Fartushlash usuli
Bu usulga muvofiq xomashyo poldan 10-15 sm balandlikdagi taxmonlarda joylashtiriladi (63-rasm). Taxmonlarga osh tuzining antiseptiklar bilan aralashmasi 10 sm qalinlikdagi qavat ko'rinishida yoyib chiqiladi. Bu qavatga terilar mezdrali tomonini yuqoriga qaratib shunday joylashtirilishi kerakki, bir terining dumg'aza qismi, boshqasining bosh qismini qoplasin. Taxlovning chegarasida joylashgan birinchi qatordagi terilar o'z enining 2/3 qismi taxlov chegarasidan tashqariga chiqariladi.
Birinchi qator terilariga boshini teskari yo'nalishda ikkinchi qator terilari joylashtiriladi, lekin chekkadagi terilar taxlovdan tashqariga chiqarilmaydi. Uchinchi qator, birinchi qator kabi joylashtiriiib, terilar taxlov chegarasidan chiqarilmaydi. Terilarning har bir qatoriga bir tekis konservalovchi aralashma qavati yoyiladi.
Chekka terilarning taxlov chegarasidan chiqib turgan qismlarini uning ichiga tomon buklash natijasida, taxlovning chetlaridagi teri qavati uning o'rta qismiga nisbatan ancha qalinlashadi. Hosil bo'lgan chuqurlik terilarni yoyib joylashtirish yo'li bilan tekislanadi. Taxlovdagi chuqurlikni paket qilib o'ralgan terilar bilan to'ldirish mumkin emas.
Bir necha qatordan tashkil topgan teri qavati oldindan taxlov chegarasidan chiqarib quyilgan terilar (fartuklar) bilan yopiladi. Fartuklar uchun past navli va jun qoplamining rangi bir xil terilar olinadi.
Bunday teri qavatining (yarns) baladligi 30-40 sm bo'lishi kerak. Ushbu tartibda joylashtirilgan birinchi yarusga xuddi shu tartibda taxlov kerakli balandlikka yetgunga qadar, ikkinchi va hokazo yaruslar joylashtiriladi. Bir yarusga bir yoki bir nechta ishlab chiqarish partiyalarini joylashtirish mumkin. Faqat bir partiya ikkinchisidan ajratib quyiladi. Partiyalarni bir-biridan ajratish, jun qoplamini yuqoriga qaratib joylashtirilgan teri orqali amalga oshiriladi.
Taxlovning tashqi tomonidan har bir ishlab chiqarish partiyasiga, partiya raqami, xomashyo nomi, konservalash usuli, ishlab chiqarish maqsadi, qalinligi, maydon yoki massa intervali, nav guruhi, terilar soni, partiyani g'aramlash va saqlash uchun joylashtirish tugallagan sana, g'aramlovchi va konservalovchilar boshlig'ining familiyasi ko'rsatilgan partiya yorlig'i osib quyiladi. Terilarni joylashtirishda konservalovchilar taxlovda joylashtirilgan har partiya bo'yicha terilar sonini hisoblab boradilar.
Fartushlash usuli bilan joylashtirishning yutug'i uning oddiyligi va antiseptiklarning uzoqvaqtta'siri hisoblanadi, chunki fartuklar ularning bug'larini ushlab turadi.
Ushbu usul bilan teri xomashyosini joylashtirishning kamchiligi bo'lib, fartuklarning qurishi va taxlov ichida joylashtirilgan xomashyoning harorat va havo namligining o'zgarishidan yetarlicha himoyalanmaganligi hisoblanadi.
235
64-rasm. Kordon usulida joylashtirilgan terilar taxlovi:
a) yon tomondan ko'rinish; b) yuqoridan ko'rinish; 1-yog'och taglik;
2-kordon; 3-yoyib joylashtirilgan terilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |