§ 7. Hujjatlarga talablar 27. Ekspert tashkiloti tasarrufida o‘z faoliyati bilan bog‘liq, akkreditatsiya sohalariga muvofiq qonunchilik hujjatlari hamda normativ texnik hujjatlar (normativ hujjatlar bazasi) mavjud bo‘lishi kerak. Mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 12-bandiga muvofiq normativ hujjatlar bazasini yuritish bo‘yicha tayinlangan mas’ul xodim mavjud hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni mazkur Akkreditatsiya mezonlarining 3-ilovasida keltirilgan shaklda yuritishi kerak.
28. Ekspert tashkilotida barcha normativ hujjatlar yangilanib borilishi, amal qilish muddati o‘tgan hujjatlar o‘z vaqtida belgilanishi va foydalanishdan chiqarilishi kerak. Ekspert tashkilotida xodimlarga mavjud normativ hujjatlardan to‘siqsiz foydalanish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak.
§ 8. Ishlarni bajarishga talablar 29. Ekspert tashkiloti o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablariga rioya etishi hamda Akkreditatsiya komissiyasi qarorlari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va vakolatli organ ko‘rsatmalari bajarilishini ta’minlashi kerak.
30. Ekspert tashkiloti akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiyaga ega bo‘lishi hamda akkreditatsiya mezonlariga doimiy muvofiqligini ta’minlash maqsadida o‘zining ish faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida mazkur deklaratsiyaga kiritishi lozim.
31. Ekspert tashkiloti o‘z xodimlarining samarali ishlashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan bino(xonalar)ga, jihozlarga va asboblarga, shuningdek ularni yaroqli holda tutish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
33. Ekspert tashkilotining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya qilish, ekspertizani amalga oshirish bo‘yicha bajarilgan ish natijalari ekspertiza xulosasida aks ettirilishi lozim. Ekspert tashkilotining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ish natijalari sanoat xavfsizligi deklaratsiyasida aks ettirilishi lozim.
Ekspertiza xulosasi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari, normativ texnik hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishi lozim.
34. Ishlarni bajarish jarayonida olingan kuzatuvlar va (yoki) ma’lumotlar o‘z vaqtida yozib borilishi lozim.
Ekspert tashkiloti o‘z ish natijalarini asoslab berishi uchun ish faoliyatidagi zarur hujjatlar va ma’lumotlar hisobini yuritishi va ularni saqlashi kerak.
36. Ekspert tashkiloti rasmiylashtirilgan ekspertiza xulosalari, ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari reyestri (ro‘yxati)ni yuritishi lozim. Bu ro‘yxat Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilangan shakllarda har oyda bir marotaba (keyingi oyning 5-sanasiga qadar) hisob yuritish uchun Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga taqdim etilishi zarur.
37. Ekspert tashkiloti shartnomalarni nazorat qilish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Bu tizim quyidagilarni ta’minlashi kerak:
a) buyurtmachi talablariga muvofiq bajariladigan ishlar ekspert tashkiloti akkreditatsiya sohasiga mos kelishi va bu ishlarni bajarish uchun ekspert tashkilotida zarur resurslar mavjudligini tekshirish;
b) bajariladigan ishlarni muntazam tekshiruvlar va kamchiliklarni bartaraf etish harakatlari bilan nazorat qilish;
v) bajariladigan ishlar o‘rnatilgan talablarga muvofiqligiga ishonch hosil qilish maqsadida bajarilgan ish natijalarini tekshirilishi.
38. Ekspert tashkilotida ishlarni xavfsiz ravishda olib borish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
39. Ekspert tashkiloti ekspertiza obyektlari uning javobgarligi ostida bo‘lgan vaqtda ekspertiza obyektlarini zararsiz saqlashi kerak.