Dasht qo'y terisi - dumbali dag'al junli, voyaga yetgan qorako'l, shuningdek, kavkaz orti va kavkaz zotli qo'ylar terilari. Dasht qo'y terisi rus qo'y terilaridan qalinligi, o'lchami, shuningdek, jun qoplamining rangi va dag'alligi bilan farq qiladi. Dasht qo'y terilari jun qoplami ularga xos sarg'ish yoki ochiq jigar tusga ega. Odatda, jun qoplamida dag'al soch bilan bir qatorda juda nozik va yumshoq tivit ham uchraydi. Dasht qo'y terisining maydoni rus qo'y terilariga nisbatan kattaroq. Voyaga yetgan qo'ylar terisining maydoni 60-9 dm2 atrofida, ular yanada yog'liroq, shuningdek, qalin hamda dag'al dermaga ega.
Sifati va foydalanish ko'lami bo'yicha dasht qo'y terisi rus qo'y terilaridan keyingi o'rinda turadi. Masalan, dumbali Qozog'iston zotli dasht qo'y terisi, to'rli qavatida kollagen bog'lamlarining gorizontal to'qilishi bilan tavsiflanadi. G'uddali qavat ko'pgina dumbali qo'ylar zotidagi kabi ustun turadi va u to'rli qavatdan deyarli ikki marta qalin. Ushbu qo'y terilarida absolyut quruq moddaga qayta hisoblanganda, 25-35 % atrofida yog' miqdori bo'ladi. Qozog'iston zotli qo'y terilaridan ishlab chiqarilgan charmlar ko'p sonli yuza nuqsonlariga ega. Ular bo'shligi, yuza qavatining ajralishi, shuningdek, kichik mustahkamligi bilan farq qiladi.
Mo'g'ul zotli qo'y terilari yuqori sifatliligi bilan boshqa dasht qo'y terilaridan farq qiladi. Dermasining pishiqligi, yumshoqligi va jun qoplamining rangi rus qo'y terilarini eslatadi. Mo'g'ul zotli qo'y terilaridan olingan terining cho'zilganda mustahkamlik chegarasi 19,6-
63
24,5 MPa atrofida bo'ladi. Ammo ularni poyabzal shevreti sifatida ishlatishga ko'p sonli chechak cho'tiri, siniqlar va boshqa yuza nuqsonlari to'sqinlik qiladi, shuning uchun dasht mo'g'ul qo'y zoti terilarining astarlik, qo'lqop va attorlik charmlarining ba'zi turlari ishlab chiqariladi. Dumbali qo'y terilari teri uchun ishlatiladigan boshqa qo'y terilaridan dumining yo'qligi bilan farq qiladi.
Qo'y terilarida hayot davridagi nuqsonlardan chaqalar, tikanli o'tlaming teriga kirishdan hosil bo'lgan teshiklar, qirchang'i, chandiqlar, qo'tir, tirnalishlar va mog'orlanish; o'limidan keyingi nuqsonlardan -kesiklar, teshiklar, ag'darmaning shilimshiqlanishi, qon bilan ifloslanish kabi nuqsonlar uchraydi. Tuzlamasdan quritib va tuzlab quritib konservalangan terilarda ko'p nuqsonlarni aniqlab bo'lmaydi. Buning oqibatida charm zavodlarida xomashyo navi bilan go'lak navi orasida farq kelib chiqadi.
Poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm ishlab chiqarishda (poyabzal shevreti) qo'y terilaring faqat I, II, va III navlari, rus qo'y terilari maydoni 40-65 dm2 va dasht qo'y terilari maydoni 40-90 dm2 ishlatiladi. Astarlik charmlar uchun maydoni 20-40 dm2 bo'lgan rus va dasht qo'y terilari va maydoni 90 dm2 dan ortiq bo'lgan, hamma navdagi terilar yuboriladi. Attorlik va qo'lqop terilari maydoni 20 dm2 yuqori bo'lgan rus va dasht qo'y terilari va faqat IV nav terilaridan ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |