Bormasdan qabul bo‘lgan haj
Biz tijorat bilan turli mamlakatlarda bo‘lamiz. Uyda kam turamiz. Shuning uchun ham atrofdagi odamlar bilan tez – tez bordi – keldi qilolmaymiz. Bu safar Abdulloh uyga kelgach, savdo ishlarini menga topshirib, o‘zi hazga ketishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. U hajga boradigan bo‘lsa, katta mablag‘ to‘plardi. Ketish oldidan bir ehson qilib, safarda ham sadaqalar berardi. Makkada ham muhtojlarni esidan chiqarmasdi. Bir kuni uning o‘g‘li Abdurahmon yig‘lab kelib qoldi. Sababini so‘ragan otasiga: “Qo‘shnimiz qozonida go‘sht qaynatayotgan ekan, menga bermadi. Shunga izza bo‘ldim”, dedi. Abdulloh taajjublanib qo‘shninikiga chiqib ketdi.
Qo‘shnimiz beva bir ayol edi. Abdulloh eshikni taqillatdi. Men devor osha qarab turgdim. Ayol eshikni ochgach, uyalib savol berdi.
-Assalomu alaykum!, xush kelibsiz.
-Vaalaykum assalom, yaxshimisiz?, - deya alik oldi Abdulloh. Keyin qalblarni o‘rtaydigan suhbat bo‘ldi. – Sizni musulmon deb, bilaman. Mehribonligingiz farzandlaringizning tarbiyasida seziladi. Ammo bir anglashilmovchilik bo‘lganga o‘xshaydi. O‘g‘lim qiziq gap aytib chiqdi. Bolalaringiz bilan o‘yngani kirganida go‘sht qaynatayotgan ekansiz, ammo o‘g‘limni izza qilib bermasdan uyga chiqarib yuboribsiz.
-Ming bor uzr. O‘g‘lingizni qattiq ranjitdim. Ammo besabab dilozorlik qilmayman. Erim vafot etganidan keyin qiynalib qoldik. Bilasiz ilgari pulga muhtojlik sezmaganmiz. Qo‘shnilarga bildirmay uydagi narsalarni sotdim. Qo‘lga ilinadigan biror nima qolmagach, uch kun och qoldik. Men ish qidirdim, ammo topolmadim. Yaqin atrofdagi jarlik oldidan tush payti o‘tayotsam, bir katta buqa xarom o‘lib yotgan ekan. Qosh qorayganda borib, bir bo‘lak kesib keldim. Ammo erta tongacha pishirolmay o‘ylab o‘tirdim. Bolalarimning nolasi yuragimni ezgach, qozonga soldim. Tushgacha qaynadi. Abdurahmon bollarim bilan o‘ynayotgandi. Ular tez – tez qozon oldiga kelib, qvat qachon pishishini so‘rashardi. Oxiri tayyor bo‘lgach, o‘g‘lingizga javob berib yubordim. Chunki bizga halol u go‘sht. Sizning o‘g‘lingizga esa xarom bo‘ladi.
-Meni kechiring. Sizni noto‘g‘ri tushunibman. Shundoq yonqo‘shnim muhtojligini bilmagan odamni kechiring. Men hozir. U qaytib chiqdid-da hajga yiqqan pullaring hammasini ayolning oldiga olib keldi. Unga:
-Siz muhtoj bo‘la turib men hajga borsam, ibodatim maqbul bo‘lmaydi, - deya pullarni unga berdi. Ayol qo‘llari qaltirab uzoq duo qildi.
-Sadaqaga bergan pullaringizning har safar ikki baravar bo‘lib to‘lib qolaversin. Allohim sizni do‘zaxiga tushirmasin...
Abdulloh uyga kelgach, kechgi taomni yemadi. Tong otguncha yig‘lab chiqdi. Yig‘i aralash “qo‘shnisining holidan bexbar men g‘ofilni kechir Allohim”, derdi. Men ham uxlolmay chiqdim. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, hojilar qayta boshladi. Ular bir to‘p bo‘lib Abdullohnikiga keldi. Birin ketin tabriklab ketdi.
-Ustoz hajingiz qabul bo‘lsin!
-Ustoz ibodatlar qabul bo‘lsin!
-Hazrat, nega biz bilan birga kelmadingiz? Qanay qilib bizdan oldin kelishga ulgurdingiz?
Shu kabi savollar, anglashilmovchiliklar o‘la boshladi. Tabiiyki biz taajjubda edik. Abdulloh ularga hajga bormaganini takror – takror aytdi. Shunda bir keksarq qo‘shnimiz so‘z qotdi.
-Ey, Abu Abdurahmon, siz bilan biz bir safda haj qildik. Sizning rostgo‘ylardan ekningizni bilamiz, ammo nega bu safar yolg‘on gapirayotganingizni tushunmayapmiz.
Oxiri Abdulloh ularga o‘sha voqeani aytib berdi. Keyin ko‘rgan tushini ham so‘zladi.
-Qo‘niga hajga yiqqan pulimni berganimdan keyin tush ko‘rdim. Tushimda bir nido qiluvchi “muborak bo‘lsin, hajingiz qabul bo‘ldi”, dedi. Hozir sizlarning so‘zlaringizni oxirigacha eshitganimdan keyin Allohning qudrati oldida ojizligimni yana bir bor his qilib, marhamatini so‘zlab berishdan o‘zga choram qolmadi. Shu qo‘shnimning barakasi va duosidan shu ishlar bo‘ldi. Unga Xoliq Zot ikki dunyo saodatini nasib etsin. Qani ichkariga kiringlar, mehmonim bo‘linglar. Sizlarning duolaringiz biz uchun g‘animat.
O‘sha kunigo‘zal suhbat bo‘ldi. Hojilar xursand bo‘lib uylariga tarqaldi. Biz bo‘lgan ishlardan hamon qattiq ta’sirda edik. Shu kundan boshlab savdo ishlarimz battar avj oldi. Pullar aqlni shoshiradigan darajada oqib kela boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |