2.2 Tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan tozalash
Hozirga vaqtda gazlarni nordon komponentlardan tozalashning quyidagi usullari mavjud.
Adsorbsion tozalash (gazlarning nordon komponentlarining adsorbentning faol qismi bilan tasirlashish tabiatiga ko‘ra uch gruppaga ajratiladi).
Ximiyaviy adsorbsiya (xemosorbsiya). Vodorod sulfid va uglerod (IV) oksidining adsorbentning faol qismi bilan tasirlashuviga asoslangan sanoat miqyosida ximiyaviy adsorbentlardan alkanol alkanolaninlar yani monoetanolamin MEA, dietanolamin DEA, TEA, MDEA, DIPA lar shuningdek, ishqor eritmasi, ishqoriy metallar eritmasi (25-30 % kolbasi, K2SO3 yoki Na2 CO3 eritmalari) va temir gidroksidlari eritmalari keng doirada qo‘llanilmoqda. Ximiyaviy adsorbsiya jarayoni nordon komponentlarga yuqori tanlanganligi bilan xorakterlanadi va gazlarni vodorod sulfid hamda karbonat angidriddan yuqori darajada tozalashga erishish imkoniyatini beradi. Seroorganik birikmalar aminlardan kam miqdorda ishlatilganda ham ajralib chiqadi, ishqoriymollaridan foydalanilganda seroorganik birikmalardan nafis tozalanishiga erishish mumkin.
Fizikaviy adsorbsiyada nordon komponentlarni ajratish godlarining absorbentda turlicha eruvchanligiga asoslanadi. Bu jarayonlarda absorbent sifatida polietiyenglikolning dilatil efirlari aralashmasidan metanol, propilenkorbonatlardan foydalaniladi. Xemosorbsion uslublardan farqli ravishda fizikaviy absorbsiya metodida vodorod sulfid va korbonatangidrid bilan birga uglerodning oltingugurtli oksidi, uglerodoltingugurt, merkaptanlarni ham ajratish mumkin
.
Fizika-ximiyaviy absorbsiya jarayonlarida fizikaviy absorbentlarning ximiyaviy absorbentlar bilan birga kombinirlangan aralashmasidan foydalaniladi. Bu absorbentlar uchun nordon gazlarning oraliq eruvchanlik qiymatlari xorakterli. Bu absorbentlar gazni nafaqat vodorod sulfiddan nafis darajada tozalabgina qolmay, balki seroorganik birikmalardan ham tozalaydi “Sulfinol” absorbenti diiozopropanalanin (30-45 % ), sulfolan (tetragidrotiofen dioksid 40 60%) va suv (5-15%) lar aralashmasidan iborat bo‘lib sanoat miqyosida qo‘llanilmoqda. Xuddi shuningdek “ukarsol” absorbenti (Ekosorbning analogi) oxirgivaqtda keng doirada kirib kelmoqda. Bu absorbent angidrod, va seroorganik birikmalardan selektiv ravishda tozalaydi.
Gazlarni adsorbsion tozalash qattiq adsorbentlarning aralashmalarni selektiv yutishiga asoslangan.
Adsorbentlar “+” va “-” kursatkichlarga ajratilib, “+” adsorbentlar yuqori darajada yutish qobilyatiga ega, “-“ adsorbentlarda nisbatan yuqori ekspluatoqsion yo‘qotish bilan birga jarayonning yarimdavriyligidadir.
Katalitik metodlar qachonki gazlarda suyuq yutuvchi absorbentlar va adsorbentlardan to‘liq tozalanmay qolgan aralashmalarni ajratishda ishlatiladi. Katalizatorlar sifatida kobaltoksidi, nikel oksidi va alyumeniy oksididagi molibdenlardan foydalaniladi. Vodorod sulfidning elementar oltingugurtgacha oksidlanishi faol aslomeniy oksidi ishtirokida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |