Sanoat texnologiya


 Ammiakli selitra ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana10.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#442011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ammoniy nitrat ishlab chiqarishda akkustik granulyator qurilmasini takomillashtirish q37500 kgs.

1.1. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari 
Ammoniy nitrat (NH
4
)
2
N0
3
ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, 
ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining о‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil 
bо‘ladi. Shuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bо‘lish jarayoni bilan tanishishimiz 
zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi: 
N
2
+ZN
2
2NNz 
Ammiak sintezi issiqlik effekti, xarorat va bosimga bog‘liq, bо‘ladi. 



Odatda past bosimli (10-15 MPa), о‘rta bosimli (25-bOMPa) va yuqori bosimli 
(60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Xarorat esa 400-500°S oralig‘ida bо‘ladi. Bu 
jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi.Amaliy ishlab chiqarishda о‘rta bosimli 
jarayon temir katalizator (promotorlari: A1
2
O
3
, K
2
O va SaO) lar ishtirokida olib 
boriladi. Kontakt jixozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bо‘ladi. U 
sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga 
qaytariladi. Xozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez qolonnalari 
ishlatilmoqda. 
Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bо‘ladi. Bu jarayon 
azotning oksidlanish darajasi о‘zgarishi bilan sodir bо‘ladi: 
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi 
jarayonlar sodir bо‘ladi: 
1. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi: 
4NNz + 50
2
= 4NO + 6N
2
0 + 907,3 kj 
2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi: 
2NO+0
2
=2N0
2
+124kj 
3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi: 
Z NO
2
+ N
2
0 = 2N NOz + N0 + 136,0 kj 
Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va о‘z guruxidagi 
metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi. 
Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°S dan yuqorida), ammiak erkin 
xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos: 
4NNz + 30
2
= 2N
2
+ 6N
2
0 + 1269,1 kj 
Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bо‘lish unumini 
98% gacha yetkazish mumkin. 
Jarayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700-800°S 
xaroratda, yuqori bosim esa 800-900°S xaroratda olib boriladi. Xavo — ammiak 
aralashmasida 1,25 mol 0
2
ga 1 mol NN
3
berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot 
oksidining miqdorini oshirish uchun amalda O
2
;NN
3
miqdoriy nisbati 1,7-2,0 
oralig‘ida olinadi. 
Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha 
sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) 
kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3-4)*10 Pa bosimda, N0 ni 



oksidlash va N0
2
ni suv bilan absorbillash jarayonlari esa (8-12)* 10 Pa bosimda va 
odatdagi xaroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga kо‘tarish orqali 60-62% li nitrat 
kislotasi olish mumkin. 
Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etishdan avval bu 
modda xaqida batafsil ma’lumotga ega bо‘lish zarur. 
Ammiakli selitra (NN
4
NO
3
) asosan о‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida 
ishlatiladi. U atmosfera bosimida va —50°S dan 169,6
0
S gacha xarorat oralig‘ida besh 
xil kristallik shaklida bо‘ladi. NN
4
NO
3
— N
2
O izotermik diagrammasida (2.1-rasm) 
ammoniy nitratning I-1U turli kristall shakli uchun xarorat oraliqlari kо‘rsatilgan. U 
169,6°S da suyuqlanadi va U-shakli esa-16,9°S; dan quyi xaroratdagina tо‘g‘ri 
bо‘ladi. Kristall shakllarining о‘zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning 
namligi va tarkibidagi qо‘shimchalar miqdoriga bog‘liq bо‘ladi. Ammoniy nitrat 
suvda yaxshi eriydi. Uning 100°S xaroratdagi eruvchanlik koeffitsiyenti 1000 kg N
2

da 10000 kg dan ortiqroq NH
4
NO
3
ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini 
kristallanish xaroratidan yuqorirokda bug‘latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga 
aylanadi. U о‘ta gigroskopik modda xisoblanadi 30°S xaroratda tо‘yingan eritmasi 
(70,2% li) ning yuzasidagi bо‘g‘ bosimi -2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, 
gigroskoiik nuqtasi esa 60% atrofida bо‘ladi. Bunda xavoning nisbiy namligi 60% dan 
yuqori bо‘lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni xavodan 
nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qо‘shilganda ortib boradi. Masalan, 
1,2% magniy nitrat qо‘shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8-12% gacha 
pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi. 
Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigroskopikligi 
va polimorf о‘zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari о‘zaro yopishib, 
qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yо‘qolib, uni ishlatish qiyinlashadi. 
Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun: 
1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug‘latiladi, 
donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32, 3
0
S dan quyi xaroratda turg‘un, (stabil) 
bо‘lgan uning 1U-shakli hosil bо‘ladi. 
2. Mahsulot kristallanguncha turli qо‘shimchalar qо‘shiladi. Bunday 
qо‘shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada parchalash yо‘li bilan 
olingan magniy nitrat, kalsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki apatitni nitrat kislotada 
parchalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sulfatlardan 
foydalaniladi. Bunda magniy nitrat Mg (NOz)
2
N
2
O kristallogidratini hosil qilib, 
ammoniy nitratning II-shaklini III-ga о‘tishini sekinlashtiradi va II-shaklini IV-ga 
metastabil о‘tishini va donalar mustaxkamligini ta’minlaydi. 



Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qо‘shish esa donalarning 
mayda kristall struktura xolida qotishiga, zichligi oshishi va mustaxkam bо‘lishiga 
yordam beradi.
3. Mahsulot donalariga sirtaktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam 
hosil kilinadi. Buning uchun naftalin-formaldegid (NF) ning 40% li eritmasi 
ishlatiladi. Mahsulot polietilen yoki qog‘oz
qoplarga solinib, og‘zi maxkam tiqiladi. 
1.1.1- rasm. NN
4
NOz
ning suvda eruvchanligi. 
Kristallar shakli: I — kubsimon; II — tetragonal; III — rombik-monoklenik; IV 
— bilromidal rombik; V — tetragonal. 
Ammoniy nitrat 110°S xaroratdan yuqorida parchalana boshlaydi: 
NN
4
NOz → N Nz
(g)
+N N Oz
(g)
- 174,4 kj 
Bu reaksiya sekin sodir bо‘ladi. Masalan, 165
0
S xaroratda bir sutka davomida 
massa jixatdan 6% miqdori parchalanadi. Namlik ortishi bilan parchalanish tezligi 
ham ortadi. Xarorat 200-270°S da parchalanish tezligi yanada ortadi: 
NN
4
NOz 
->
N
2
0
(g)
+ 2N
2
0
(g)
+ 36,8 kj 
Xarorat 400-500°S gacha tez kо‘tarilsa, parchalanish reaksiyasi portlash bilan 
sodir bо‘ladi: 
NN
4
NOz
 ->
N
2
+ 2N
2
O + 0,5O
2
+ 118 kj 
Amalda 300
0
S, xarorat portlashga sabab bо‘ladi. NN
4
NOz ning mineral 
kislotalar va yengil oksidlanuvchi (moylovchi va boshqa organik moddalar kabi) 



qо‘shimchalar ishtirokida portlashi tezlashadi. Toza xolatda esa zarbaga chidamli, 
lekin yopik muxitda qizdirish natijasida portlashi mumkin. Portlash xususiyatini 
kamaytirish maksadida unga karbamid (0,05-0,1%), kalsiy karbonat, magniy karbonat 
va boshqa qо‘shimchalar qо‘shilishi mumkin. 
Ammoniy nitratdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida 
ham foydalaniladi. Bunda yogoch kukuni va organik materiallar, ammonallar 
(alyuminiy kukunli aralashmalari) va boshqalar qо‘shiladi.
Bunday aralashmalar detonator ishtirokida portlatiladi. Davlat standarti buyicha 
donadorlangan ammiakli selitraning yuqori sifatli A va B kategoriyali (oliy nav) va 1-
kategoriyali (1-nav) turlari mavjud. Qishloq xо‘jaligida va sanoatda qо‘llaniladigan 
ammiakli selitra tarkibida NN
4
NOz
 
ning miqdori 98% dan kam emas. B markali 
ammiakli selitraning oliy navida 34,4% N, 1-navida esa 34,0% N bо‘ladi. Suv 
(namlik) esa sulfat va sulfat-fosfat qо‘shimchali ammiakli selitrada 0,2% dan kо‘p 
emas (B markali 1-navda esa 0,3% dan kо‘p emas). Suv tо‘tuvchi qо‘shimcha 0,3% 
bо‘lsa, bu miqdor 0,6% ga yetishi mumkin. Yuqori sifat kategoriyali A va B markali 
ammiakli selitra tarkibidagi qо‘shimchalar miqdori: kalsiy va magniy nitrat SaO 
(Mg0) xisobida 0,2-0,5%, fosfatlar (RAP) R
2
O
5
xisobida 0,5-1,2%, ammoniy sulfat 
0,3-0,7%, ammoniy sulfati va fosfatlari 0,4-0,6% bо‘ladi. B markali 1-navda esa 
qо‘shimchalar miqdori meyorlanmaydi. Ammiakli selitra 10% li suvli eritmasining rN 
muxiti barcha navlarda: sulfat-fosfat qо‘shimchasi bо‘lsa 4,0 va boshqa qо‘shimchasi 
bо‘lsa 5,0 ga teng bо‘ladi. 
Ammiakli selitraning donadorlik tarkibi: A markada 1-3 mm li donachalar 93% 
dan kam emas; B markada 1-4 mm li donachalar 95% dan kam emas (shuningdek 
barcha yuqori navlarda 2-3 mm li donachalar 50% dan kam emas). Barcha navlarda 1 
mm dan kichik donachalar 4% dan ortiq emas. 
Ammoniy nitrat donachalarining statik mustaxkamligi: A marka uchun 5 N, B 
marka uchun 7 N va 1-nav uchun 5 N bо‘ladi. Sepiluvchanligi har ikkala marka uchun 
ham 100% bо‘ladi. Buning uchun 5 qop ammiakli selitra 1 m balandlikdan yerga 
tashlanadi, teshiklari 5 mm bо‘lgan elakdan 1 minutda tо‘la о‘tishi kerak. 
Ammiakli selitra yong‘inga xavfli bо‘lib, isitgichlardan xoli bо‘lgan xonalarda 
saqlanadi. Boshqa moddalar bilan birgalikda saqlanmaydi va bir joydan boshqa joyga 
tashilmaydi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish