3.2.2. Jim qoplamining tavsifi
Qo'ylarningjunqoplamibirjinsli emas: uning tarkibiga qiltiq, momiq, oraliq, ba'zan esa o'lik sochlar kiradi. Qo'ylarda ushbu sochlarning foizdagi nisbati har xil, ammo qiltiq sochlar yarim dag'al junli qo'y zotlariga qaraganda ko'proq. Jun tolalari har xil uzunlikka ega bo'lib,
73
guruh bo'lib joylashgan. Jun qanchalik dag'al bo'lsa, unda kokillar yanada aniq ifodalanadi, dag'alligiga ko'ra shuncha to'lqinsimon va mayinroq bo'ladi. Romanov qo'y terilarida kokil uzun, momiq va oraliq sochlar bilan tugallanadigan jingalaklikni namoyon etadi. Ularning qiltiq sochlari kalta bo'lib, bu bilan u jun qoplamini chigallanishidan saqlaydi.
Po'stinbop qo'y terilarining sifati qo'ylarning zoti va qaysi yo'nalish bo'yicha ko'paytiriiishiga, yoshijinsi, saqlash va oziqlantirish sharoitiga hamda hayvonni so'yish vaqtiga bog'liq.
Dag'al junli qo'ylarning jun qoplamidagi mavsumiy o'zgarishlar ularning zoti, yoshi va jinsiga qarab har xil namoyon bo'ladi. Dag'al junli qo'ylar jun qoplamining mavsumiy o'zgarishlariga, shuningdek, organizmning fiziologik holati (qo'yning bo'g'ozlik davri, kasallik) ham ta'sir qiladi. Bu sochning to'kilishi, jun qoplami va teri to'qimasi orasidagi bog'lanishning susayishi bilan izohlanadi.
Qishning oxirida dag'al junli qo'ylarning juni xiralashadi, qazg'oq va najosatlar bilan ifloslanadi. Bahorning boshlarida jun kuchsizlanib, namatga o'xshagan yaxlit massaga aylanadi. Kokillar asosida sochlar siyraklashadi, chunki bir qism to'kilgan sochlar chigallanadi. Bahorgi qirqimdan so'ng, yangi jun qoplami o'sishni boshlaydi va kuzga kelib uzun va qalin bo'ladi.
Qo'ylarni birinchi so'yish odatda iyul-avgust oylarida olib boriladi. Bu vaqtga kelib qo'y terilari qishki sochlardan, chaqalar va qirchang'idan xolos bo'ladi. Jun qoplami yaltiroq va nafis, shuningdek, unda nisbatan kam momiq bo'ladi. Iyulda so'yilgan qo'y terilarining massasi kuzda so'yilganlarning massasiga nisbatan 15-20 % kam. Kuzgi so'yish mavsumida olingan qo'y terilari qo'ypo'stin ishlab chiqarish uchun yaroqliligi bo'yicha keying! o'rinda turadi.
Ikkinchi so'yish sentyabr-oktyabr oylarida olib boriladi. Bu vaqtga kelib, qo'y terilarining juni o'sgan va uning yaltiroqligi bir muncha xiralashgan bo'ladi.
Uchinchi so'yish noyabrdan boshlab fevralgacha o'tkaziladi. Budavrdagi qo'y terilarning juni o'sib ketgan va unda katta miqdorda momiq bo'ladi. Bunday qo'y terilaridan qo'ypo'stin ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Ammo ikkinchi va uchinchi so'yish mavsumlarida qiltiq sochi o'sgan va qalin momiq sochlari chigallashib ketgan qo'y terilari ham ko'p uchraydi.
74
Eng yaxshi Romanov qo'y terilari iyul-avgust oylarida so'yilgan 6-7 oylik qo'zilarning terisidan olinadi. Romanov zotli qo'ylarning asosiy qismi 8-10 oyligida so'yiladi. Romanov zotidagi qo'zilar terisiga xos xususiyatlardan biri тощ sochlarning qiltiq sochga qaraganda ko'p o'sib ketganligi bilan hisoblanadi. Romanov qo'ylarining momiq sochlari oq, qiltiq sochlari qora rangda bo'ladi. Ular jun qoplamining yumshoqligi vaqayishqoqligi, momiq va qiltiq soclilar nisbatiga bog'liq. Qari qo'ylardan olinadigan Romanov qo'y terilarining sifati ancha past hisoblanadi.
Qo'y po'stin buyumlarining sifati ko'p jihatdan qo'y terilari jun qoplamining (qiltiq va momiq sochlar) uzunligiga bog'liq.
Uzun jun qoplami, tolalar orasida havo borligi sababli, qo'ypo'stin buyumlarining issiqlikni himoya qilish xossalarini ko'paytiradi. Qo'ypo'stin ishlab chiqarishda uzun junning sifatini yaxshilash ancha qulay. Po'stinbop qo'y terilari jun qoplamining uzunligi, so'yish mavsumi va junni oxirgi qirqimdan tortib so'yishgacha o'tgan muddat davomiyligiga bog'liq. Agar ushbu muddat yetarlicha bo'lmasa, jun uzunligi 1,5 sm dan кащ bo'ladi. Po'stinbop qo'y terilari junning uzunligiga qarab junli, yarim junli va past junli terilarga bo'linadi.
Jun uzunligi terming har xil topografik qismlarida turlicha. Eng yuqori
kokillar umurtqa chizig'jda joylashgan. Shuning uchun qo'y terilari
junining uzunligi umurtqachizig'idan 1/3 oraliqda yoki teri chekkasidan
2/3 oraliqda joylashgan qismida aniqlanadi (3-jadval). m
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |