Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari Reja: Kirish Asosiy qism i-bob. Sertifikatsiya – sifat kafolati


II-Bob. Sertifikatlashning tashqi savdo holatiga ta’siri



Download 61,36 Kb.
bet5/10
Sana05.06.2022
Hajmi61,36 Kb.
#638185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning

II-Bob. Sertifikatlashning tashqi savdo holatiga ta’siri
2.1. Sertifikatlashning protektsionistik maqsadlarda foydalanilishi
Sertifikatlashtirish davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini yengillashtiradi, mahsulotni import qilinayotgan davlatlarda qayta sinovdan o’tkazish, tashish harajatlari qisqaradi. Yagona xalqaro standartlar birliklariga amal qilishga asoslangan xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarini joriy etilganda, ish yanada osonlashadi. Ammo, ko’pchilik davlatlarda sertifikatlashtirish milliy chegaralarda kiritilgan. Natijada sertifikatlashning milliy qoidalari, sinovlarni o’tkazish tartibi va natijalarni ifodalashda farq yuzaga keladi. SHuning uchun ham milliy sertifikatsiyalash bilan bog’liq bo’lgan xalqaro savdodagi nomuvofiqlikni yo’qotish ko’pchilik xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidadir9. SHu bilan bir qatorda sertifikatlash va standartlashning milliy qoidalaridagi farqlar, shuningdek, ayrim mahsulot turlariga nisbatan qo’yilgan talablardagi ob’ektiv farqlar ba’zi mamlakatlarda protektsionistik maqsadlarda, ya’ni chet ellik ishlab chiqaruvchilarga bu mamlakatlarning bozoriga kirib kelishlarining yo’lini yopish yo’lida ham foydalanmoqdalar. Masalan, u yoki bu davlat mahsulotning shunday tavsiflariga asoslangan standartlarni qabul qiladilarki, boshqa davlatlar mahsulotlarini ushbu standartlarga ko’ra baholashga qiynaladilar, yoki umuman qo’llay olmaydilar. Agar bu ham yordam bermasa, import qilinayotgan mahsulotlarni sinovdan o’tkazishni amalga oshirishning murakkab, administrativ usullaridan foydalanadilar. CHet el mahsulotlarining ichki bozorga kirib kelishining oldini olishda standartlardan foydalanishning oldini olishga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

  • ma’lum konstruktsiyadagi buyumlarni standartlar orqali tavsiflash;

  • ma’lum bir materiallarni qo’llash;

  • buyumning qandaydir tavsifi miqdorini boshqa davlatlarda qabul qilinganiga nisbatan yuqoriroq ko’tarish (masalan, kafolatli xizmat ko’rsatish muddatini).

Bunday protektsionizm to’g’risida Germaniyaning ulgurji va tashqi savdo Ittifoqining Prezidenti Gans Xaytvich shunday degan: «O’z iqtisodini zararli raqobatdan himoyalashni kuchaytirishda davlatlar judayam ixtirochi bo’ladilar. Bugungi kunda umumiy bozor mamlakatlarida 900 dan ortiq savdo aloqalarining o’rnatilishiga halal beradigan davlat texnikaviy reglamentlarining mavjud. Ular davlatlarning ichki bozoriga chet el mahsulotlarining kirib kelishiga qarshilik qiladi, hamda o’z mahsulotini chet el mahsulotlari raqbatidan asrashga yordam beradilar». Ba’zi hollarda protektsionistik choralar jamoatning talabiga ko’ra amalga oshiriladi. Bunday holatda iste’molchilar qiziqishini himoya qilish, ularning sog’lig’ini, atrof-muhitni himoya qilish uchun qonuniy aktlar va qarorlar qabul qilinadi. Bunday hukumat qarorlari (ularni ba’zan texnikaviy reglament deb ataydilar) buyumlarga nisbatan batafsil texnikaviy shartlarni ifodalab, foydalanishi majburiy hisoblanadilar. Texnikaviy reglamentlar oziq-ovqat mahsulotlarini, farmatsevtika tovarlarini, bolalar o’yinchoqlarining havfsizligini, maishiy priborlar, mashinalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro savdo diskriminatsiyasi milliy sertifikatsiyalash sistemalari chet el firmalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatlash imkoniyati yo’q bo’lgandagina o’rinlidir. Sertifikatsiyalashdan bosh tortish ko’pincha import qilinayotgan davlatda tegishli milliy standartning yo’qligi bilan asoslanadi. CHet el tovarlari diskriminatsiyasi uchun ularning sertifikatsiyalash sinovlarini o’tkazishga milliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qo’llanadigan haq yuqori qilib belgilanadi. Natijada, sertifikat olish uchun yuqori haq to’lash, ko’pincha mahsulotni eksport qilishni samarasiz bo’lishiga olib keladi. Sifat menejmenti tizimlari va ishlab chiqarishlami sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar sifatida “O'zstandart” agentligining
hududiy idoralari, SMSITI, bir turdagi mahsulotlami sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar va boshqa ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga tobe bo‘lmagan va belgilangan talablarga javob beradigan boshqa tashkilotlar 0‘z DSt ISO/IEC 17021:2009 standard talablariga muvofiq akkreditlanishi mumkin. Ushbu standartning tuzilmasi bo‘yicha sertifikatlashtirish idorlari quyidagi talablami bajarishi lozim: 4-bo‘lim. Tamoyillar: umumiy qoidalar; xolisonalik; layoqatlilik; javobgarlik; ochiqlik; maxfiylik; shikoyatlarga javob berish
tamoyillarini belgilaydi. 5-bo‘lim. Umumiy talablar: huquqiy va shartnoma masalalari; xolisonalikni ta’minlash; majburiyat va moliyalashtirishga talablar;
6-bo‘lim. Tuzilmasiga talablar: tashkiliy tuzilma va yuqori rahbariyat; xolisonalikni himoyalar bo'yicha Kengashga talablar; 7-bo‘lim. Resurslarga talablar: rahbar va xodimlarning layoqatliligi; sertifikatlashtirish bo‘yicha faoliyatda xodimlami jalb
etilishi; tashqi auditorlar va tashqi texnik ekspertlami jalb qilish;
xodimlar to‘g‘risidagi yozuvlar; bilvosita (chetki) tashkilotlami jalb qilishga tegishli talablar; 8-bo‘lim. Axborotlarga talablar: keng miqyosda foydalaniladigan axbortlar; sertifikatlashtirishga taalluqli hujjatlar; sertifikatlangan tashkilotlaming ro'yxati; sertifikatga havolalar va belgilardan foydalanish; maxfiylik; sertifikatlashtirish idorasinng mijozlar bilan o‘zaro axborot almashinuviga talablar;
9-bo‘lim. Jarayonlarga talablar: umumiy talablar; boshlang‘ich audit va sertifikatlashtirish; nazorat bo‘yicha faoliyat; qayta sertifikatlashtirish; maxsus auditlar; sertifikatlashtirish amal qilish sohasini qisqartirish, to‘tatish yoki bekor qilish; apellyatsiya; shikoyatlar; arizachilar va mijozlar to‘g‘risidagi yozuvlarga
talablar; 10-bo‘lim. Sertifikatlashtirish idorasi menejmenti tizimiga talabalar keltirilgan. Menejment tizimlarini (MT) sertifikatlashtirish idoralariga,
shuningdek, sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish idoralari
0‘z DSt ISO/IEC 17021:2009 (ISO/IEC 17021:2006) va ISO/IEC
62 talablariga muvofiq 0 ‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralar sertifikatlashtirishni amalga oshiradi10. Har bir akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari, akkreditlashtirish idorasi tomonidan tasdiqlagan faoliyati bo‘yicha sertifikatlashtirish ro‘yxati, ushbu idora
uchun ruxsat etilgan akkreditatsiya sohasi bo‘lishi shart. Sertifikatlashtirish faoliyatlari sohasining umumiy ro‘yxati, ya’ni Xalqaro akkreditlashtirish bo‘yicha forum IAF GD 2:2005 “ISO/IEC 62:1996 qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” aniqlangan bo‘ldi. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari 0‘z DSt
ISO/IEC 17021:2009 standard talablariga muvofiq bo‘lishi va
ularda sifat tizimi ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. MT sohasida sertifikatlashtirish prosedurasi bo‘yicha qaror qabul qiluvchi auditorlar malakasi 0‘z DSt ISO 19011 yoki 0‘z RH 51-014 ga muvofiq tasdiqlangan bo‘lishlari lozim va ular 0‘z
RH 51-21 bo‘yicha davlat reestrida ro‘yxatga olingan bo‘lishlari
shart. MT sertifikatlashtirish “0‘zstandart” agentligi tasdiqlagan
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish qoidalari va 0‘z DSt ISO
19011 hisobga olib menejment tizimlarini sertifikatlashtirish idoralari ishlab chiqqan prosedura hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi11. Audit uchun zaruriy qo‘shimcha talablar 0‘z DSt ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 va boshqa standartlarda belgilangan. Sertifikatlashtirish idorasi va uning auditorlari hamda barcha mutaxassisilari, shuningdek, auditorlik guruhi ishida qatnashishga
jalb qilingan subpudratchilar arizachi-tashkilotning auditi jarayonida olingan barcha ma’lumotlarni maxfiyligiga rioya etishi va mustaqil, layoqatli bo‘lishi shart.



Download 61,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish