Foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.
Neft va gaz sanoati obyektlarida:
3.2.1.
Quduqlarni qazish va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlardagi bino va inshootlar
3.2.2.
Neft va gaz qazib olish va ularni tayyorlash obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.3.
Magistral quvurlar obyektlaridagi bino va inshootlar
3.2.4.
Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.3.
Kimyo, neft-kimyo va neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.4.
Bosimi 0,07 MPa dan yuqori bo‘lgan yoki suvning isish harorati 115º S dan yuqori bo‘lgan qurilmalar joylashgan bino va inshootlar
3.5.
Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlaridagi bino va inshootlar
3.6.
Tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazlaridan foydalanuvchi gaz ta’minoti (gaz taqsimlash, gaz iste’moli) obyektlaridagi bino va inshootlar
3.6.1.
Gaz jihozlari o‘rnatilgan bino va inshootlar (qozonxonalar, sexlar)
3.6.2.
Avtomobillarga gaz (suyultirilgan uglevodorod gaz) to‘ldirish shoxobchalarining bino va inshootlari
3.7.
Metallurgiya sanoati obyektlaridagi bino va inshootlar
3.8.
O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlaridagi bino va inshootlar
3.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bog‘liq geologiya-razvedka obyektlaridagi (uglevodorod xomashyosi bo‘lmagan) bino va inshootlar
3.10.
Sanoatda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlardagi bino va inshootlar
4.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazish
Neft mahsulotlarini, kondensat va neftni saqlash va uzatish obyektlari
4.3.
Kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoati hamda portlash-yonish xavfi mavjud kimyoviy xavfli ishlab chiqarish obyektlari
4.4.
Bosimi 0,07 MPa dan yuqori yoki suvning harorati 115ºS dan yuqori bo‘lgan qurilmalardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari
4.5.
Ko‘chmas asosga o‘rnatilgan yuk ko‘tarish mexanizmlari, eskalatorlar, po‘lat arqonli osma yo‘llar, funikulyorlardan foydalaniladigan ishlab chiqarish obyektlari
4.6.
Tabiiy va suyultirilgan ugle�odorod gazlaridan foydalanuvchi gaz ta’minoti (gaz taqsimlash, gaz iste’moli) obyektlari
4.7.
Metallurgiya sanoati obyektlari
4.8.
O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash obyektlari
4.9.
Foydali qazilma konlarini qidirish va izlash bilan bog‘liq geologiya-razvedka obyektlari (uglevodorod xomashyosi bo‘lmagan)
4.10.
Sanoatda qo‘llaniladigan portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sinash va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar
Izoh: mazkur Ro‘yxatda nazarda tutilgan tegishli akkreditatsiya sohasi bo‘yicha akkreditatsiya attestatiga ega bo‘lgan ekspert tashkiloti tomonidan akkreditatsiya attestatida ko‘rsatilgan akkreditatsiya sohasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni mo‘ljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash amalga oshirilishi va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi mumkin.
Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazish Qoidalariga
2-ILOVA
AKKREDITATSIYA MEZONLARI § 1. Ekspert tashkiloti boshqaruvi bo‘yicha talablar 1. Ekspert tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi kerak.
2. Ekspert tashkiloti o‘z faoliyatini samarali olib borishini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmaga va boshqarish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
3. Ekspert tashkiloti tashkiliy chizmasi, o‘zining bo‘linmalari, ularning funksiyalari va ular orasidagi o‘zaro aloqalarni o‘z nizomida aks ettirishi kerak. Ekspert tashkiloti ish faoliyati joriy holatini aks ettiruvchi o‘zgartirishlar o‘z vaqtida nizomga kiritilishi kerak.