Saodat sadirova



Download 1,79 Mb.
bet27/133
Sana31.03.2022
Hajmi1,79 Mb.
#521535
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
Чарм ва мўйна хомашиёларига дастлабкишлов бериш

2.4. QO'Y TERILARI
Qo'y terilari may da xomashyoga kiritiladi. Strukturasi, tovar xossalari va jun qoplamaning holatiga qarab ulardan mo'yna, po'stin va charm ishlab chiqarishda foydalaniladi. Charm ishlab chiqarish uchun jun qoplamaning sifati bo'yicha mo'yna va po'stin ishlab chiqarish uchun yaroqli bo'lmagan terilar ishlatiladi.
57
Derma strukturasining bo'shligi oqibatida, tayyorlanadigan qo'y terilarining aksariyat qismi kundalik poyabzalning ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishga kam yaroqlidir. Ammo shunga qaramasdan, ushbu charm xomashyosi keng tarqalganligi va uni qo'lqop, protez, uy poyabzali uchun hamda kiyim charmlari va ba'zi boshqa charmlar ishlab chiqarishda juda kerakliligi tufayli charm sanoatida muhim o'rin egallaydi.
Qo'y po'stin ishlab chiqarishda dag'al junli qo'y zotlarining terisi asosiy xomashyo hisoblanadi. Mo'yna ishlab chiqarishda mayin junli, yarim mayin junli va yarim dag'al junli qo'ylarning terilari ishlatiladi.
Gistologik tuzilish xususiyatlari. Qo'ylarning xo'jalik yo'nalishi, kelib chiqish hududi, zoti, yoshi, qo'y terilarining gistologik tuzilishi va tovar xossalari har xil bo'ladi. Strukturasi bo'yicha qo'y terilari pishiq va mustahkam, shuningdek, bo'sh va kuchsiz bo'lishi mumkin.
Teri maydoni birligiga qancha ko'p soch donasi to'g'ri kelsa, uning dermasida shuncha ko'p soch xaltachalari, ter va yog' bezlari bo'ladi. Buning oqibatida dermaning g'uddali qavati bo'shroq va kuchsizroq bo'ladi. Bu bilan birincbidan junning sifati va miqdori, ikkinchidan teri sifati orasidagi bog'liqlikning ziddiyatli tabiati aniqlanadi. Charm xomashyosining hech bir turida qo'y terisiga o'xshagan zoti va so'yish vaqti har xil bo'lgan terilarning strukturasi va tovar xossalari orasida bunchalik farq kuzatilmaydi. Qo'y zotlari nihoyatda ko'p. Shunga muvoflq qo'y terilarida gistologik strukturaning deyarli hamma o'tishlari: echkiga yaqin, pishiq va mustahkamdan tortib, mayin junli qo'y terilariga xos bo'sh va kuchsiz strukturani kuzatish mumkin.
Qo'y terilari epidermisi nisbatan yupqa va teri umumiy qalinligining 1-2 % ni tashkil etadi. G'uddali qavat derma qalinligining yarmidan ko'pini egallaydi, ba'zan derma qalinligining 80 % gacha yetib boradi. Qo'yning sochi spiralsimon buralgan, shuning uchun soch xaltachalari ham spiralsimon shaklga ega. Dermaning to'rli va g'uddali qavatlari orasidagi nisbat echki dermasiga nisbatan ancha kam. G'uddali qavatda diagonal yo'nalishda, ko'p sonli qalin yotgan soch xaltachalari joylashgan, soch ildizlari darajasida esa, aksariyat ko'p miqdordagi yog' to'planmalarini kuzatish mumkin.
Qo'y terisining juni qancha uzun va ingichka bo'lsa, uni shuncha ko'p "moylash" hamda g'uddali qavatda shuncha ko'p hajmda yog'
58
bezlari talab etiladi. Bularning hammasi g'uddali qavat, qolaversa, butun derma bo'shligining oshishiga va mustahkamlikning kamayishiga olib keladi.
Qo'y terisining to'rli qavati ingichka, kuchsiz o'ralgan, teri yuzasiga deyarli parallel boradigan tolalardan tashkil topgan. U boshqa turdagi terilar dermasining to'rli qavatidan, bo'sh va sayoz o'rilishi hamda ko'p miqdordagi yog' hujayralarining borligi bilan farq qiladi. Bu hujayralar o'z navbatida tutashgan yog' to'plamalarini hosil qiladi.
G'oyatda qalin jun qoplami, soch xaltachalarining buralganligi, yog' bezlarining ko'pligi (har bir sochga 2 ta dan 5 ta gacha), ter bezlari va sochni ko'taruvchi butun g'uddali qavat orqali qiyasiga o'tgan uzun muskullarning borligi, kollagen bog'lamlari ingichkaligi va gorizontalga yaqin to'qilish tabiati - qo'y terilarining bo'shligi va nisbatan katta bo'lmagan mustahkamligini izohlaydi. Qo'y terilaridan olingan terilar bo'shligi, cho'zilganda mustahkamlik chegarasining kichikligi va yuqori cho'ziluvchanligi bilan tavsiflanadi.
Ko'plab qo'y terilarida tutashib ketgan yog' to'planmalari g'uddali va to'rli qavat chegarasida joylashadi. Bunday terilarga ishlov berilganda, dermaning qavatlanishi ro'y beradi. Ba'zi davlatlarda bunday terini qavatlanish joyidan arralash tavsiya etiladi, g'uddali qavat tannidli va aralash usulda oshlangan dekorativ charm ishlab chiqarishga, to'rli qavat zamsha ishlab chiqarishga yuboriladi.
Qo'y terisining mereyasi ingichka, deyarli silliq, chunki yupqa epidermis so'rg'ichlarni hosil qilmaydi va faqat bir ozgina soch xaltachalariga kiradi. Soch xaltachalari terining deyarli hamma maydoni bo'ylab ancha tekis joylashgan. Qo'y terilarining mereyasi soch teshiklarining yopqich qismida yaqqol namoyon bo'ladigan qatorlarda, etak qismida esa to'g'nag'ich-ning tartibsiz sanchqilari ko'rinishida joylashganligi bilan tavsiflanadi.
Qo'y terilarining tuzilishi qo'ychilikning xo'jalik yo'nalishiga (mayin junli, dag'al junli, yarim mayin junli va yarim dag'al junli), zoti, yoshi, so'yish mavsumi va vaqtiga qarab, ko'p qirraligi bilan ajralib turadi. Masalan, merinos zotiga o'xshagan mayin junli qo'y terilari shunchalik yupqa va kuchsizki, terini tanadan shilish yoki mezdralash hamda junsizlantirish jarayonlarida yirtilib ketadi. Ayni paytda dag'al junli qo'y zoti terilari o'zining strukturasi, mustahkamligi va mereyasi bilan echki
59
terilarining ba'zi turlariga yaqin tursa-da, ular o'rtasidagi gistologik ko'rsatkichlar bo'yicha farq saqlanadi.
Tog'H hududlardagi dag'al junli qo'ylarning terilari, tekislikda boqiladigan qo'y terilariga nisbatan mustahkamroq, yuza sirti bir muncha dag'al va yog' miqdori kamroq.
Junning ingichkaligi bilan bir qatorda, qo'y terisining sifatiga jun qoplamining uzunligi ham ta'sir ko'rsatadi. Uzun junli qo'y zotlarining terisi, kalta junli qo'y zotlari terilariga nisbatan qalinroq va yog'liroq.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish