Savdogarlar ustozi


O‘ziga ishongan inson so‘rashni ham biladi



Download 291,51 Kb.
bet10/36
Sana11.04.2022
Hajmi291,51 Kb.
#541824
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
savdogarlar ustozi

O‘ziga ishongan inson so‘rashni ham biladi
Bir necha yil oldin Abdulloh gazlama va mo‘yna sotishni niyat qildi. Ustoz Abu Hanifa hazratlaridan ruxsat bo‘lgach yo‘lga tushdik. U bilan ko‘p bozorlarni aylandik. Nihoyat biz xohlagan mahsulotlarni topdik. Ammo ular juda qimmat edi. Pulimiz ham unchalik ko‘pmasdi. Biz katta miqdorda qarz olib, ishlab chiqaruvchining o‘zidan olmoqchi va xalq qiynalmasligi uchun narxni pasaytirmoqchi bo‘ldik. Shu payt Abdulloh meni yana lol qoldirdi. U birinchi kichik bir xontaxtacha ustiga matolarni yoyib savdo qilyotgan odamning oldiga bordi. Unda nari borsa ikki to‘p mato bor edi. Abdulloh undan:
-Menga shu matodan 20 to‘p kerak edi, deb so‘radi. Unda uncha mato yo‘q edi. Boshqa do‘konni ko‘rsatdi. U aytgan do‘konga bordik. U yerda 15 to‘pcha mato bor ekan. Abdulloh ulardan 30 to‘p so‘radi. Unda yo‘q ekan, boshqa do‘konni ko‘rsatdi. Keyingi do‘konda har xil matodan 10 to‘p, 15 to‘pdan bor ekan. U bu safar bir gazlamani ushladida ayni shundan 60 to‘p kerakligini aytdi. Ular ham topib berolmadi. Boshqa do‘konga bordik. Ulardan 100 to‘p so‘radi (Abdulloh agar biz so‘ragan molni ishlab chiqaruvchiga yetkazmasdan “bor” deb qoladigan savdogar chiqsa ikkilanmay sotib olishimizni rejalagan edi). Shunda do‘konchi qiziq gap aytdi.
-Sizlar bizga mol tarqatadigan savdogarning oldiga borishlaringiz kerak. U asrdan keyin keladi. O‘sha odam sizlarga istaganingizcha gazlama topib beradi. Biz unga rahmat aytib, majsidga jo‘nadik. Asrni o‘qib bo‘lgach, yana bozorga keldik. Izlagan odamimizni topdik. Uning do‘koni haqiqatda katta ekan. Bizga hatto 300 to‘p ham topib berolardi. Shunda Abdulloh qo‘rqmasdan tojir bilan gaplasha boshladi.
-Assalomu alaykum! Siz hqingizda bozordagilardan so‘rab bildik. Shu bozorda eng katta sadogarlardan ekansiz. Bizga gazlama kerak, ammo bozorda biz sotib oladigan miqdorda gazlama yo‘q ekan.
-Vaalaykum assalom! Sizlarga qancha kerak?, - dedi u xushlamaygina.
-Ikki ming to‘p, dedi Abdulloh dadil. Shunda tojir o‘rnidan turib ketdi. Keyin jiddiy turib savollar berdi. Abdulloh esa xotirjam javob berib turdi.
-Qachonga kerak?
-Shu bugunga.
-Bugun buncha molni sizga yetkazib berolmayman. Aralash qilib ber desangiz, har xilidan berishim mumkin.
-Menga mana bu oq matodan kerak. Boshqasini keyingi safar olarman, agar talab bo‘lsa.
-Unda sizga faqat ishlab chiqaruvchigina aytgan molingizni, xohlagan miqdorda sota oladi. Shomgacha ulgursangiz kelishib olasiz. Mana manzil: katta karvonsaroy, uchinchi burilish. Mo‘ljal: Katta oq masjid. Abdusomad tojir.
Biz tezda berilgan manzil tomon oshiqdik. Hamon ko‘nglimda xavotir bor. Axir u aytayotgan miqdordagi molni yaqin yillar ichida ololmaymiz. Nega Abdulloh o‘ziga ishonch bilan juda katta miqdordagi gazlamani so‘rayapti? Savollarimni ochiqchasiga unga berolmasdim. Odatda u ishlar bitgach, menga sabablarini tushuntiradi. Lekin menga hozirgi holatdi bir narsa juda qiziq: narx borgan sari pastlab ketyapti. Birinchi savdogarning aytgan bahosidan deyarli ikki baravar tushdi. Shom vaqtiga ulgurdik. Ammo tojirning oldiga emas, shom namozini o‘qish uchun to‘g‘ri masjid tomon yo‘l oldik. Namozdan so‘ng manzilga bordik. Katta darvozaga oddiygina ilgak qulf sifatida osib qo‘yilgan ekan. Taqillatdik. Darvozaning chetida bir musht siqadigan joy bor ekan. Bir odam o‘sha joydan “Nima xizmat”, dedi. Muddaomizni aytdik. U ertaga ertalab bomdoddan keyin kelishimizni aytdi va ortiga qaytib ketdi. Abdulloh “Kutamiz”, degandek uyoqdan buyoqqa borib kela boshladi. Men chidolmasdan unga savol berdim.
-Abdulloh qorovul ertaga kelinglar dediku, nega yana kutyapmi?
-Xo‘jayini agar jamoat bilan namoz o‘qiydigan bo‘lsa, xufton vaqti albatta tashqariga chiqadi, -deya gapida davom etdi. – Biz o‘sha vaqtda u bilan gaplashib olamiz. Mahoratli tijoratchi xaridorni rad etmaydi. Ustozning gapi yodingdami? “Mijoz birinchi o‘rinda turadi. Xaridor, xalq birinchi o‘rinda. Agar ular bo‘lmasa, biz mahsulotimizni qaerda sotamiz. Ularning hurmatini saqlashimiz kerak. Do‘konimiz ular bilan obod. Agar xalq bo‘lmasa do‘kon kimga kerak? Bu xuddi bepayon cho‘lga darvoza qurgandek gap”, - degandi. Shuning uchun kutamiz. Biz zikr qilib savdogarni kutib o‘tirdik. Abdulloh kutganidek, savdogar xuftonga chiqdi. Abdulloh unga yaqinlashib:
-Assalomu alaykum, Abdusomad aka, biz Marvdan tijorat maqsadida shu yerlarga keldik. Sizga ishimiz tushib turibdi. Xojatimizni chiqarishingizdan umidvormiz, - dedi.
-Vaalaykum assalom, muhtaram mehmonlar, deya salomga ochiq chehra bilan alik olgan savdogar bizga yaqinlashib, gapida davom etdi. –Marv dedingizmi? Axir u yurtlardan halittdan olimlar yetishib chiqa boshladi. Abu Hanifa xazratlari ham asli o‘sha taraflardan deb eshitgandim. U zotning suhbatiga mushtoqman. Xuftonni o‘qib olaylik mehmonim bo‘lasizlar, xojatlaringizni qo‘limdan kelsa albatta chiqaraman. Biz masjidga birga bordik. Namozdan so‘ng u uyiga boshladi. Quyuq ziyofatdan so‘ng, muddaomizni aytdik. U mol sotishga rozi bo‘ldi. Meni eng lol qoldirgan joyi Abdullohning gapi bo‘ldi.
-Bizga 200 to‘p mato kerak, - dedi u. Axir shuncha mato bozorda ham bor ediku. Yotish oldi undan izox so‘radim. U tabassum bilan birma-bir tushuntirib berdi.
-Sening gaping to‘g‘ri bozorda ham bor edi. Ammo u yerda qimmat edi. Mana bu yerda arzon bo‘ladi Xudo xohlasa. Hali savdogar narxini aytmagan bo‘lsa-da, arzon bo‘lishini sezib turibman. Biz kelajakda shu odamdan sotib olib sotsak, xalq qiynalmaydi. Biz ularga arzon sotamiz. Chayqovchilardan shundog‘am odamlar aziyat chekyapti. Biz savdogarnikida tunadik. Bomdoddan keyin omborxonaga bordik. Abdulloh o‘ylagandek narx arzon ekan. 200 to‘p emas 600 to‘p oldik. Agar istasak, qarzga ham yana shuncha mol olishimiz mumkinligini ham aytishdi. Yuklarni olib, karvon bilan Marvga keldik. Shu bilan savdomiz mislsiz kengaya boshladi.

Download 291,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish