Ishlarilashi. Eng yaxshi tovar-texnologik xossalarga ega bo'lgan qo'y terilari kalta dumli, uzun dumli va oriq dumli qo'yiardan olinadi.
Qo'y terilarini tayyorlash standartiga muvofiq, hayvonlarning zotiga qarab, qo'y terilari rus va dasht qo'y terilariga bo'linadi.
Rus qo'y terilariga - Kavkaz va Kavkazorti dag'al junli qo'ylaridan tashqari, hamma dag'al junli qo'ylarning, shuningdek, voyaga yetgan barra qo'ylarning terisi kiradi. Bu terilarni aksariyat qismining maydoni 40-75 dm2. Charm to'qimasi pishiq, kollagen tolalari bogiamlarining kompakt to'qilishi va dermasida yog'li to'qimalarning kam miqdorda bo'lishi bilan farq qiladi. Ularning jun qoplami ancha yumshoq, ko'proq qora va oq rang ustun keladi.
Kalta dumli qo'y terilari tekis konturlari va dumining kichik o'lchami bilan ajralib turadi. Voyaga yetgan qo'ylar terisining dermasida yog' miqdorining (quruq moddaning absolyut massasiga nisbatan hisoblaganda 8-10 %) kamligi va kollagen tolalarining nisbatan pishiq bog'lamlari bilan tavsiflanadi. G'uddali qavat derma qalinligining 60-55 % ni egallaydi. To'rli qavatda kollagen tolalarining zich joylashgan halqasimon to'qilish tabiati ko'proq uchraydi. Shuning uchun boshqalarga nisbatan, kalta dumli qo'y terisi pishiqroq va mustahkamroq, poyabzalning ustki qismi uchun charm ishlab chiqarishga yaroqli hisoblanadi.
Terilarning cho'zilganda mustahkamlik chegarasi 26,9-36,7 MPa, poyabzal shevreti uchun 24,5-29,4 MPa. Terming tekis konturlari, qalinlik bo'yicha tekislik va dermaning pishiqligi, mezdralash jarayonida kalta dumli qo'y terilarining kam miqdorda yirtilishini izohlaydi, shuningdek, ularning nisbiy mustahkamligini qayta tasdiqlaydi. Uzun dumli qo'y terilari o'zining texnologik xossalari va ishlatilishi bo'yicha kalta dumli terilarga yaqin.
Yog'dor dumli qo'y terilari - dag'al junli zotdan yog'dor dumi bilan farq qiladi. Shuningdek, voyaga yetgan qo'y terilari dermasida ahamiyatli miqdorda yog' miqdori quruq moddaning absolyut massasiga nisbatan
62
hisoblanganda 15-20 % va ba'zan 30 % gacha yetadi. Dermasining pishiqligi oriqdumlilarga nisbatan kamroq, shuningdek, to'rli qavatda kollagen bog'lamlarining gorizontal- to'lqinli to'qilishi bilan tavsiflanadi. To'rli qavat derma umurniy qalinligining 40 % ni tashkil etadi. Bog'lamlar asosan bo'sh joylashgan. Xomashyoda cho'zilganda mustahkamlik chegarasi o'rtaga 25,5 MPa dan oshmaydi, xromli oshlangan charmda -19,6 MPa. Yog'dor dumli qo'ylardan olingan terilar ancha bo'shligi va cho'ziluvchanligi bilan farq qiladi.
Rus qo'y terilaridan asosan - poyabzalning ustki qismi uchun xromli charm (poyabzal shevreti va astarlik qo'y charm), texnik charmlar (fotocharm, filtr uchun charm), kiyimlik va attorlik charmlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |