Sanoat texnologiya



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

 
2 TEXNOLOGIK QISM 
2.1. Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologik jarayoni
 
Nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat, ya’ni 
ammiakli selitra hosil qilinadi: 
NNz
(g) 
+ NNOz
(s)
=NN
4
Oz
(k)
+ 144,9 kj 
Bu geterogen sistema ekzotermik jarayon bо‘lib, katta tezlik bilan boradi va 
kо‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Sanoatda bu issiqlikdan reaksiya natijasida 
hosil qilingan eritmaning konsentratsiyasini oshirishda unumli foydalaniladi. 
47-60% li nitrat kislotasini ammiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy 
nitrat eritmasi hosil bо‘ladi. Bu eritmani bug‘latishda neytrallanish issiqligidan 
foydalaniladi. Bunda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori nitrat kislotasining 
konsentratsiyasiga tо‘g‘ri proporsional ravishda bog‘liq bо‘ladi. Olinadigan 
eritmadagi ammoniy nitrat miqdori reaksiya uchun olingan nitrat kislotasi 
konsentratsiyasiga proporsional о‘zgaradi hamda neytrallanish issiqligidan 
foydalanilganda uning eritmadagi miqdori oshib boradi (2.1.1 - rasm). 


16 
10O 105 110
kJ 1 mol NN
4
NOz ga 
2.1.1rasm. Nitrat kislotasini gaz xolidagi ammiak bilan neytrallash issiqligi — 
(atmosfera bosimi va 18°S da) 
NN0
3, 

2.1.2-rasm. Eritmadagi NN
4
NOz miqdorining reaksiya uchun olingan NN0
3

konsentratsiyasiga bog‘liqligi (70
0
S) 
1 — reaksiya issiqligidan foydalanilganda (issiqlik yо‘qotilishii 3% atrofida); 
2 — issiqlikdan foydalanilmagan xolda. 
Reaksiya muxitidan issiqlikni chiqarib turish faqatgina undan unumli 
foydalanishgina emas, balki reaksiyadan unumli foydalanish uchun ham zarurdir. 
Chunki, issiqlik oshib borgan sayin nitrat kislotasi va ammoniy nitratning 
parchalanish jarayonlari sodir bо‘lib, azotning yо‘qotilishiga sabab bо‘ladi. Bu esa 
issiqlikdan neytrallash jarayonida foydalanishni murakkablashtiradi. Natijada yangi 
texnologik sharoit va jixozlarni yaratish majburiyatini tug‘diradi. Ilk bora ma’lum 
bо‘lgan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanilmas va ammoniy nitrat eritmasi 
suvli sovutgich orqali о‘tib, neytrallash jixozi (reaktor) va ammiak yutgich (absorber) 
oralig‘ida aylanar edi. Keyinchalik bu usul о‘rnini boshqasi egalladi, ya’ni eritma 
neytrallash jixozidan vakuum-bug‘latgichga beriladigan bо‘ldi. Bu usulda neytrallash 
180-200°S xarorat va 0,35-0,6 MPa bosimda olib boriladi. Bug‘latish esa atmosfera 
bosimida yoki undan pastroq bosimda о‘tkaziladi. Bunda hosil bо‘lgan bо‘g‘ 


17 
bug‘latiladigan ammoniy nitrat eritmasining konsentratsiyasini 75-80% dan 95-99% 
gacha vakuum-jixozida bug‘latish uchun ishlatiladi. Bu usullarning barchasi eritmani 
reaksiya muxitida qaynab ketishdan saqlaydi. 
Bizda qо‘llaniladigan usullarda reaksiya issiqligidan foydalanishda neytrallash 
jixozining о‘zi ishlatiladi. Bunda neytrallanish bilan bir paytda eritma qaynaydi va 
bо‘g‘lanadi. 
Bunday jixozni neytrallanish issiqligidan foydalanuvchi (NIF) deb ataladi . 
Ilgarilari sanoatda 47-57% li nitrat kislotasi ishlab chiqarilar edi. NIF da 
neytrallash natijasida 62-83% NN
4
NOz eritmasi olinar va undan 98,7% li ammoniy 
nitrat suyuqlanmasini hosil qilish uchun uch bosqichli vakuum-bо‘g‘latgichdan 
foydalanilgan. Bu jarayonda NIF da hosil bо‘lgan bug‘ va qо‘shimcha bug‘dan 
samarali foydalanilgan. 
Suyuqlanmani donadorlash jarayoni esa diametri 12-16 m va balandligi 30-35 
m bо‘lgan kislotabardosh g‘isht bilan qoplangan, sovuq xavoning qarama-qarshi 
oqimidan foydalanuvchi temir-betonli minorada amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish quvvati sutkasiga 450-600 tonna ammiakli selitra bо‘lgan, 
eskirgan bunday qurilmalar xozirda ham ayrim korxonalarda ishlatilmoqda. 
XX asrning oltmishinchi yillaridan boshlab 58-60% li nitrat kislotasi ishlab 
chiqarish yо‘lga qо‘yilgan. Sо‘tkasiga 1360-1575 tonna mahsulot ishlab 
chiqariladigan ammiakli selitra (AS) qurilmalari ishlab kelmokda. 
Bunday qurilmalar AS-67, AS—72 va AS-72M (takomillashgan) yuqori texnik 
darajada ishlangan, avtomatlashgan, samarali usul va sharoitlar barpo qilingan bо‘lib, 
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Ular jixozlarining joylashishi, 
tuzilishi, texnologik tartibi bilan о‘zaro farqlanadi. 
AS-67 qurilmasida sulfat qо‘shimcha (eritmaga sulfat kislota) qо‘shish, AS-72 
da — sulfat-fosfat qо‘shimcha qо‘shish va AS-72M da esa magnezial (magniy nitrat) 
qо‘shish bilan amalga oshiriladi. 
Texnologiyada asosiy jixoz NIF xisoblanadi (2.1.3.-rasm). NIF -72 OZX18N11 
va 12XN10T markali zanglamaydigan pо‘latdan tayyorlangan bо‘lib, ikkita silindrik 
qismdan: ostki reaktor sismi (f= 1,6 m) va ustki seperatsiya qismi (F= 3,8 m) dan 
iborat. Umumiy balandligi 10 m ni tashkil etadi. 


18 
2.1.3.- rasm. NIF jixozi: (N-10 m): 
1-pastki neytrallagich qobig‘i (f-1,6 m); 2-reaksiya stakani (F=1.2 m); (N=4.3 
m); 3-titanli ammiak purkagich; 4-nitrat kislota purkagich; 5-girdoblagich; 6-reaktor 
kobigi; 7-qalpokli tarelka; 8-tо‘rli tomchi tutgich. 
Reaktor qismida qobiq 1 ning ichida reaksiya stakani 2 (F=1,2 m,
N = 4,3 m) bо‘lib, ostida teshiklari bо‘ladi. Reaktor ostiga titan purkagich 3 va 
4 orqali ammiak va nitrat kislotasi purkaladi. Purkagich teshigida ammiak oqimining 
tezligi 30-50 m/sek bо‘ladi (3 mm diametli 6650 ta teshik bor). Nitrat kislotasining 
oqim tezligi esa 2-3 m/sek ga yetadi (purkagichda 1,5 mm diametrli 2160 ta teshik 
bor).
Hosil bо‘lgan NN
4
NOz eritmasidagi ma’lum miqdor suv reaksiya issiqligi 
ta’sirida bug‘lanadi. Natijada kо‘taruvchi kuch hosil bо‘ladi va bug‘-suyuq, emulsiya 
girdoblagich 5 orqali reaksiya stakani yuqorisiga sochiladi. Buning natijasida bug‘-
suyuq aralashma о‘zaro ajraladi. Ajralgan suyuqlik jixoz qobig‘i va reaksiya stakani 
orasidagi tirqish orqali reaktor tubiga tushadi. Stakanga uning ostki teshigidan kiradi 
(tirqishda ham bug‘lanish davom etadi). Reaksiya muxitida reagentlar juda qisqa 
muddat (0,5-1 sek) bо‘lishi sababli nitrat kislotasi va ammoniy nitratning 
parchalanishi hamda ularning erkin azot xolatida yо‘qolishi juda oz bо‘ladi. 
Jixozning yuqori qismida separator 6 bо‘lib, tomchili bug‘ 0,6 m/sek tezlikda 
kо‘tarilib, tо‘rtta barbotaj qalpoqli tarelkali 7 da yuviladi. pastidagi 2 ta tarelkada
nitrat kislotasi bilan kislotaligi oshirilgan 20-25 % li hosil bо‘lgan NN
4
NOz eritmasi 
yordamida bug‘ ammiakdan yuviladi. Yuqoridagi ikkita tarelkada esa tomchili bug‘ 
kondensati yordamida hosil bо‘lgan NNOz bug‘i va NN
4
NOz eritmasi tomchilaridan 


19 
yuviladi. Tomchilardan tamomila xoli bо‘lishni qaytargich 8 da amalga oshiriladi. 
Yuvindilar NIF ga qaytariladi. 
2.1.4-rasm. Kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozi N-16m (08X22N6T): 
1-qobiq.-quvurli qism; 2-konsentratsiyalash qismi (F-2,8m, N-6m); 3-teshikli 
tarelkalar; 4- issiqlik kiritish quvurlari (F-28m, N-6,4m); 5-tozalash qismi; (F-3,81); 
6-turli tomchi qaytargich; 7-teshikli tarelkalar. 
NIF da olingan ammoniy nitratning konsentrlangan (-90%) eritmasini 
kombinatsiyalangan bug‘latgich jixozida bug‘latib bu tuzning suyuqlanmasi olinadi 
(5-rasm). Bu jixoz 08X22N6T markali pо‘latdan tayyorlangan bо‘lib, uning umumiy 
balandligi 16 m tashkil etadi va asosiy qobiq-quvurli (F= 2,8 m, N = 6,4m) qismi 
NN
4
NOz eritmasini bug‘latishga xizmat qiladi. Eritma unga quvurlarning ichki 
devoridan oqib tushadi. Issiqlik manbai sifatida foydalaniladigan 1,3-1,5 MPa bosimli 
bug‘ni quvurlararo bо‘shliqqa beriladi va issiq (180°S) xavo quvurlar ichida 
tomayotgan eritmaga qarshi yuboriladi. Xavo esa jixozning konsentratsiyalovchi 
qismi 2 (F=2,8 m, N-6 m) ostidan kiradi va unda joylashgan 5 ta teshikli (elakli) 
tarelkalar 3 dan о‘tib boradi. Konsentrlash qismining yuqorisidagi uchta tarelkalarida 
issiqlik beruvchi ilonizi quvurlar bо‘ladi. Bu jarayonni amalga oshirishda xavoning 
namligi 20 g/kg dan oshmasligi lozim. Konsentrlash qismidan xarorati 175-185°S 
bо‘lgan 99,7% li NN
4
Oz suyuqlanmasi oqib tushadi. 


20 
Jixozning yuqori tozalovchi qismi 5 da (F=3,8m) ikkita teshikli (elakli) tarelka 
7 lar bо‘lib, yuqorisidagi tarelka kondensat bilan, ostki tarelka esa ammoniy nitrat 
eritmasi bilan yuvilib turadi. Ular kirayotgan NN
4
NOz eritmasini qisman bug‘latish va 
bug‘-xavo aralashmasini yuvishga xizmat qiladi. Ammiakli selitra ishlab chiqaradigan 
qurilma AS-72M ning texnologik sxemasi 2.1.5.- rasmda kо‘rsatilgan. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish