5
uchun SO
2
ni kontsentratsiyasini oshirish kerak bo`ladi.
Hali ayrim rangli
metallurgiya zavodlaridagina SO
2
kontsentratsiyasini oshiruvchi qurilmalar
o`rnatilgan xolos. Kelajakda rangli metallurgiya zavodlarining chiqindi SO
2
gazini
to`liq ushlab olish va undan foydalanish ishlarining loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Bu chiqindi gazlardan kompleks foydalansa atrof muhitni ifloslanishning oldi
biroz bo`lsada olinardi. SO
2
olish uchun eng yaxshi ashyo bu toza oltingugurtdir. U
yoqilganda massa ulushi yuqori bo`lgan va zararli qo`shimchalari kam bo`lgan SO
2
olinadi. Ammo FeS
2
- kolchedandan bir necha marta qimmat turadi, hamda u boshqa
ishlab chiqarishlar uchun qimmatbaho kimyoviy ashyo hamdir. Ko`mir yoqiladigan
korxonalar,
yoritish
tarmoqlarining
mo`rilaridan
atmosferaga
chiqarib
yuboriladigan gazlar tarkibida anchagina SO
2
bo`ladi. Chunki toshko`mir tarkibida
1-3% gacha oltingugurt saqlaydi. Keyingi yillarda atrof muhitning tozaligiga biroz
e’tibor
kuchaytirilganligi
sababli
mo`rilardan
chiqarilgan
gazlarni
zaharsizlantirishning adsorbtsiya-desorbtsiya usullari ishlab chiqilgan.
Bunda SO
2
ushlab qolinadi va sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Ammo
kislotaning tan narxi piritdan olingan kislotaga nisbatan bir necha marta qimmatga
tushadi. Shu sababli u kam qo`llanilmoqda. Keyinchalik SO
2
ni ushlab qolish va uni
tozalab H
2
SO
4
ishlab chiqarish uchun foydalanishning takomillashgan usullari
topilgach keng qo`llanila boshlanadi. Dunyo bo`yicha atmosferaga chiqarib
yuboriladigan SO
2
ning miqdori, dunyoda ishlab chiqarilayotgan
sulfat kislota
miqdoridan ikki barobar ko`proq kislota ishlab chiqarishga yetarlidir.
Yana bir muhim SO
2
olinadigan xom-ashyo bu vodorod sulfid gazidir. H
2
S
ko`pgina tabiiy gazlar tarkibida bo`ladi. Qaysikim,
uni tozalaganda H
2
S ajratib
olinadi, va u SO
2
ga aylantiriladi. Ko`mirni kokslaganda,
neftni qayta ishlaganda
ular tarkibidagi S qisman vodorod sulfidga aylanib gaz holida ajralib chiqadi. Koks
gazlari tozalanganda ularning tarkibidan H
2
S yoki S shaklida ajratib olinadi, yoqib
SO
2
ga aylantiriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari SO
2
olish uchun juda ko`p foydalanish
mumkin bo`lgan ammo, hozircha foydalanilmayotgan
potentsial ashyo manbalari
mavjud. Bylarga sobiq SSSRdagi kaltsiy sulfat va natriy sulfat tuzlarining yirik
konlarini ko`rsatish mumkin.
Yana fosfat kislota ishlab chiqaradigan zavodlarda hosil bo`ladigan va chiqindi
sifatida tashlab yuborilayotgan gipsni ko`rsatish mumkin. Neft mahsulotlarini
tozalashda tarkibida sulfat kislota saqlovchi gudron, ko`pgina organik mahsulotlar
ishlab
chiqarish sanoatlarida, organik moddalar bilan ifloslangan va chiqindi
hisoblangan suyultirilgan sulfat kislota. Po`latni tozalashda hosil bo`ladigan aslida
chiqindi hisoblangan temir sulfit tuzlari. Bylarning hammasi va ular kabi tarkibida
sulfat kislota yoki tuzlarini saqlovchi har qanday chiqindi moddalar qaytaruvchilar
bilan qo`shib qizdirilganda SO
2
hosil qiladi, va undan sulfat kislota olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: