Texnologik bug‘ kondensata
2.1.5.--rasm. AS-72M
qurilmasinnnng texnologik sxemasi
(F-11X8m; N-63,5m)
1-ammiak gazini isitgich; 2-nitrat kislotasini isitgich; 3-NIF jixozlari; 4,5 -
qо‘shimcha neytrallagichlar; 6-kombinatsiyalangan bug‘latish jixozi; 7-bug‘-xavo
aralashmani yuvgich; 8,18-skrubberlar; 9-gidrotutqich-neytrallagich; 10-suyuqlanma
filtri; 11-suyuqlanma baki; 12- botirma nasos; 13-markazdan qochma nasos; 14-
ammoniy nitrat eritmasi uchun bak; 15-yuqoridagi bak. 16-akustik granulyator. 17-
donalashtiruvchi minora. 19.22 ventilyatorlar. 20-lentali transporter. 21-donalarni
qaynovli qatlamli sovitgich . 23.24-xavo isitgich, 25-xavo puflagich.
21
Gaz xolatidagi ammiak isitgich 1 dan о‘tib, 120-160°S gacha qiziydi. Nitrat
kislota (58-60% lir esa isitgich 2 dan о‘tib, xarorati 80-90°S gacha kо‘tariladi. Ular
ikkita parallel ishlaydigan NIF jixoziga tushadi. Azotni bug‘-tomchi bilan (NN
3
,
NNOz, NN
4
NOz, N0
2
xolida) yо‘qotilishini kamaytirish uchun nitrat kislota
meyoridan ortiqroq bо‘ladi. Chunki ammoniy nitrat eritmasi yuzasida NNOz bug‘
bosimi ammiaknikiga nisbatan kamroq bо‘ladi. Jixozdan chiqayotgan NNO
3
konsentratsiyasi (2-5 g/l) avtomatik boshqarib turiladi. Bu eritmaning xarorati 150-
170°S, NN
4
NOz miqdori esa 89-92% bо‘ladi. Bu eritma asosiy 4 va nazoratchi 5
neytrallagichlarda ammiak bilan neytrallanadi. Bularga 30-40% li Mg(NO
3
)
2
eritmasi
beriladi. Konsentratsiyasi 0,1-0,5 g/l ammiakli NN
4
NO
3
eritmasi kombinatsiyalangan
bug‘latgich jixozi 6 ga tushadi. Undan suyuqlanma gidrotо‘sqich — neytrallagich 9 va
filtr 10 orqali yig‘uvchi bak 11 ga tushadi. Bakdan nasos 12 yordamida bak 15 ga
yuboriladi. Bu bak esa donadorlovchi minora 17 ustida joylashgan bо‘ladi. Yuqoridagi
bak 15 dan suyuqlanma uchta vibroakustik (tebranma akulstik) donadorlagich 16
orqali minoraga sochiladi (bundan tashqari yana uchta donadorlagich zaxirada —
navbatda turadi). Donadorlovchi minora 17 kesimi tо‘g‘ri burchakli 11x8 m, kalinligi
2 mm li 08X17T markadagi pо‘latdan yasalgan va uning balandligi 63,5 m ga teng.
Minoraning tashqi tomoni uglerodli pо‘lat bog‘lamlar bilan maxkamlangan.
Hosil qilingan suyuqlanma tebranma akustik donadorlagich (6.7- rasm) da
plastika 3 ga о‘rnatilgan soplodan tushadi va plastinkadan ostki teshikli tebratgichdan
kelayotgan akustik tebranishni singdirib sochiladi.
Selitra suyuqlanmasi 0,2% namlikda 167°S atrofidagi xaroratda kristallana
boshlaydi, 140°S xaroratda esa tо‘la qotadi. Minora ostidan berilayotgan xavo miqdori
yoz oylarida 500 ming m
z
/soat, qish faslida esa 300-400 ming m
z
/soat bо‘ladi.
Minoraning ostki konussimon qismidan donador mahsulot lentali transportyor 20 ga
tushadi. Undan uch seksiyali sovutgich 21 ga tushadi va xavo yordamida «qaynovchi
qatlam» da sovutiladi.
22
2.1.6-rasm. Akustik donadorlagich:
1-korpusi; 2-soplo; 3- plastinka; 4-turli filtr; 5-teshikli tebranuvchi taglik.
Sovutgichdan о‘tgan mahsulotning xarorati yoz faslida 40-50°S, qish faslida esa
20-30°S bо‘ladi. Donadorlash va sovutish jarayonlarida selitraning namligi yana 0,1-
0,15% ga kamayadi. Tayyor mahsulotda 99,8% NN
4
NO
3
bо‘ladi. Agar atmosfera
xavosining namligi 60% dan yuqori bо‘lsa, uni isitgichlar 23 orqali yuboriladi.
Mahsulot polietilen yoki 3-4 qavatli qog‘oz qoplarga joylashtirilib tiqiladi va omborga
yuboriladi. Minoraning yuqori qismidan xavo oltita skrubber 18 ga tushadi. Unda
NN
4
NO
3
changlari va ammiak 20% li ammoniy nitrat eritmasi bilan yuviladi va
ventilyator 19 yordamida atmosferaga chiqariladi. Bundan tashqari bu skrubberlar
orqali bug‘latgich jixozidan yuvgich 7 orqali о‘tgan gazlar va neytralizator skrubberi 8
dan о‘tgan gazlar ham о‘tadi.
Minoradagi qotish jarayonida kristallar 1-shakldan 11-ga, sovitgichdagi qotish
jarayonida esa II —> III
—>
IV о‘tish yuz beradi. Natijada mahsulotning solishtirma
xajmi о‘zgaradi (III da II va IV dan kata, donachalar mustaxkam emas).
Kristallarning II dan IV ga о‘tishini ta’minlovchi eng samarali usul eritmaga magniy
nitrat (0,3-0,6%) qо‘shish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda suyuqlanmadagi
namlik 0,25% dan oshmasligi lozim. Natijada 50,8°S xaroratda II
→
IV о‘tishni
ta’minlash mumkin. Bu о‘tish tufayli mahsulotning solishtirma xajmi kichik bо‘lib,
donachalarning mustaxkamligi oshadi.
Jarayonning texnologik sharoiti material va issiqlik oqimlarini avtomatik
boshqarish orqali yaratiladi. Bunda maxsuldorligi 56,8 t/soat bо‘lgan qurilmalarda 1 t
donador ammiakli selitra (34,5% ) ishlab chiqarish uchun 0,213 t ammiak (100% li),
0,793 t nitrat kislotasi (100% li), 0,96 kDj bug‘ va 28,3 kvt/soat elektr energiyasi sarf
bо‘ladi.
Kо‘pincha texnik maqsadlarda kristallik xolatidagi ammiakli selitra ishlatiladi.
Bunday kristallik xolatidagi ammiakli selitra barabanli kristallizatorlarda hosil
23
kilinadi. Buning uchun 97,5-98,5% li NN
4
NOz suyuqlanmasi ichki qismi suv oqimida
sovutiladigan barabanli kristallizator yuzasida kristallanib, mahsulot qirg‘ich
yordamida qirib olinadi. Kristallik mahsulotning namligi 2% atrofida bо‘ladi. Uni turli
oqimli barabanli quritgichda 110-120°S gacha isitilgan xavo bilan quritiladi. Natijada
mahsulot 75°S gacha qiziydi va undagi namlik 2 barobar kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |