Adsorbsion ta’sirlashuvlar turi. Adsorbent va adsorbat zarrachalari orasidagi ta’sirlashuvlar har xil bo‘lishi mumkin. adsorbsiya vaqtida molekulyar kuchlar ham tasir qiladi. Bu asosan elektrokinetik kuchlar, ya’ni dispersion kuchlardir. Har bir molekulada elektronlar zichligining ma’lum bir yo‘nalishi bo‘ylab xarakat qilishi tufayli molekulada dipol momentlar va kvadrupollari paydo bo‘ladi. Bu dipollar molekulalarning bir -biriga yaqinlashuvida o‘zaro ta’sir etmasdan qolmaydi. Yanada shu ta’sirlashuvlar natijasida umumiy tortishuv kuchlari vujudga keladi. Bu kuchlar shuning uchun dispersion kuchlar deb aytiladiki, hosil bo‘lgan dipollar yorug‘likning dispersiyalashini keltirib chiqaradi. Ko‘p hollarda elektrostatik kuchlar yoki oriyentatsion kuchlar ahamiyati ham kattadir. Bu kuchlar adsorbsiya vaqtida qutblangan molekulalarning sirtidagi doimiy elektrostatik zaryadlar hisobiga paydo bo‘ladi. Bundan tashqari induksion kuchlar ham mavjud. Induksion kuchlar adsorbent sirtidagi zaryad bilan yoki adsorbent sirtida paydo bo‘luvchi dipol momenti bilan adsorbillanuvchi molekulada paydo bo‘ladigan dipol momentlari orasida vujudga keladi. Bu kuchlarning barchasi tortilish kuchlari hisoblanadi va adsorbent molekulasining sirtiga adsorbent molekulasining yaqinlashishi natijasida itarilish kuchlari bilan yaqin masofalarda tenglashadi[5].
Adsorbsion ta’sirlashuvlarning asosiy harakterli xususiyati shundaki, adsorbillanuvchi molekula adsorbent yuzasidan bitta markaz bilan ta’sirlashmasdan (uning panjarasini hosil qiluvchi ionlar, atomlar yoki molekulalar bilan) balki ko‘pchilik qo‘shni markazlar bilan ham ta’sirlashadi. Adsorbent bilan adsorbat molekulasining dispersion kuchlar hisobiga hosil bo‘lgan o‘zaro ta’sirlashuvlar yig‘indisi adsorbentning bitta markazi bilan ta’sirlashuvidan kichik bo‘lishi ham mumkin.
Adsorbsiya vaqtida adsorbent sirtidagi ionlar yoki guruppalar bilan adsorbat molekulasi orasida vodorod bog‘ hosil bo‘ladi. Bundan tashqari adsorbent molekulalari bilan adsorbat molekulalari orpasida donor akseptor ta’sirlashuvlar, xemosorbsion ta’sirlashuvlar va elektron bog‘iga ega bo‘lgan hamda o‘z sirtida gidroksil gruppa va kation saqlagan molekulalar bilan bo‘ladigan ta’sirlashuvlar ham mavjud. Bu tasirlashuvlar to‘g‘risida batafsil ravishda qo‘llanmaning keyingi mavzularida tanishishingiz mumkin.
3. Adsorbsiya hodisasi ham huddi suyuqlikning bug‘lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga qarama-qarshi ikki jarayon boradi: biri moddaning yutilishi bo‘lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishidir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi bu yerda ham yutilish jarayoni avval tez boradi, so‘ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlarining tezliklari baravarlashib, sistema adsorbsion muvozanat holatiga keladi. Odatda adsorbsion muvozanat juda tez (sekundlar bilan minutlar davomida) qaror topadi. Masalan, pista ko‘mir sirtida SO2 ning adsorbillanishi muvozanati 20 sekunddan keyin, S2 yutilganda esa 2,5 soatdan keyin qaror topadi. Agar adsorbsion muvozanat uzoq vaqt davomida qaror topmasa, adsorbsiya boshqa xil jarayonlar bilan murakkablashgan deyish mumkin.
Adsorbsion muvozanat ham dinamik muvozanatdir. Adsorbsion muvozanat holati temperatura o‘zgarganda o‘zgaradi.
Adsorbsiya jarayoni issiqlik chiqarish bilan boradi. Adsorbsiya vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi deyiladi. Adsorbsion muvozanatning siljishi ham Le-Shatelye prinsipiga bo‘ysunganligi uchun temperatura ko‘tarilganda muvozanat modda ham yutiladigan tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni aksincha, issiqlik yutilishi bilan boradi. Shu sababli, temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani ko‘proq qaytadan chiqarishi mumkin. Agar adsorbent bilan adsorbtiv o‘rtasidagi ximiyaviy reaksiya sodir bo‘lsa, (xemosorbsiya) adsorbsion muvozanat qarolr topmaydi; bu holda adsorbsiya qaytmas jarayon harakteriga ega bo‘ladi.