Charm to'qimasi tavsifi. Mo'ynabop qo'y terilarining charm to'qimasi bo'sh bo'lib, kollagen tolalari halqasimon joylashgan. G'uddali qavat derma umumiy qalinligining taxminan 58 % ini tashkil etadi. Soch ildizlarining yo'nalishi junning bir jinslilik darajasi va ingichkaligiga bog'liq; jun qancha dag'al bo'lsa, soch ildizlarining qiyaligi shuncha katta bo'ladi. Soch piyozchalarining har xil chuqurlikda o'rnashishi dermaning g'uddali va to'rli qavatlari orasida yetarlicha mustahkam bog'lanishni ta'minlaydi.
3.3.1. Jun qoplamining tavsifi
Mo'ynabop qo'y terilari sifatini baholashda jun qoplamining sifati muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu terilardan buyumlar jun qoplamini tashqariga qaratib tayyorlanadi (telpak, yoqa, palto). Mo'ynabop qo'y terilariga qo'yiladigan talablar charm to'qimasiga emas, balki ko'proq jun qoplamining sifatiga tegishli. Mo'ynabop qo'y terilarining jun qoplami mayin, tig'iz va juda buralgan momiq sochlardan tashkil topgan. Jun qoplami bir jinsli, ingichkaligi va qalinroq bo'lishi lozim. Agar jun qoplami o'zaro zich birikkan tolalardan tashkil topgan bo'lsa, yopiq yonog'i, kuchsiz birikkan tolalardan tashkil topgan bo'lsa, ochiq yonog'i deyiladi.
Junning zich joylashganligi (tig'izligi) qo'y terilarining sifatiga bevosita bog'liq: jun qanchalik mayin bo'lsa, u shuncha tig'iz bo'ladi va mo'ynabop qo'y terisining sifati ham shuncha oshadi. Turli topografik qismlarda jun tig'izligi har xil.
Qo'y terilarining jun qoplamida yog' moddalari ahamiyatli miqdorda saqlanadi. Masalan, mayin junli va duragay qo'y terilarining tozalanmagan yonog'ida faqat 30 % atrofida toza jun, qolganlarida esa, yog'li kislotalarning suvda eruvchan tuzlari (30 % atrofida) tashkil etadi. Ko'p miqdorda yog'ning borligi va sochning ifloslanganligi mo'ynabop qo'y terilariga ishlov berishda yog'sizlantirish va jun qavatini
79
pardozlash (sochni tekislash) jarayonlariga alohida e'tibor berishi talab etadi.
Junda navalning bo'lishi, yog'langanlik va sarg'ishlik (oq rangli qo'y terilari) yarim mahsulot sifatini ancha pasaytiradi va qo'shimcha ishlov berish zaruratini keltirib chiqaradi. Jun qoplamining tabiiy rangi ishlab chiqarish partiyalarini yig'ishda e'tiborga olinadi. Toza va oq junli qo'y terilarini har xil rangga bo'yash mumkin. Jun qoplami pigmentatsiyali qo'y terilarini och ranglarga bo'yab bo'lmaydi.
Nisbatan bir jinsli jun mayin junli qo'y terilaridan olingan terilarda bo'ladi. Ammo ularda ham kam miqdorda bo'lsa-da qalinroq yoki ingichkarok tolalar mavjud. Har xil topografik qismlarda junning ingichkaligi har xil boiadi: yon tomonlari, kurak va orqa qismida mayinroq, son qismida esa dag'alroq. Qo'chqorlarning jvmi sovliqlarga nisbatan dag'alroq. Jun ingichkaligining yana bir belgisi uning buralganligi hisoblanadi: jun qancha dag'al bo'lsa, shuncha kam buralgan bo'ladi. Mayin junli qo'y terilarining tolalari yaqqol ifodalangan yarim aylana shaklga ega. Juni bir tekisligi bilan, ya'ni tolalaming yo'g'onligi va uzun-qisqaligiga ko'ra bir xillik, bir-biriga o'xshashligi darajasi bilan ajrahb turadi.
Junning tig'izligi, ingichkaligi va har xil tipdagi tolalaming nisbati mo'ynabop qo'y terilari jun qoplamining qayishqoqlik kabi belgilarini aniqlaydi. Jun qoplamining qashishqoqligi me'yorida boigan terilarda havo qatlamlari yaxshi saqlanadi, o'z navbatida issiqdan himoya qiluvchi xossalari ham oshadi.
Mo'ynabop qo'y terilarining sifati junning charm to'qimasi bilan bog'lanish mustahkamligiga, cho'ziluvchanlik, mustahkamlik, qashishqoqlik, elastiklik va jun tolalarining yaltiroqligiga bogiiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |