Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Download 7,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/444
Sana05.04.2023
Hajmi7,28 Mb.
#925309
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   444
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

Tayyorlash texnologiyasi:
Bu surtma dorini tayyorlash uchun novokain va efedrin 1,6 ml 
suvda eritilib (5,0 g lanolinda 1,5 ml suv bor), 3,5 suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi va oz-ozdan 
vazelin qo’shiladi. Tayyor surtma og’zi buraladigan qopqoq bilan yopiladigan shisha idishda 
"Sirtga qo’llash uchun" yorligi bilan jihozlab bemorga beriladi.
4- Ma’ruza
MAVZU 4.
Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblar.
Ma’ruza maqsadi:
Geterogen surtmalar. Suspenzion surtmalar. Pastalar. Mualliflik tarkiblarga 
oid nazariy ma’lumotlarni berish
Tayanch atama va iboralar:
Trituratio- ezib ishqalash
Dispergirlash-maydalash
Deryagin qoidasi- qattiq fazani suyuqlikni yarim miqdorida eritish
Pastalar- suspension surtma tarkibidagi dori moddalar 25 % dan ortiq bo’lishi.
Reja:
1. Suspenzion surtma dorilar texnologiyasining o’ziga xosliklari
2. Pastalar
3. Suspenzion surtma dorilarning sifatini baholash 
Suspenzion yoki trituratsion surtma dorilar tayyorlash
Surtma asosida erimaydigan, lekin asosda suspenziya holida tarqalgan qattiq kukunsimon 
dori moddalar saqlagan surtmalarga 
suspenzion (trituratsion) surtma
dorilar deyiladi.
Bundan tashqari suvda yaxshi eriydigan, lekin retseptda ko’p miqdorda yozilgan moddalar 
hamda rux sulfat, rezorsin va pirrolalol suvda yaxshi erigani bilan surtmaga suspenziya holida 
(ko’z surtmalariga ega emulsiya holida) qo’shiladi, sabab agar ular suspenziya holida qo’shilmasa 
teri nekrozini chaqiradi.
Suspezion surtmalar dori moddalarini asosda yaxshilab ezib-maydalash, ya’ni dispergirlash 
usuli bilan tayyorlanadi. Bunday tayyorlanishidan maqsad dori moddasining farmakologik 
faolligini oshirishdir, chunki aynan farmakologik faollik erimaydigan fazaning dispersligiga 
bog’liqdir. 
Suspenzion surtmalarning yuqori qovushqoqligi tufayli, qattiq faza cho’kmaga tushish 
ehtimoli kamayganligi uchun bu dori turini tayyorlashda stabilizator ishlatilmaydi.
Suspenzion surtmalarda qattiq faza 50% gacha va undan ko’p foizni tashkil etgani uchun 
ushbu suspenzion surtmalarni tayyorlashda turli xil texnologik bosqichlarni ishlatish maqsadga 
muvofiq.
Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yo’li bilan tayyorlanadi. 
Shuning uchun boshqacha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio — ezib ishqalash) ni bildiradi. 
Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo’lsa, ya’ni dori 
moddasining yuzasi qancha katta bo’lsa, davolash samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharoitida 
suspenzion surtmani tekshirish organoleptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida 
ishqalaganimizda yirik bo’lakchalar bo’lmasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo’lakchalari 
50 mkm gacha kattalikda bo’lsa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini qitiqlaydi, ba’zi 
hollarda terini jarohatlashi ham mumkin. Bunday surtmalarni yallig’langan va shilliq qavatlarga 
surtish yaramaydi.
Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyorlaganimizdek qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik 
ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza tez maydalanadigan bo’lib qoladi. Bunday 
vaqtda biz suyuqlikni tanlay ola bilishimiz kerak. Qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun 


yaroqsizdir. Qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o’simlik yoki mineral moyidan yoki 
suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo’ladi. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning 
miqdoriga bog’liq bo’ladi. 
Agar dori modda surtma tarkibiga kam miqdorda (5% gacha) bo’lsa, ezish bodom, shaftoli, 
kungaboqar moyi ishtirokida (agar surtma hayvon yog’ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar 
vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan 
miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%-
25% gacha) bo’lsa, kerakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So’ngra qolgan asos qo’shib 
aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor havoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. 
Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers 
va bir xil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi. 
Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-
tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:
Rp.: Furacilini 0,1
Lanolini 20,0
Vaselini 30,0
M.f. unguentum
D.S. Antiseptik surtma.
Furatsillinni 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra iliq vazelin va lanolin qorishmasini 
qo’shib aralashtiriladi.
Rp.:
Resorcini 0,6
Acidi Salicylici 1,0
Sulfuris prаecipitatae 2,0
Cerae flavae 4,0
Ol. Ricini ad 20,0
D.S. Ceboreyada qo’llaniladi
Bu uch fazali suspenzion surtma bo’lib, mum-moyli asosda tayyorlanadi. Kukunsimon dori 
moddasi 9% atrofini tashqil qiladi. Avval salitsil kislota mum, kanakunjut moyi aralashmasida 
eritib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladi va qolgan eritma 
qo’shiladi.
Rp.:
Ung. Sulfuratum simplex 100,0
D.S. Ceboreyada qo’llaniladi
Oltingugurt suspеnzion surtmalar tеxnologiyasiga oid qoidalarga asosan emulsion konsistеnt 
asos (Kutumova asosi) bilan (60 qism vazеlin, emulgator-T2 10 qism, tozalangan suv (90-95°S)30 
qism) tayyorlanadi.
Dori moddasini asos bilan yaxshilab aralashishi uchun uni oldin yaxshilab maydalab olish 
kеrak. Yordamchi modda asos tabiatiga qarab tanlab olinadi.
14
Rp.: Benzylpenicillini natrii 100 000ED
Lanolini anhydrici 20,0
Vaselini 30,0
M.f. unguentum
D.S. ko’z uchun surtma
Surtma aseptik sharoitda tayyorlanadi, qattiq fazani ulushi 5% dan kam. Antibiotikni (0,06 
g) maydalash uchun steril vazelin moyini dori moddasining 50% miqdorda maydalanadi.
Steril havonchaga 0,06 g benzilpenitsillin natriyli tuzidan (DF, farmakopeya maqolasiga 
binoan) bir necha tomchi vazelin moyi qo’shiladi. (etiketkaga e’tibor berilsin) suvsiz lanolin va 
14
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx preparatov.-«GEOTAR-
Media».- Moskva.-2014. (116 bet)


vazelindan aralashtirib oldindan, bir necha bo’lakka bo’lib surtmaga kiritiladi. Bir xil massa hosil 
bo’lguncha aralashtiriladi.
15
Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan perspiratsiyani osonlashtiradi.
2.
Pastalar yumshoq dori shakllari ichida ma'lum foizini tashkil etib, korxona va 
dorixona sharoitida tayyorlanadi. Bu dori shakli tarkibida 25% va undan ko
’p 
poroshoksimon moddalar bo
’lib, konsist
е
ntsiyasi ji
h
atdan 
surtma
larga nisbatan 
quyqroq
bo’ladi. Bu dori shakli bir 
qancha afzalliklarga ega, tarkibida bir n
е
cha dori 
moddalardan iborat. Tayyorlash jarayonida tarkibida bir n
е
cha quruq moddalar 
bo
’lsa 
ham, ular nimada erishdan qa

tiy nazar, bu dori turini tayyorlashda 
h
е
ch 
qanday suyuqlik ishlatilmaydi.
Umumiy t
е
xnologiyasi shundan iboratki, pasta tayyorlash uchun avval 
poroshoklarning hammasi h
a
vonchada yaxshilab aralashtirib olinadi, so
’ngra eritilgan 
asosning bir qismi bilan, so
’ng
ra qolgan qismi bilan bir xil massa hosil bo
’lguncha 
aralashtiriladi.
Pastalar d
е
b

tarkibida 25% va undan ko
’p poroshoksimon moddalar bo’lgan 
hamda konsist
е
ntsiyasi 
surtmal
arga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.
Pastalar tayyorlanishi, tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, b
е
rilishi va 
saq
lanishiga ko’ra 
hamda, ularga bo
’lgan talablar ji
h
atidan surtmalardan 
h
е
ch farq
qilmaydi: Shuni eslatib o
’tish k
е
rakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar 
ko
’p b
o
’lganligidan ular nimada erishdan 
qa

tiy nazar, bu dori turini tayyorlashda 
ko
’pincha 
h
е
ch qanday suyuqlik qo
’shilmaydi.
Pastalar t
е
riga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun q
o’llaniladigan 
xillarga bo’linadi.
T
е
rini davolashga ishlatiladigan pastalarga: rux oksidi pastasi, salitsilat kislota 
bilan rux oksidi pastasi, l
е
vomits
е
tin rux oksidi-salitsilat bilan birgalikdagi pasta, va 
boshqalar kiradi.
Tishni 
davolashda 
ishlatiladigan 
pastalarga: 
yodoformli 
pasta, 
uch 
kr
е
zolformalinli pasta, ftorli pasta, margimushli pasta va 
h
.k.
1.Rp
.
: Zinci oxydi 25,0
Amyli 25,0
Vaselini 50,0
M.f. pasta
D.S. sirtga surtish uchun
T
е
xnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vaz
е
lin bilan yaxshilab eziladi. 
Ustiga kraxmal va qolgan vaz
е
linni oz-
ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha 
aralashtiriladi. Og’zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, «Sirtga surtish uchun» 
yorlig’i bilan jihozlanadi.
2.Rp
.
: Acidi s
а
licylici 2,0
Zinci oxydi aa 25,0
Amyli aa 25,0
Vaselini 48,0
M.f. pasta
D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun

Download 7,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish