Daromadli echki terilariga - sutli va sut tivitli echki zoti terilari kiradi. Sifati bo'yicha ular eng yaxshi echki terilarini beradi. Qishda echkilami qo'tanlarda don bilan boqilishi tufayli charm ishlab chiqarishda ular daromadli deb nomlanadi.
Daromadli echki terisi ~ yuqori sifatli charm xomashyosi hisoblanadi. Ulardan butun maydon bo'ylab bir xil qalinlikdagi pishiq, yengil, mustahkam va yuza sirti chiroyli charm olinadi. Sutli echki zotlarining terisi yanada sifatliroq, pishiqligi kattaroq va qalinligi kichikroq teri beradi. Sut tivitli echki zotlari, sutli echki zotlariga qaraganda sifati bir ozgina pastroq teri beradi.
Daromadli echki terilarining yuqori sifati terming gistologik tuzilishi bilan izohlanadi. G'uddali qavat derma qalinligining 50-60 % ini tashkil etadi. Unda soch ildizlari va bezlarining miqdori kam bo'lib, kollagen tolalarining qalin bog'lamlari to'rli qavatda halqasimon yoki gorizantal zich to'qilishni hosil qiladi. Daromadli echki terilari jun qoplamining har xil rangi, anchagina kattaligi va siyrakligi bilan farq qiladi. Daromadli echki terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun yuqori sifatli charm shevro (maydoni 60 dm2 gacha) va xromli echki charmi ishlab chiqariladi.
Dasht echki terisi - junli va jun tivitli echki zoti terilaridir. Ushbu zotli echkilar Kavkaz orti, O'rta Osiyo davlatlari, Rossiyaning tog'li Oltoy o'lkalarida, Orenburg, Astraxan va Chita viloyatlarida ko'paytiriladi. Dasht echki terilarining jun qoplami bir xil rangli qoramtir tusga ega. Juni qalin, uzun va dag'al. Dasht echki terilari asosan qalin, og'ir va o'lchami katta bo'ladi.
Gistologik xususiyatlari quyidagicha: epidermis yaxshi rivojlangan, g'uddali qavat dermaning 70 % gacha qalinligini tashkil etadi. Kollagen tolalari ingichka va ancha bo'sh, gorizontal - to'lqinsimon o'rilishga ega. Dermada ko'p sonli soch ildizlari va bezlar joylashgan. Yog'H to'qima xiyla rivojlangan. Dasht va daromadli echki terilari tashqi ko'rinishidan bir-biriga o'xshash. Ular junining uzunligi va pokizalash usuliga qarab ajratiladi.
67
Daromadli echki terisi bosh qismi va kalta (tizzagacha) pochalari bilan, dasht echki terilari bosh qismsiz va uzun pochalari bilan shilinadi. Dasht echki terisidan olingan charm nisbatan bo'shroq va dag'alroq mereyaga ega.
Dasht echki terilaridan poyabzalning ustki qismi uchun charm va astarlik charmlar ishlab chiqariladi. Shevro tayyorlash uchun yosh echkilarning yuqori sifatli terilari tanlanadi.
Daromadli echki terilarining maydoni asosan 60 dm2 gacha boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |