqib bermasdi. Shundoq butun berardi. Biz chaqib olardik. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Ertasiga yana savdo ishiga kirishib ketdik. Hisobchimiz bir oylik hisobotni menga berdi. Daromad, xarajat va bizdan qarzdorlar ro‘yxati. Ularni Abdullohga ko‘rsatdim. U qarzdorlarning moddiy ahvoli, to‘lov qobilyatini so‘radi. Ular haqida batafsil ma’lumot berdim. Keyin biroz savdo haqida gaplashdik. Shu payt Abdullohni yo‘qlab bir kishi kelganini aytishdi. Tashqariga chiqdik (Abdulloh ishda bo‘lsa, odatda uni so‘rab kelganlarning oldiga kattalik qilmasdan o‘zi chiqardi). Odmiroq kiyingan odam bizga salom berdi. Alikdan so‘ng gap boshladi.
-Sizlardan o‘tgan oy mo‘yna sotib olgandim. To‘lashga pulim yetmayapti. Bir saman otim bor. Uni narxlab sotib oling. Qarzimga yetsa, xursand bo‘laman, yetmasa boshqadan qarz olib to‘layman.
-Qarzing qancha?, -deb so‘radi Abdulloh unga yaqinlashib.
-Bir dinor, - deb javob berdi xaridor yerga qarab. – Vaqtida qaytarolmadim, aslida shu otimni olib kelib, oling deb majburlashim xato. Ammo ilojim yo‘q boshqa. Uning javobidan so‘ng quyidagi go‘zal savol – javob va savdo bo‘ldi.
-Oting qancha turishini bilasanmi?
-Bozorga olib bormadim. Bir savdogarga pul kerakligi uchun sotmoqchiligimni aytgandim yetti yuz dirxam berishini aytdi.
-Bu ot undan qimmat turadi.
-To‘g‘ri, bir tanishim uni bir dinor so‘ragan edi.
-U bundan ham qimmat turadi.
-Mayli bir dinoru ikki yuz dirxamga oling.
-Men otingni uch dinorga olaman.
-Nega buncha qimmatga olyapsiz?
-Ikki hafta oldin bozorda shunday otlar shu narxda sotilyotganini ko‘rgandim.
-Savdongizga, umringizga, ilmingizga Alloh baraka bersin. O‘lgunimcha unutmayman bu yaxshiligingizni.
-Bu yaxshilik emas, oddiy savdo. Minnatdorliging ortiq darajada bo‘lyapti. O‘z bahosida bozorga sotsang, shu narxda senga to‘lashganida ham ularni shunday duo qilarmiding?
-Hali mol sotganimda bunday duo qilmaganman. Baraksini bersin deb ketaverardim.
-Bugun ham shunday deginda, uyingga qaytaver. Senga hisobchi ikki dinor hoziroq beradi.
-Rahmat. Barakasini bersin Allohim.
Hisobchi unga ikki dinor berdi. Men allaqachon ichkariga kirib ketgan Abdullohning oldiga bordim. Qarasam, duo qilib o‘tirgan ekan. Yuziga fotixa tortgach, menga yuzlandi.
-Bilasanmi Abdusalom, ustozning kechagi aytgan gapining mag‘zini chaqqandekman. Boyagi qarzdordan qarzi evaziga otni olib qolishimdan ustozimning o‘giti qaytarib qoldi, -dedi u ko‘zi yoshlanib.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish