Sanoat texnologiya


Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

 
1.3.Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.
Ma’lum bо‘lgan barcha turdagi sxemalar bо‘yicha ammiakli selitra olishda 
nitrat kislotasini xattoki bosim ostida ammiak bilan neytrallanganda ham 95% dan 
yuqori bо‘lmagan konsentratsiyali ammoniy nitrat eritmalari hosil qilinadi. Eritmani 
suyuqlanma hosil qilinguncha bug‘latish uchun anchagina miqdorda qо‘shimcha 
issiqlik sarflanishiga tо‘g‘ri keladi. 


11 
(«Endjiniring») firmasi tomonidan yaratilgan yangi ammiakli selitra ishlab 
chiqarishning «
AN-2YE» 
jarayonida bosim ostidagi neytrallash orqali bu kamchilik 
bartaraf etilgan. Neytrallanish 180°S xaroratda о‘tkaziladi, bu neytrallagichda 
bosimning 0,4 va 0,8 MPa orasida (jarayonda ishlatiladigan nitrat kislota 
konsentratsiyasiga bog‘liq xolda) о‘zgarishi orqali ta’minlanadi. Shunday qilib, 
faqatgina reaksiya issiqligidan foydalanish xisobiga ammoniy nitrat eritmasining 
konsentratsiyasini 99,7% gacha oshirish imkoniyati yaratiladi. Bu issiqlik bug‘latish 
jixozining issiqlik almashtirgichiga — neytrallagichdan olinadigan va unga nisbatan 
past haroratda issiqlik almashtirgichdan qaytariladigan sirkulyatsiyali suyuqlik oqimi 
orqali uzatiladi. Bunday sirkulyatsiya neytrallagichdagi eritma xaroratini boshqarish 
imkoniyatini yaratadi. Bu usulning afzalligi texnologik jarayonda tozalanmagan bug‘ 
hosil bо‘lishi kuzatilmaydi. 
Ammiakli selitra ishlab chiqarish turli jarayonlarida reaksiya issiqligi bug‘ hosil 
qilish uchun ishlatiladi. Atmosfera bosimiga yakin bosim ostida (0,12 MPa) va 135°S 
xaroratda neytrallanishda 85% konsentratsiyali eritma hosil kilinadi; 180-185°S 
xaroratda yuqori bosim [-0,4 MPa ostida 75-77% li, 180°S xaroratda 0,4-0,8MPa 
bosim ostida («AN-2YE» usuli bо‘yicha) esa 65% li eritmalar olinadi. Yuqorida 
konsentratsiyalari keltirilgan eritmalar — neytrallagichga -60% konsentratsiyali nitrat 
kislota berilishiga muvofiq keladi. 
«AN-2YE» jarayonida neytrallagichdagi xaroratni va shu xarorat bilan reaksiya 
xarorati orasidagi farqni о‘zgartirish, shuningdek bug‘latish bо‘limidagi vakuumni 
о‘zgartirish orqali turlicha belgilangan konsentratsiyali ammiakli selitra eritmalarini 
hosil qilish mumkin. Jarayon shunday boshqariladiki, bunda neytrallagichdagi bosim 
doimo ayni xaroratdagi eritma kaynash bosimidan yuqorida ushlab turiladi. Bu xolda 
texnologik bug‘ hosil bо‘lmaydi va odatdagi texnologik sxemalarda ammiakli selitra 
tomchilarini tutib qolishi uchun va kondensatni texnologik bug‘dan tozalash uchun 
qо‘llaniladigan qurilmalar talab etilmaydi. Neytrallanish jarayonida azotning 
yо‘qotilishi nixoyatda oz darajada bо‘ladi. 
Jarayonining soddalashtirilgan texnologik sxemasi tasvirlangan. 
Neytrallagichdan bug‘latish bо‘limiga issiqlikni tashuvchi ammiakli selitra oqimining 
sirkulyatsiyasi jarayonning asosi xisoblanadi. Issiqlik almashtirgichdan sо‘ng eritma 
neytrallagichga qaytariladi. Eritmaning sirkulyatsiyasi nasos yordamida amalga 
oshiriladi. Bug‘latish bо‘limiga selitra eritmasi oqimining kritilishidan oldin bosim 
ostidagi eritma redusirlanadi (ya’ni, suyuqlik ustidagi bosim pasaytiriladi), bu esa 
uning xaroratining pasayishiga olib keladi. Eritmaning bug‘latish xaroratini 
pasaytirish uchun esa standart vakuum qurilmalari ishlatiladi. 


12 
Neytrallagich vertikal kо‘rinishdagi idish bо‘lib, yuqori bosim ostida ishlashga 
mо‘ljallangan, jixozning ichida tik qiyalikda quvur joylashtirilgan, u orqali eritma 
bug‘latish jixoziga konsentrlash uchun yuboriladi. 
Neytrallagich quvvati unga beriladigan ammiak miqdori bilan aniqlanadi, 
ammiak miqdori esa kiritiladigan kislota miqdoriga muvofiq kelishi kerak. 
Kislotaning ozgina miqdori reaktorning pastki qismidan olinadigan eritma oqimiga 
Eritmaning rN qiymatini belgilangan darajada ushlab turilishi uchun qо‘shiladi. 
Nitrat kislota konsentratsiyasi о‘zgargandagi neytrallash jarayonini tо‘g‘ri 
boshqarilishi kislota berish yо‘nalishda joylashtirilgan, sezgir element biriktirilgan 
maxsus xisoblash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. 
55% konsentratsiyali nitrat kislota qizdirgich 1 ga va sо‘ngra Neytrallagich 2 ga 
tushadi, unga bug‘latgich 4 da bug‘lanadigan gaz xolatdagi ammiak ham beriladi. 
Sxemada atmosfera bosimida ishlaydigan neytrallagich kо‘rsatilgan, undan 
ammoniy nitrat eritmasi vakuum ostida ishlaydigan bug‘latgich 5 ga uzatiladi. 
Bug‘latgichdagi vakuum kondensator 7 da texnologik bug‘ni suv bilan 
kondensatlanishi natijasida hosil kilinadi. Bug‘latgichdan chiqadigan ammoniy 
nitratning bir qismi bug‘latgich va reaktor о‘rtasida sirkulyatsiyalanadi. Bug‘latgich 5 
dan chiqadigan texnologik bug‘ separator 6 dan sо‘ng nitrat kislotani qizdirish uchun 
qizdirgich 1 da va suyuq ammiakni bug‘latish uchun bug‘latgich 4 da qisman 
ishlatiladi. Bug‘latgichda hosil qilingan ammoniy nitrat eritmasi qayta neytrallagich 8 
ga tushadi, u yerda ammiak gazi bilan -88% konsentratsiyagacha qayta neytrallanadi 
va bug‘latuvchi jixoz 9 ga uzatiladi, u yerda 95% li konsentratsiyagacha bug‘latiladi. 
Bug‘latilgan eritma qayta bug‘latish jixoziga beriladi. Hosil qilingan 99,5% li 
suyuqlanma donadorlash minorasida statik donadorlagichlar yordamida tomchilatiladi 
(rasmda kо‘rsatilmagan). Elash va sovutish bosqichlaridan о‘tgan mahsulot tarkibida 
34,5% azot va 0,4% namlik bо‘ladi. Donachalarning о‘lchami 1-4 mm orasida bо‘ladi. 
Stabillovchi qо‘shimchalar qо‘shish nazarda tutilgan. 
Lozim topilganda 95% li eritmani (qо‘shimcha bug‘latishsiz) donadorlash 
minorasiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri uzatish orqali g‘ovak selitra olinadi. G‘ovak donachali 
mahsulotni maxsus qurilmalarda quritish natijasida undagi qolgan namlik yо‘qotilishi 
mumkin. 
Yuqorida keltirilgan donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarishning 
texnologik sxemasi kо‘p jixatdan ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan boshqa 
sxemalarga о‘xshab ketadi. «Nuago» («Norsk-Gidro») firmasi tomonidan yaratilgan 
yirik donachalar (7-11 mm li) olish bilan tarelkali (likopchali) donadorlagich ishlatish 


13 
orqali 99,5% li suyuqlanmadan changlanmaydigan donador ammiakli (yoki oxakli-
ammiakli) selitralar olishning original yuqori xaroratli usuli ham mavjuddir. 
Jarayonning texnologik sxemasi 12-rasmda kо‘rsatilgan. 
«

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish