Surxondaryo suri - jingalaklarning bir muncha yirikligi, tolalari bir oz uzunchoq va uchlari oqish tusda ekanligi bilan Buxoro suridan farq qiladi. Surxondaryo surida jezrang, platinarang, qahraborang, antratsitrang, chervon (qizil tilla) rang va boshqa xil ranglar uchraydi.
Jezrang sur-jingalak tolalari tubining kashtan rangi bilan uchlarining jez rangi qo'shilishidan hosil bo'ladi; platinarang - tubining qo'ng'ir rangi bilan uchlarining och sariq rangi qo'shilishidan hosil bo'ladi; antratsitrang - tubining to'q qoramtir yoki to'q qo'ng'ir rangi uchining kalta qismidagi alyuminsimon rangi bilan qo'shilishidan tashkil topadi; chervonrang - tubining to'q kashtan yoki to'q qo'ng'ir rangi bilan uchlarining och qizil rangi qo'shilishi natijasida vujudga keladi.
Qoraqalpoq suri - olti xil rangga bo'linadi: po'lati sur, shamchiroq gul, o'rik gul, kamar (oydin), shabdor (no'xat rang) va chaqir (jozibali).
Po'lati sur - tolalarining tubi qora, uchiga qarab asta-sekin po'lat rangga kira boradi; shamchiroq gul - tolalarining tubi qora va uchi oq; o'rik gul - tolalarining tubi qora yoki to'q jigarrang, o'rtasiga borganda
119
to'q sarg'ish - qo'ng'ir tusga kiradi, uchi oq yoki sariq rangli. Bunday terilar nihoyatda ko'rkam bo'ladi; kamar - tubi qoramtir - qo'ng'ir, uchlari esa tillarang - qizg'ish tusda; chaqir-tolalarning tubi qoramtir -kulrang, uchlari esa sutsimon - oq rangda.
Jigarrang - teri turli tusdagi tolalarning bir xil, ya'ni och jigarrangdan to'q jigarranggacha bo'lishi bilan xarakterlanadi. Jingalagi ancha yirik, jun tolalari siyrak va dag'al. Och jigarrang terilar orasida och, o'rtacha va qoramtir tovlanuvchi tuslar, eng ajoyib to'q sariq (shu turi) ranglar uchrab turadi.
Oq rang - bir xildagi oq, ancha uzun, ingichka, siyrak tolalar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Oq qorako'l qorako'l zoti uchun xarakterli bo'lmagan boshqa antika sun'iy ranglarga bo'yash mumkinligi jihatidan alohida ahamiyatga ega.
3.5.MCYNA XOMASHYOSI TERILARINI «BOSHCHA» BO'YICHA HISOBLASHGA DOIR MISOLLAR YECHISH
Terming hisob qiymati (hisobi) deganda uning sifatini 1-navli yirik o'lchamli normal (nuqsonsiz) terilarning qiymatiga foizda ifodalanishi tushuniladi. O'z navbatida bu teri 100 % qiymat bilan qabul qilinadi va «boshcha» deb nomlanadi.
O'lchami, navi va nuqsonlar guruhi har xil bo'lgan terilar quyidagi hisob qiymatlariga ega.
O'lcham bo'yicha, %
Yirik 100
O'rta 75
Mayda 50
Nav bo'yicha, %
nav - 100 %
nav - 75 %
III nav - 50 %
Nuqsonlar guruhi bo'yicha, %
Normal 100
Kichik nuqson 90
O'rta nuqson 75
120
Katta nuqson 50
Ba'zi bir teri turlari uchun o'lchami, navi va nuqsonlar guruhi bo'yicha boshqacharoq teri hisoblari o'rnatilgan. Masalan, o'rta o'lchamli qorakuzan (norka) va ayiq terilari uchun teri hisobi 80 %, mayda o'lchamli norka, ondatra va ayiq terilari uchun teri hisobi 60%. O'ta yirik o'lchamli norka, nutriya terilari uchun teri hisobi doimo 100 % dan oshiq. Masalan o'ta yirik o'lchamli suv kalamushi nutriya) terisi uchun teri hisobi 110 %. Xuddi shunday bir qator teri turlari uchun nav bo'yicha ham boshqacharoq teri hisoblari ko'zda tutilgan. Masalan, II navli olmaxon, qorakuzan, sobol, shimol (qutb) tulkisi (pesets), tulki, ondatra terilari uchun teri hisobi 75 % ni emas, balki 80 % ni tashkil etadi.
Agar terilar birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi nuqsonlar guruhiga bo'linsa, ularning hisob qiymati muvofiq ravishda 100, 90, 75 va 50 % ni tashkil etadi (masalan, ko'k shimol (qutb) tulkisi va kumushrang tulki terilari).
Terilar har xil o'lcham, nav va nuqsonlar guruhiga ega bo'lganligi sabab, ularning hisob qiymati boshchaning (100 %) hisob qiymatidan ketma-ket, avval o'lcham uchun, so'ngra nav va nuqsonlar guruhi uchun chegirmalar qilish yo'li bilan hisoblanadi.
Misol: o'rta o'lchamli oqsichqon (oqsuvsar - gornostoy terisining hisobini aniqlash. Yuqorida ko'rsatilganidek, ko'pchilik o'rta o'lchamdagi teri turlari uchun teri hisobi 75 % ni tashkil etadi. Demak, "boshcha"ning hisob qiymatidan chegirma 25 % (100 -25=75 %). So'ngra navni e'tiborga olib teri hisobi aniqlanadi. Buning uchun hisoblangan o'rta o'lchamli hisob qiymatidan (75 %) III chi nav uchun chegirma qilinadi. Ko'plab teri turlari uchun bu chegirma 50 % ni tashkil etadi (50 % = 37,5 %). O'rta o'lchamdagi III navli terming hisob qiymati 37,5 %.
(75-37,5=37,5). Shundan so'ng nuqsonlar guruhidan kelib chiqib teri hisobi aniqlanadi. Buning uchun hisoblangan o'rta o'lchamdagi III navli terining hisob qiymatidan katta nuqson uchun chegirma qilinadi. Bu chegirma 50 % ni tashkil etadi (37,5 ning 50 % i = 18,75). Natijada o'rta o'lchamli III navli katta nuqsonli gornostoy terisining hisobi 18,75 % (37,5 - 18,75)ni tashkil etadi.
121
Terming hisob qiymatini ushbu nav, o'lcham va nuqsonlar guruhining hisobidan kelib chiqib ham aniqlash mumkin. Buning uchun ushbu nav va o'lchamning hisoblarini bir-biriga ko'paytirib, olingan natijani 100 ga bo'lish lozim. So'ngra olingan hisobni (nav va o'lcham bo'yicha) ushbu nuqsonlar guruhining hisobiga ko'paytirishvayana 100 ga bo'lish kerak.
Misol: o'ta yirik o'lchamli, II navli mayda nuqsonli nutriya terisining hisob qiymatini aniqlash. Dastlab o'lcham va navni hisobga olib teri hisobi aniqlanadi. Buning uchun o'ta yirik o'lcham hisobini (110%) II nav hisobi (75 % )ga ко'paytiriladi va olingan natija 100 ga bo'linadi.
H^ = 82,5o/o 100
So'ngra ushbu teri hisobi nuqsonlar guruhini e'tiborga olib
aniqlanadi. Buning uchun olingan hisobni (82,5 %) mayda nuqson
hisobiga (90 %) ko'paytiriladi va olingan natija yana 100 ga bo'linadi:
^^ = 74,3% 100
Yoki ushbu hisoblashlarni quyidagicha ifodalash mumkin.
110-75-90
ЛУо
= 74,
100-100
Наг bir xomashyo turi standartining ilovasiga teri sifatini I navli yirik o'lchamli normal terilar qiymatiga foizda ifodalangan bahosi jadval shaklida keltiriladi (agar turo'lchamlarga bo'linsa), shuningdek, terming yetishmagan qismlari (bosh, dum, oyoq, peshana) yog'sizlantirilmagani, yaxshi quritilmagani, yoymasdan yumaloqlab quritilgam, noto'g'ri shilingani va shakl berganligi va hokazolar uchun chegirma qilmadi. Ko'rsatilgan nuqsonlar uchun chegirmalar terming hisob qiymatidan olinadi.
Misol: I navli III guruhli oq pesets terisi. Terisi butunicha shilingan, dum qismi yo'q. Oq pesets terisida dumning yo'qligi uchun 10 % va terisi butunicha shilingani uchun 10 % chegirma ko'zda tutiladi.
122
II navli III guruhli oq pesets terisining hisobi 60 %. Terming hisob qiymatidan umumiy chegirma 20 % ni (60 ning 20 % i=12 %) tashkil etadi. Chegirmani (12 %) e'tiborga olib ushbu terming hisob qiymati 48% (60-12)ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |