Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari Reja: Kirish Asosiy qism i-bob. Sertifikatsiya – sifat kafolati


Milliy sertifikatsiyalash sistemalari



Download 61,36 Kb.
bet8/10
Sana05.06.2022
Hajmi61,36 Kb.
#638185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning

2.3. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash o’tgan asrning 20-30-yillarida yuzaga keldi. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari keyinroq tuzila boshladi. Qator davlatlarda ular faqatgina eksport qilinadigan mahsulotning sifatini oshirish maqsadida tuzildi (Yaponiya, Hindiston, Yugoslaviya va boshqalar).
Fratsiyada milliy sertifikatsiyalash sistemasi NF belgisi uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasiga kiradi va quyidagilarni amalga oshiradi:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalardan arizalarni berish;

  • korxonalarning sifatni ta’minlash sistemasini baholashni amalga oshirish;

  • mahsulot namunalarini sinovdan o’tkazishni amalga oshirish;

  • sertifikatlarni yoki mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan chiqarishga imkon beruvchi litsenziyani berish;

  • ishlab chiqarish, sotish sohalaridan olingan mahsulotni vaqti-vaqti bilan nazorat qilish, shuningdek korxonalarda nazoratni amalga oshirish.

2018-yil 2000 ta bir necha ming turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotiga muvofiqlik belgisi berildi. Muvofiqlik belgisi bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmi 40 mlrd. frankka etdi. 2021-yildan boshlab Frantsiya hukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatsiyalash bo’yicha vakolatli tashkilot deb tan oldi. Ularning ichida AFNOR muhim o’rin tutadi15.
Germaniyada 1920-yil Nemis standarti instituti (DIN) tomonidan muvofiqlik belgisi joriy etildi. U namunalarni sinovdan o’tkazishning maxsus tartibiga ega bo’lgan bir necha turdagi mahsulotlar, gaz uskunalari, suv ta’minoti uskunalaridan tashqari barcha mahsulotlar turiga tarqatildi. Standartlarga muvofiqlik sertifikatsiyasi sistemasi DIN 110dan ortiq mahsulotlar guruhini tanlab olgan. U orqali 15000 dan ortiq litsenziya DG-WK belgisi bilan chiqarishga berilgan. Ushbu sertifikatsiyalash sistemasida chet el ta’minotchilari ham amaldagi qoidalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni qabul qilsalar ishtirok etishlari mumkin. Germaniyada, shuningdek, ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha setifikatsiyalash sistemalari ham mavjud, masalan, elektrotexnika va elektron asboblar bo’yicha. Ular Nemis elektrotexnika assotsiatsiyasi (VDE) tomonidan amalga oshiriladi. VDE DIN bilan bmrgalikdagi Kelishuv asosida elektrotexnika, elektronika va aloqa sohasidagi milliy standartlarni ishlab chiqaradi. Umuman, Germaniyada juda ko’p sertifikatsiyalash sistemalari o’z-o’zini sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida faoliyat olib boradi. Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema hisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning maxsus belgisiga ega. Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish tartibi xuddi Fransiya va Germaniyadagi kabi. Korxonalarning BSI ni xabardor qilmay turib, mahsulotni o’zgartirishga haqqi yo’q. Mahsulotga kiritilgan o’zgarishlar sinovlar o’tkazib, o’zgartirilgan mahsulotning standartlarga javob berishi tasdiqlangach QUAD tomonidan tan olinadi. Litsenziya bir yil muddatga beriladi. Muddat tugagach, uni o’zgartirish kerak. Britaniya sistemasi 250 ta milliy standartni o’z ichiga oladi. Milliy va chet el firmalariga mingdan ortiq litsenziyalar berilgan. BSI muntazam ravishda sertifikatsiyalanadigan mahsulotlarga ko’rsatkich, shuningdek xaridorlar uchun boshqaruv ma’lumotlarini nashr qiladi, har bir milliy standart bo’yicha berilgan sertifikatlar haqida ma’lumotlar beradi.
Amerika Qo’shma SHtatlarida boshqa G’arbiy Evropa davlatlaridan farqli ravishda yagona sertifikatsiyalash qoidalari yoki sertifikatlash bo’yicha yagona tashkilot yo’q. Turli ishab chiqaruvchilarning assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalarida yuzlab sistemalar faoliyat ko’rsatadi. Analogik holatni standartlashtirish bo’yicha ham ko’rishimiz mumkin. Standartlarni turli statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadilar. SHuning uchun ham amaldagi sertifikatsiyalash sistemalari uchun umumiy kriteriy yaratish uchun harakat qilinmoqda. SHu maqsadda sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyalash milliy sistemasi tuzilgan va sertifikatsiyalash sistemalarini ro’yxatga olish sistemasi yaratilmoqda. AQSH da sertifikatsiyalashtirish milliy, shuningdek xalqaro darajada mahsulotning sifatiga kafolat bo’lib xizmat qiladi. Sertifikatsiyalashtirishning zaruriyligi ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yuqori darajada bo’lishini ta’minlashga, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganligi bilan asoslanadi. AQSHda milliy sug’urta kompaniyasi, Amerikaning gaz sanoati korxonalarining laboratoriyalari, Nebraska shtatidagi qishloq ho’jalik texnikasining sinov markazini sertifikatsiyalash sistemalari katta nufuzga ega. SHu bilan birga 2000 dan ortiq sinov laboratoriyalari keng assortimentdagi mahsulotning standartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazish bo’yicha o’z xizmatlarini taklif etadilar. Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy hujjatlari shartlarini hisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan mahsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi16.
Yaponiyada 2019-yil mahsulot sifati muammosini o’rganish bo’yicha Yaponiya olimlari va muhandislari ittifoqida maxsus guruh tuzilgan. 2020-yillarning ohirida mamlakatda ishlab chiqarishda sifatni nazorat qilish to’liq hajmda joriy etildi.

Xulosa
Sertifikatlash – bu mahsulotning ma’lum standartlarga yoki texnik shartlarga muvofiqligini hujjatlar bilan tasdiqlashdir. Sertifikatsiya davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini osonlashtiradi, import qilinayotgan davlatlarda mahsulotni qayta sinovdan o’tkazish ishlariga ketadigan harajatlar qisqaradi.
Germaniyada juda ko’p sertifikatsiyalash sistemalari o’z-o’zini sertifikatsiyalash, uchinchi tomon orqali 4-chi va 5-sertifikatsiyalash sistemalari chegarasida faoliyat olib boradi. Buyuk Britaniyada boshqa rivojlangan mamalakatlardagi singari bir necha milliy sertifikatsiyalash sistemalari faoliyat olib boradilar. Ulardan eng yirigi Britaniya standartlar instituti (BSI) tomonidan tuzilgan sistema hisoblanadi. U milily standartlarga muvofiqlikning maxsus belgisiga ega. Ko’rsatilgan sistemalar chegarasida sertifikatsiyalash bo’yicha ishlarni sifatni ta’minlash bo’yicha boshqarma BSI QUAD amalga oshiradi. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish tartibi xuddi Frantsiya va Germaniyadagi kabi.
Sertifikatsiyalash ishlari Amerika standartlari instituti ishlab chiqqan standartlar asosida amalga oshiriladi. Xalqaro standartlar va boshqa davlatlarning standartlari AQSH me’yoriy hujjatlari shartlarini hisobga olmay turib, sertifikatsiya ishlarini amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi, ya’ni import qilinayotgan mahsulot ma’lum ma’noda diskriminatsiya qilinadi.
Yagona xalqaro standartlarga rioya qilishga asoslangan xalqaro sertifikatsiyalash sistemasini joriy etish bilan ayniqsa katta samaraga erishish mumkin. Ba’zan sertifikatsiyani protektsionistik maqsadlarda, ya’ni chet ellik ishlab chiqaruvchilarning ichki bozorga kirib kelishiga to’sqinlik qilish maqsadida ham ishlatiladi. Sertifikatsiyalash sohasida bir qator xalqaro tashkilotlar mavjud.

Download 61,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish