Adsorbentlarni aktivligini tiklash va regeneratsiyalash Adsorbsiya vaqtida yutilgan komponentlarni maqsadga yunaltirilgan holda so‘ngi qayta ishlash uchun ularni adsorbent tarkibidan chiqarish lozim bo‘ladi.
Adsolrbent tarkibidan adsorbsiya vaqtida yutilgan komponentlarning maqsadli yoki maqsadsiz holda chiqish jarayoni desorbsiya deyiladi.
Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarining tez suratlar bilan rivojlanishi ayniqsa neft va gaz sanoati, yog‘larni regeneratsiyalash va boshqa soxalar uchun juda ko‘p ming tonnalab adsorbentlar zarur bo‘ladi. Ishlab chiqarish adsorbsion qurilmalarda adsorbentlarning adsorbsiyalash xossasini saqlash maqsadida ularni aktivligini qayta tiklash yoki regenratsiyalash zarur bo‘lada. Shuning uchun adsorbsion jarayon tugagandan keyin adsorbentdan yutilgan komponentlarni desorbsiyalash amalga oshiriladi.
Adsorbentlarni regeneratsiyalash yoki desorbsiyalash jarayoni quyidagi asosiy usullar orqali amalga oshiriladi:
1) Yuqori adsorblanish effektiga ega bo‘lgan va o‘zi adsorbentdan chiqarilishi qiyin vaziyat tug‘dirmaydigan komponentlarni siqib chiqarish usuli. Masalan, adsorbsiyalangan uglevodorod gazlari aralashmalarini ajratish uchun desorbsiyalovchi agent sifatida suv bug‘ini qo‘llash mumkin. Adsorbent tomonidan suv bug‘ining yutilishi va oxirida uglevodorodlarning siqib chiqarilishidan ularning joylarini suv bug‘lari egallaydi. Bu jarayonda suv bug‘i kondensatlangan va kondensatlanish issiqligining chiqishi yuzaga keladi hamda desorbsiya jarayoni sodir bo‘lishidan sistemaning umumiy temperaturasi ortadi. Uglevodorodlar desorbsiyalangandan so‘ng adsorbentning tuliq aktivligini tiklash uchun yutilgan namlikdan adsorbentni tozalash lozim bo‘ladi. Buning uchun adsorbent quritiladi va adsorbsiya jarayoni sodir bo‘ladigan temperaturaga qadar sovutiladi.
Uglevodorodlarning suyuq aralashmalarini ajratishda adsorbsiyalovchi agent sifatida yuqori adsorbsiyalanish xususiyatiga ega bo‘lgan turli xil organik suyuqliklar qo‘llaniladi. Bu yerda shunga diqqatni qaratish lozimki, organik suyuqlik va yutilgan uglevodorod aralashmalarining suyuqliklari yuqori adsorbsiyalanish xususiyati bilan farq qilishi lozim. Bunday desorbsiyalovchi agentlarga past molekulalar tuzilishliaromatik uglevodorodlar, jumladan benzol, taluol, ksilol yoki ularning qutbli erituvchilar ( spirt, ketonlar) bilan aralashmalari qo‘llanilishi mumkin.
2) Kam adsorblanish effektiga ega bo‘lgan moddalar ( qutbsiz erituvchilar) bilan adsorblangan komponentlarni siqib chiqarish. Bu hodisada desorbsiya jarayoni adsorbent va u orqali utuvchi eritma orasidagi muvozanat holatining bo‘zulishi hisobidan kelib chiqadi. Masalan, turli neft maxsulotlarini adsorbsion ajratishda desorbsiyalovchi agentsifatida benzin fraksiyasidan foydalanish mumkin. Boshlang‘ich aralashmalardan birinchi navbatda benzin fraksiyasining o‘zining past temperaturalarda qaynashligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham unga adsorbilangan birikmalar yani benzinga o‘tgan komponentlar benzinni oddiy haydash usuli bilan haydab olishga asoslanadi. Haydash orqali ajratib olingan benzin desorbsiyalovchi agent sifatida yana ishlab chiqarishjarayoniga qayta tadbiq etiladi.
3) Adsorbentni qizdirish orqali adsorblangan komponentlarni bug‘latish, yoki sistemadagi umumiy bosimni pasaytirish, jumladan, adsorblangan komponentlarning parsial bosimini pasaytirish usuli uchuvchi komponentlar aralashmalarini ajratishda qo‘llaniladi. Bu jarayonda yutilgan aralashmalarni ajratish ularning adsorbent sirtidan bir vaqtda va bir xil tezlikda ajralib chiqmasligiga asoslanadi.
4) Oksidlovchi regeneratsiya yani bu jaraynda adsorblangan komionentlarni adsorbent yuzasidan quydirish orqali amalga oshiriladi. Bu metod shunday vaqtda qo‘llaniladiki, yani adsorblangan moddalar adsorbentga juda yuqori adsorblanish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu xildagi metodning yana bir qo‘llanish sababi shundaki, adsorblangan moddalarni yuqorida kurib utilgan metodlar orqali ajratishning imkoni bo‘lmasa, bunda yana shuni etiborga olish lozimki, eng avvalo bu metodni qo‘llash maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i kerak, hamda adsorbent sirtini kuydirish vaqtida ajralib chiqadigan yonish mahsulotlari ekalogik jihatdan mumkin bo‘lgan vaqtda va ishlab chiqarish jarayonlarida iqtisodiy jihatdan davtatga arzon bo‘lgan vaqtdagina amalga oshiriladi. Bu metodga misol tariqasida adsorbent sirtidagi asfalten va smolasimon moddalarni kuydirish jarayonini ko‘rsatib o‘tish mkmkin.
Ko‘pchilik hollarda adsorbentni aktivligini tiklashda yuqorida ko‘rsatilgan metodlardan kompleks holda foydaliniladi. Adsorbentni regeneratsiyalash jarayonida u yoki bu metoddan foydalanish aniq sharoitdan kelib chiqqan holda tanlanadi. Bunda qo‘yidagilarga asosiy etibornr qaratish kerak bo‘ladi, yani ajratiluvchi aralashmaning xossasi, ishlab chiqarish masshtabi, jarayonning iqtisodiyligi, hamda atrof muhitni muhofaza qilish shartlarini hisobga olish lozim bo‘ladi.