Savdogarlar ustozi


Abdullohning kitob yozishi



Download 291,51 Kb.
bet15/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Abdullohning kitob yozishi
O‘zi aslida faqatgina savdo haqida aytmoqchi edim. Ammo ozgina Abdullohning kitob yozishidan ham aytmasam bo‘lmas. Yuqorida aytganimdek, Abdulloh o‘ta aniqlikda ishlaydi. Uning vaqti hatto bir oylab rejalangan bo‘ladi. Kitob yozishga esa alohida mehr bilan e’tibor beradi. U kitob yozadigan vaqtlarda savdo ishiga kam vaqt ajratadi. Hisobchi ko‘proq ishlaydi. U bir kuni tafsir qilishga kirishdi. “Tafsir kitobi” ustida uzoq vaqt ma’lumot to‘pladi. Keyin birdan yoza boshladi. Uning bir kechada yozganlarini uch to‘rt kishi kechgacha oqqa ko‘chirardik. Qanday qilib bu qadar barakali bo‘lib ketishini tushunmasdik. Nihoyat uch oyda Qur’on tafsirini tamomladi. Keyin do‘stlarini ziyofatga chaqirdi. Muhtojlarga va ilm ahliga ming dinor ehson qildi. Do‘stlari shomdan so‘ng yig‘ildi. Go‘zal suhbatlar bo‘ldi. U masala yechmagan, hadis sharxlamagan vaqtlari juda qisqa gapiradi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
-Do‘stlarim, qadrdonlarim, - deya gap boshladi Abdulloh. – Kelganingizdan sevindim. Tafsir qilish maqsadim bor edi. Niyatimga yetdim. Yana bir qancha maqsadlarim bor, Alloh yetkazsin. Kimning maqsadi bo‘lmasa, maqsadi borlarga xizmat qiladi. Shu bilan gapini tamomladi. Hamma jim bo‘lib qoldi. O‘sha vaqtda ko‘pchilik “men maqsadi borlarga xizmat qilyapmanmi, yo o‘z maqsadim sari qadam tashlayapmanmi?”, deb o‘ylayotgan bo‘lsa ne ajab!?
Mana oradan bir hafta vaqt o‘tdi. Shu vaqt oralig‘ida savdoda jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu Abdulloh savdoga aralasha boshalashi bilan barakasi seziladi. Shu qadarki, yurmay turgan ishlar chopib ketadi. Menimcha qilgan ehsonlari sabab Allohim ishlariga barakalarini kam qilmasdan bersa kerak. O‘zimcha o‘ylar bilan o‘tirsam, yelkamga kimdir qo‘lini qo‘ydi. Abdulloh ekan.
-Hayol surib o‘tiribsanmi, Abdusalom?, - yedi u tabassum bilan.
-Kelaningni sezmay qolibman, biror xizmat bormidi?, - dedim savoliga savol bilan. Keyin u menga qarab o‘ychan gapira boshladi.
-Abdusalom, qara o‘nlab kitoblar yozyapman, tijorat qilyapman. Tijoratim shu qadarki, karvonlarim dunyoning to‘rt tomoniga borib keladi. Meni bir hayol ba’zan qiynab qo‘yadi. Kitoblarim va savdo ilmim kelajak avlodga bus-butun yetib borarmikan? Ular ajdodlarining tijoriy sirlarini o‘rganib ulardan-da kuchliroq bo‘larmikan? Yo boshqalar o‘zib ketadimi? Agar dunyoda boshqa dindagilar musulmonlardan boyib ketsa, islom dini ayovsiz zulm va tahqirlar ostida qolishi aniq. Ishqilib avlodlarimizni din ulamolari adashtirib qo‘ymasin. Ikki dunyo uchun ham qattiq harakat qilishga chaqirsin.
-Nega birdan bu haqda gapirib qolding?, - deb savol berib yuboribman gapini bo‘lib. U bir to‘xtab gapida davom etdi.
-Bir hafta oldin shaharga borgandim. Juma ma’ruzasini tingladim. Imom ko‘pchilik oldida qattiq xato qildi. U boylikni ayovsiz tanqid qildi, boylarni jannatga kirmaydi, kirsa ham eng oxirida kiradi, dedi. Boylarning hisob – kitoblari juda qattiq bo‘lishini aytib odamlarni qo‘rqitdi. Faqat ibodat qilish haqida gapirdi. U bilmaydiki, halol tirikchilik qilgan, halol tijorat yuritayotganlar ham ibodatda aslida. Faqat oxirat uchun harakat qilish kerak, deyildi u yerda. Abdusalom, agar shunaqa imomlar ko‘payib ketsa, islom olami kambag‘allashib qoladi. Oqibatda riboxo‘rlar o‘z ishini kattalashtirib yuboradi. Boshqa dindagilar kuchayib, musulmonni ezadi. Aslida imomlar asl hadisni yashirmasdan aytishlari kerak. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu alahi vasallam shunaday degan: “Ham ohirat uchun, ham dunyo uchun harakat qilgan odam xayrlidir(aslini topib kiritaman)”. Bizning imomlar hozirdan odamlarni qo‘rqitadi. Boylar ko‘paysa, tadbirkorlar boyisa xalq boy bo‘ladi. Yo‘llar, shaharlar obod bo‘ladi. Muhtojlar qiynalmaydi. Ishsizlar ish bilan ta’minlanadi. Odamlarni qo‘rqitmasdan boy bo‘lishga, moliyaviy mustaqillikka, puldor bo‘lib, jannatga olib boradigan sadaqalarni qilishga targ‘ib qilish kerak. Shunda qiyomatgacha musulmonlarning qo‘li baland bo‘ladi. Bu - adolat bo‘ladi degani. Men jumadan keyin imomga xatosini aytdim. Uzr so‘radi. Boshqa qaytarmasa kerak xatosini. Lekin kalta o‘ylab, odamlarni ishbilarmonlik, badavlatlikdan qaytaradiganlar chiqyapti. Bu yaxshi emasda. Qara hadislarga qancha soxtalari qo‘shilib ketdi. Rosululloh alayhisalomning tijoriy sirlariga mingta yolg‘on qo‘shilyapti. Men ham kitoblarim atay yo‘qotib yuborilishidan va avlodlarim tijoriy ilmlardan bebaxra qolishidan qattiq xavotirdaman.
-Xavotiring o‘rinli, - dedim unga tikilib. – Ammo kitob yozishdan to‘xtamasliging kerak. Yuzlab kitoblaringdan bittaginasi yetib borsa ham katta xazina bo‘ladi kelajak uchun. Dushmanlar, ko‘rolmaslar har doim topilgan. Asarlaring yetib boradi Xudo xohlasa, ammo menda boshqa o‘y bor. Esingdami, shom tarafga borganimizda sulton kutubxonasidagi qo‘lyozmalardan foydalanishga ruxsat yo‘q edi. Go‘yoki ular asramoqchi emish. Kitob o‘qib turilsa, varaqlab turilsa, yaxshi saqlanadi. Sulton kitobni asramoqchi emas, yo‘qotmoqchi aslida. Mening xavotirim kelajakda zolim shohlar ustozimiz Abu Hanifa xazratlari, undan oldingilar, sen va sen kabi fidoiylarning asarlarini saqlash bahonasida qo‘lyozmalar saqlanadigan joyga to‘plab yo‘qotib yubormasaydi. Halitdan asarlarni xalqdan yashirish boshlangan payt, hadislarga hujum qilinyapti. Ishqilib kelajak avlodimizga Alloh insof bersin.
-Shuni men ham o‘ylagandim, - dedi Abdulloh jiddiy. – Avlodlarimizni agar insofli shohlar boshqarmasa, dinlarini unutsalar, o‘zlari va qarindoshlarini ta’minotlarini qilolmasalar, ishchi o‘rin yaratishga tirishmasalar, boshlariga ko‘p ko‘rguliklar yog‘iladi. Xudo asrasin ularni. Ammo islom dini hamisha g‘alaba qozonadi. Shu umid bilan kitob yozaveraman. Avlodlarim baribir asarlarimni izlab topadi. Agar din ulamosi asarlarimni yashirib, yoki o‘zgartirib yubormasa, asrlar osha kitoblarim odamlarga ezgulik ulashadi...

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish