Savdogarlar ustozi



Download 291,51 Kb.
bet36/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

Abadiy talaba bo‘ling

Odamlar mendan qachongacha o‘qishim mumkinligini so‘raydi. Menda har doim javob bitta – abadiy o‘qiyman. Tolibi ilmga hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for atytarkan. Suvdagi jonzotlarki ilm oladigan odamning gunohi kechirilishini Allohimdan so‘rab tursa, men nima uchun o‘qishni, o‘rganishni to‘xtatishim kerak!? Axir Habibimiz Muhammad alayhissalom “Ilm chinda bo‘lsa ham olinglar”, degan ma’nodagi o‘gitlarini aytib turgan bo‘lsalar.

Inson zoti o‘qigani, o‘rgangani sari yuksala boradi. Miya ham xuddi mushakka o‘xshaydi. Mushaklar mashq qilinganida, yuk ko‘targanida baquvvatlashganidek, miyamiz ham o‘qiganida, o‘rganganida, yodlaganida kuchayadi. Men har bir insonga o‘qishdan hech qachon to‘xtamaslikni tavsiya qilaman. Bu mening tajribalarim yig‘indisi emas, bu Allohning hukmi va Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning o‘gitlaridir...

Negadir kundalikning qolgan qismlari yo‘q edi. Balki endi yoza boshlagandir. Chunki savdo haqidagi boshqa hamma kitoblarini men oqqa ko‘chirganman. Bu kitobini yaqinda boshlagan ekanda. Alloh do‘stimni o‘z rahmatiga olsin. Qiyomatgacha keladigan ummatga yaxshiliklar qilib ketdi...


Ahad JUMANQULOV
11.12.2017

“To‘g‘riso‘z va ishonchli tijoratchilar nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladilar”. degan joyni “Ham ohirat uchun, ham dunyo uchun harakat qilgan odam xayrlidir(aslini topib kiritaman)”. bulimining bir joyiga ildirsangiz bu xam buladi (Bahriddin akaning fikri)


Yem sotayotgan halol savdogarning hikoyati. Xaridor o‘n kilo emas 15 kilo olganini va bopladim deb o‘ylaganini biror joyiga kiritishim kerak.
Musulmon keng hovlili, markabli va yaxshi xotinli bo‘lishi kerakligi.

Tijorat
axloqi yoxud musulmon tadbirkor uchun Qur’on va Sunnatdan 10 oltin qoida.


1-qism.
Qur’oniy qoidalar.
1. Ey musulmon tijoratchi, tijoratning o‘ziga xos zavqi, havosi va hayajoni bor. Yana ham ko‘proq foyda olish hirsiga berilib, aslo va aslo Alloh ta’oloni zikr qilishdan, ibodatdan va zakotni ado etishdan qolmasliging kerak. Kelishi haq bo‘lgan o‘limni muttasil xayolingda tutishing lozimki, bu holat oyog‘ing toyib ketishidan, seni birovlar yo‘ldan urishidan saqlab qoladi va hamisha to‘g‘ri istiqomatda qadam tashlashingni ta’minlaydi. (Dalil: Nur surasi, 37-oyat)
2. Ey musulmon tijoratchi, sen iymon keltirgan Parvardigoring O‘zi istagan bandasining rizqini keng qilib qo‘yishini, istaganini esa kifoyat qiladigan darajada rizqlantirishini hech qachon esdan chiqarma. (Dalil: Isro’ surasi, 30-oyat, Saba’ surasi, 36-oyat). Sening vazifang: yer yuzida rizqingni terish uchun g‘ayrat qilish va ter to‘kishdir. (Dalil: Jum’a surasi, 10-oyat, Muzammil surasi, 20-oyat). Bir inson sifatida qo‘lingdan kelganini qilishing, natijasini esa mehribon bo‘lgan Parvardigoringga qo‘yib berishing lozim. Bu ishda chegaradan chiqmasdan, isyonga yo‘l qo‘ymasdan, rizqu nasibangga rizo ko‘rsatishing kerak.
3. Ey musulmon tijoratchi, sen iymon keltirgan Parvardigori olam imtihon sababli yer yuziga nozil qilgan ne’mat va rizqlarining ba’zisini halol, ba’zisini harom qilgandir. (Dalil: Yunus surasi, 59-oyat). Alloh ta’olo joriy etgan bu chegaralarga rioya qilishlik sening eng katta vazifang sanaladi. Shayton va uning do‘stlari seni haq yo‘ldan toydirish uchun butun vositalarni ishga solishadi, haromlarni senga chiroyli va foydali qilib ko‘rsatishadi. Sen taqvo libosiga burkanib olgan holda har lahzada Haq ta’ologa yuzlanib, g‘aflatdan uzoq, uyg‘oq qalb bilan bardam turishing kerak. Faqatgina shu yo‘l orqali hisobini berishing mumkin bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanishing osonlashadi.
4. Ey musulmon tijoratchi, nima qilishingdan qat’i nazar, xoh u oldi-berdi bo‘lsin, xoh qarz olish yoki sheriklik – muzoraba bo‘lsin, barcha holatlarda yozuv-chizuv qilish lozimligini aslo yoddan chiqarma. (Dalil: Baqara surasi, 282-oyat). Bu mavzu Qur’oni Karimda eng uzun bayon qilingan mavzulardan biri ekanligini doimo esda tutib, ushbu amri ilohiyning shartlariga tom ma’nodarioya qilishing vojibdir. Shunga amal qilsang, o‘rtaga chiqish ehtimoli bo‘lgan barcha muammolarning oldini to‘sa olasan.
5. Ey musulmon tijoratchi, savdo-sotiqni o‘lchov va tarozi asosida yuritayotgan, ya’ni, ishda tarozi va boshqa o‘lchov vositalaridan foydalanadigan bo‘lsang, to‘g‘rilik va halollikni aslo tark etmasliging kerak. Har xil qing‘irliklarning qoralangani va Madyan xalqining bu kabi hiylakorliklar oqibatida azobga duchor qilinganligini unutmasliging lozim. Tarozida tortish va o‘lchash paytida xaridorning haqqiga tajovuz va xiyonatdan o‘zingni tiyishliging mutlaqo shartdirki, erta qiyomatda Haq huzurida amal daftaringni o‘ng tomondan olish senga nasib qilsin.
7. Ey musulmon tijoratchi, Alloh ta’olo savdo-sotiqni halol, foiz va sudxo‘rlikni harom qilgandir. Sudxo‘rlar qiyomat kunida qabrlardan jin chalgan devonalarday turib chiqadilar. (Dalil: Baqara surasi, 275-oyat). Halol bo‘lgan foydangga foizni aralashtirsang, barakatdan mahrum bo‘lasan (Baqara surasi, 276-oyat). Alloh va Rasuliga (solallohu alayhi vasallam) qarshi jang qilishni xohlamasang (Baqara surasi, 279-oyat), foizga yaqinlashmasliging, uni na olishing va na berishing kerak. Bu boradagi diqqat va e’tiboringni hech qachon susaytirmasliging lozimki, umumiy bir kulfat holiga kelgan bu xastalikdan o‘zingni himoya qilishga muvaffaq bo‘lgaysan.
8. Ey musulmon tijoratchi, sen sadoqatni o‘zing uchun eng muhim tamoyil qilib ol. Qur’oni Karimda siddiqlar nabiylardan keyin, shahidlardan esa avval zikr etilgan. (Dalil: Niso surasi, 69-oyat). Nomunosib shart va muhitlarda sadoqatda bardavom bo‘lish juda ham og‘ir ishdir. Shu sababli sodiq kishilar bilan doimo do‘st va hamroh bo‘lish kerak. Har qachon yoningda va orqangda sadoqatli do‘stlaring bo‘lsinki, yanglishgan oningda seni ogohlantiradigan bir til, yiqilganingda senga uzanadigan bir qo‘l har zamon yoni boshingda ekanligini his etish baxtiga erishgaysan.
9. Ey musulmon tijoratchi, yaxshilik va taqvoning yoyilishi uchun ko‘maklashmog‘ing, yomonlik va dushmanlikning ko‘payishiga mone’ bo‘lishing lozim. Har qancha qiyin ahvolga tushganingda ham, go‘yoki Allohga qarz berayotgandek, Uning bandalariga yordam qo‘lini uzatishing kerak. Unga berilgan qarzning aslo bir yo‘qotish emas, balki koni foyda, bitmas-tuganmas boylik ekanligini hech qachon yodingdan ko‘tarilmasin. (Dalil: Baqara surasi, 245-oyat). Yaxshilikning yoyilishi yo‘lida yana ham ko‘proq jiddu jahd bilan harakat qilginki, haqiqiy ma’nodagi saodatga erishgaysan.
10. Ey musulmon tijoratchi, qarzlaringni to‘lash borasida juda intizom bilan yo‘l tutishing, haqsizlik qilmasliging, o‘zaro rozilik holatlari bundan mustasno, hech kimni qiyin ahvolda qoldirmasliging shart. Yaxshilikni suyiiste’mol etib, insonlar orasidagi yaxshilik tomirlarini yo‘q qiladigan bo‘lsang, o‘zingni ham, boshqalarni ham ma’nan o‘ldirgan bo‘lasan. (Dalil: Niso surasi, 29-oyat). Bu xususda sendan talab etilgan shartlarga shunday rioya etginki, atrofingdagilarni pushaymon qilmagaysan va oxir-oqibatda kimsasiz va yolg‘iz ahvolda qolmagaysan.
11. Ey musulmon tijoratchi, foydaning qaerdan kelayotganligini hech qachon unutmasliging, molingni zakotini to‘la-to‘kis ado etish bilan birga infoq va sadaqa berishni ham ko‘paytirishing, kechayu kunduz, yashirin va ochiqcha Alloh tao’lo senga bergan rizq va boylikni Uning yo‘lida (fisabililloh) sarflashing va natijada har qanday qo‘rquv va huznlardan emin qolishliging lozim. Alloh ta’olo bitta yaxshilikni yetti yuz barobar qilib o‘zingga qaytarib turgan bir vaziyatdaaqlli bir tadbirkor sifatida bu kabi foydali tijoratni qanday ham rad etishing mumkin?! Bas shunday ekan o‘z tijoratingga Allohni sherik qilginki, olish uchun emas, balki berish uchun sendan talab qiladigan bir sherik va hamkorga ega bo‘lgaysan, bag‘ishlashdan, in’om etishdan va ehson qilishdan aslo to‘ymaydigan va tolmaydigan bir xilqatga aylangaysan.
2-qism.
Sunniy qoidalar.
1. Ey musulmon tijoratchi, Razzoq zot bo‘lgan Alloh ta’olo huzuridan senga bitilgan taqdirga rozi bo‘lishing, bu yo‘lda tavakkulingni komil bir tarzda bino etishing lozimki, imoningga yarashadigan bir maqomga ega bo‘lgaysan.
Hadis: “Agar siz haqiqatan ham tom iymon ila Allohga tavakkul qilganingizda edi, tongda och chiqib, oqshomda to‘q holda uyasiga qaytadigan qushlarni rizqlantirgani misoli Alloh sizni ham mutlaqo rizqdan nasibador qilgan bo‘lardi”.
2. Ey musulmon tijoratchi, Alloh tao’lo joriy etgan halol va harom chegaralariga rioyat qilishing, shubhali narsalardan yuz o‘girishing kerakki, tokim nomus va haysiyatingga dog‘ tushirmagaysan.
3. Ey musulmon tijoratchi, rizq talabida erta tongdan harakat qilib, uyingdan chiqishing, ustingda quyosh bosh ko‘tarmasdan, sen quyoshning ustida bosh ko‘tarishing (ya’ni, quyoshdan avval uyg‘onishing) lozimki, barakatga noil bo‘lgaysan.
Hadis: Hazrati Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Allohim, ummatim uchun erta tongni barakatli qil”, deb duo qilganlarini eshitdim”.
4. Ey musulmon tijoratchi, olishda va sotishda, qarz berishda va olishda doimo osonlik va qulaylikni asos qilib olki, tijoratingni xotirjam bir tarzda amalga oshirgan holda Allohning rahmatiga erishgaysan.
5. Ey musulmon tijoratchi, sotayotgan molingning sifatini tushiradigan va qiymatini kamaytiradigan bir qusur mavjud bo‘lsa, buni xaridorga ochiqchasiga aytgingki, aks holda foydangga harom aralashib, o‘zing birovlarning la’natiga qolib ketishingga sabab bo‘lmasin.
Hadis: “Kimki, qusuri bor molini sotayotganida bu haqda xaridorni voqif etmasa, doimo Allohning g‘azabi va farishtalarning la’nati ostida bo‘ladi”.
6. Ey musulmon tijoratchi, foiz borasida juda hushyor bo‘lishing, foiz olmasliging va bermasliging, foiz aralashgan joyda turmasliging va bu xususda g‘oyatda ehtiyot bilan yo‘l tutishing lozimki, Rasululloh solallohu alayhi vasallamning uyilgan qovoqlari va og‘ir tanbehlariga ro‘baro‘ qolmagaysan.
Hadis: Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh solallohu alayhi vasallam foiz berganni, uni olganni, buni qayd etgan kotibni (ya’ni, uniqog‘ozga tushiruvchi kishini) va bunga guvohlik qilgan shohidlarni la’natladilar va ularning barchasi bu gunohga teng sherikdir, dedilar”. (Imom Muslim, “Musoqot”, 106. Imom Nasoyi, “Ziynat”, 25.)
7. Ey musulmon tijoratchi, qiladigan ishingni sabot ila bajarmog‘ing, sabrli bo‘lishing va hisob-kitobda yaqin zamonni emas, balki uzoqni ko‘zlab harakat qilmog‘ing lozimki, natijada muvaffaqiyatga erishgaysan.
Hadis: Oyisha roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh ta’olo sizlardan bir kishi uchun bir tomonni (narsani) rizqqa sabab qilib qo‘ysa, bu o‘zgarguncha yoki qiyinlashguncha uni tark etmasin (ya’ni, undan voz kechib ketmasin).
8. Ey musulmon tijoratchi, dunyo moli ko‘zni qamashtiruvchi va yoqimli ekanligini, ammo Alloh ta’olo huzurida foniy va qiymatsizligini hech qachon unutmaki, hirs va tama’girlik domiga tushib, dunyo talabida haddan oshmagaysan.
9. Ey musulmon tijoratchi, molingni loyiq bo‘lgan bahodan oshirib sotish uchun noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolmasliging va xaridorlarni aslo aldamasliging lozimki, tokim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning haqiqiy ummati bo‘lish baxtini qo‘ldan chiqarmagaysan.
Hadis: “Aldagan kishi bizdan emasdir”.
10. Ey musulmon tijoratchi, o‘z ishing va tijoratingni to‘g‘rilik asosi ustida bino etishing va hech qachon haqiqatdan ayrilmasliging lozimki, jannatda eng yaxshi do‘stlar bilan qo‘shni bo‘lish saodatiga erishgaysan.
“To‘g‘riso‘z va ishonchli tijoratchilar nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo‘ladilar”.
Tupladi Baxriddin, tarjimon Zarif GOFUROV.



Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish