Ko‘pchilik sanoat adsorbentlari. Qaysiki oqartiruvchi tuproqlar, boksitlar, kislota bilan ishlab berilgan tuproqlar suyak ko‘mirlari va sintetik smolalar sanoatning turli sohalarida keng qo‘llanilmoqda, masalan, neft moylarini tozalashda, qandni tozalashda suyupi tozalashda va yumshatishda , zaharli moddalarni ajratishda.
Adsorbsion jarayonlar ichida gazlarni vodorod sulfiddan tozalashda adsorbent sifatida faollantirilgan kumir va katalizatorlar bilan modifikatsiyalangan seometlardan foydalaniladi. Bu adsorbentlar vodorod sulfidni aksidlantirish qobilyatiga ega bo‘lib oltingugurtni elemenar holgacha qaytaradi. Ayrim jarayonlarda vodorod sulfidning konsentrotsiyasi tozalangan gazda 200-500 dan 1,5 mg/m3 gacha yetadi. Gazifikatsiyada issiq kaytariluvchi gazlarni oltingugurtsizlantirish bo‘yicha DRG da katta ishlar amalga oshirilgan.
Olingugurtsizlantiruvchi agentlar temir, kalsiy, mis va rux asosida ham tadqiqotlar olib borilgan . qaytaruvchi gazlarni tozalash uchun kalsiy oksidi, kalsiy gidroksidi va dolomitlar 1073 k haroratlarda qo‘llanilish imkoniyatini bergan. Ammo bu jarayonda kalsiy sulfidni regeneratsiyalash muammosi hal qilinmagan.
Uglevodorod oqimini oltingugurtli birikmalardan tozalash.Tabiiy gaz tarkibida birinchi navbatda vodorod sulfidni ajratish zarur bo‘ladi va shundan so‘ng ushbu tabiiy gazdan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Vodorod sulfidning tabiiy gaz tarkibida bo‘lishi gaz quvurlarining korroziyalanishga chaqiradi, vodorod sulfid zaharli bo‘lganligi bois adsorbsion tozalashlar ayrim hollarda qo‘llaniladi. Uglerod (II) – oksidi va vodorod sulfidning tabiiy gazdagi nisbati yuqori (2-3 dan ortiq) bo‘lganda adsorbsion tozalashlar amalga oshiriladi. Suyuq usulda tabiiy gazlarni aminlar yoki ishqorlar yordamida tozalashda har ikkala nordon gazlar yutiladi va kislotali komponentlarning yuqori nisbatlarida suyuq adsorbentlarning sarfi katta bo‘ladi. Yana bir boshqa chegaralanishlardan biri bu gaz tarkibida nordon gazlarning konsentratsiyasi kam bo‘lishi bilan bog‘liq. Ushbu har ikkala faktor regeneratsiyalanuvchi gaz hajmini va uning tarkibidagi zaharli modda-vodorod sulfidning miqdorini belgilab beradi. Vodorod sulfidni utilizatsiyalash bo‘yicha juda qulay bo‘lgan usullar va undan erkin elementar oltingugurtni olish metodlari unchalik yaxshi darajada ishlab chiqilmagan. Ko‘pchilik hollarda bu metodlarning taraqqiy etishiga tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid miqdorining o‘zgarib turishi sababli bo‘ladi.
Tabiiy gazlarni tozalash uchun adsorbent sifatida seolitlar NaX qo‘llaniladi.tabiiy gaz – murakkab sistema, va unda katta miqdordagi moddalar mavjud bo‘ladi. Shunga bog‘liq holda bir qator savollar tug‘iladi:
Tabiiy gaz tarkibidagi moddalar vodorod sulfidning adsorbsiyalanishi jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatadi, va qanday modda va qaysi darajada bir vaqtning o‘zida vodorod sulfid bilan birgalikda ajralib chiqadi? Ma’lumki to‘yingan uglevodorodlarning adsorbsiyalanishi ularning molekulyar massalari ortishi bilan ortib boradi. Vodorod sulfid amalda xuddi butan kabi ( uglerod (II)-oksid propan singari) adsorbsiyalanadi. Shuning uchun gazlarni vodorod sulfiddan tozalashda yo‘ldagi sifatida butanlar, barcha to‘yingan uglevodorodlar (yuqori molekulyar massaga ega), merkaptanlar ajratib chiqadi. Bir vaqtnig o‘zida tozalash bilan birga tabiiy gazning chuqur qurish jarayoni ham kechadi, bu esa uzoqqa transportirovka qilish uchun muhim sanaladi.
Seolitlar vodorod sulfidning kimyoviy o‘zgarishiga katalizatorlik ham qiladi va bunda oltingugurt 2H2S + O2 = 2H2O + 2S to‘planadi.
Vodorod sulfidning uglerod (II) oksid bilan ta’sirini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 2H2S + CO2 = COS + H2O.
Uglerodning oltingugurli oksidi vodorod sulfidga nisbatan yomon adsorbillanadi, va uning hosil bo‘lishi gazni vodorod sulfiddan tozalash darajasini pasaytiradi.
Merkaptanlar juda yaxshi adsorbsiyalanuvchi moddalardir. Ular seolitlarning yuqori qatlamlarida yig‘iladi.
Regeneratsiyalash vaqtida ( 2000 С va udan yuqori) ular quyidagi regeneratsiya bo‘yicha parchalanadi:
C2H5SH → C2H4 + H2S
Parchalanish vaqtida hosil bo‘lgan etilen polimerlanishga moyil bo‘lganligi sababli qatlamlarning kokslanishiga asosiy sababchilardan biri bo‘ladi. Ushbu holatdan qutulish uchun qatlamlarni qizdirish uchun yuborilgan haroratni pasaytirish kerak bo‘ladi va iqtisodiy tejamkorlikka erishiladi.
Tabiiy gazni tozalash qurilmasi siolitlar solingan uchta adsorbent tashkil etadi va siklik rejimda ishlaydi. Adsoryutsiya vaqtidagi bosim tabiiy gaz oqimi bosimiga yaqin ( 5MPa atrofida) regeneratsiyalash vaqtidagi bosimni shunday ushlaydiki, qaysini regeneratsiyalangan gaz mahalliy isitish uchun kerak bo‘lsin. Tabiiy gazni tozalashdagi ko‘pchilik seolitli qurilmalar 150-300 ming м3 /с ishlab chiqarish quvvatiga ega .
Suyuq uglevodorodlardan oltingugurli birikmalarni chiqarish uchun NaX tipidagi seolitlardan foydalaniladi. Suyuqliklarning zichligi gazlarning zichligidan yuqori bo‘lganligi bois jarayonga qo‘shimcha bosqich kiritiladi yani adsorber hajmidan suyuq fazani chiqarish amalga oshiriladi. Bu jarayon adsorbsiya bosqichidan so‘ng va regeneratsiyalash uchun isitishdan oldin amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan quruq metan bosimi ostida quyish amalga oshiriladi.