Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari Reja: Kirish Asosiy qism i-bob. Sertifikatsiya – sifat kafolati


Sertifikatsiyalash tashkilotlari va sertifikatsiyalash tartibi



Download 61,36 Kb.
bet4/10
Sana05.06.2022
Hajmi61,36 Kb.
#638185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning

1.2. Sertifikatsiyalash tashkilotlari va sertifikatsiyalash tartibi
Sertifikatsiyalash sistemasining murakkabligiga qarab uchinchi tomon turli tashkilotlarining bo’lishi nazarda tutiladi. Birinchi sistemada keltirilgan namunalarni faqatgina tipik sinov, o’tkazilganda, faqat bitta sertifikatsiyalash tashkilotiga ega bo’lishi etarlidir. SHu bilan bir vaqtda 5-sistemada sertifikatsiyalash tashkiloti bilan bir qatorda standartizatsiyalash va nazorat qilish tashkilotlari sistemasida ishtirok etishi ham talab qilinadi. Umumiy holda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasining tashkiliy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin.
1.2.1-rasm. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasining tashkiliy tuzilishi

Sertifikatlash tashkiloti sistemaga va uning faoliyatiga boshchilik qiladi:



  • ayrim mahsulotlar sifatini nazorat qilishni mamlakatimizda joriy etilgan qonuniyatlar va normativ aktlar bo’yicha tashkil etish;

  • savdo sohasi va mahsulotning iste’molchilari tomonidan ilgari surilayotgan standartlar bo’yicha shartlarga rioya qilish majburiyatlari bo’yicha.

Ushbu tashkilot uchinchi tomonning barcha umumiy sinovlarni o’tkazish, korxonada va savdo sohasida mahsulot sifatini nazorat qilish, nazoratni tashkil qilish va boshqa shu kabilar bilan bog’liq bo’lgan vazifalarini bajaradi6. Sinovlar xususiy laboratoriyalarda amalga oshiriladi, agar ular yo’q bo’lsa, u holda ayrim funktsyalarni bajarish bo’yicha ixtisoslashgan milliy tashkilotlarning laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

  • Sertifikatlash tashkilotlarining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • qabul qilingan sistema chegarasida sertifikatsiyani amalga oshirish tartibini ishlab chiqish;

  • sertifikatlash sinovlarini amalga oshirish uchun sinov laboratoriyalarini attestatsiyadan o’tkazish;

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot sifatini ta’minlash sistemalarini baholash;

  • korxonalarni sertifikatsiyalash sistemalariga kiritish to’g’risida qaror qabul qilish;

  • muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisi bilan mahsulot ishlb chiqarishni kafolatlaydigan litsenziyani berish;

  • sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar ro’yxatini olib borish;

  • sertifikatsiyalanayotgan mahsulotning sifati to’g’risidagi munozaralarni ko’rib chiqish.

  • Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalari quyidagi holatlarda tuzilishi mumkin:

  • ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalarida;

  • mahsulotning asosiy iste’molchilari yoki iste’molchilar guruhi qoshida;

  • standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarda;

  • yuqori xalqaro nufuzga ega xususiy tashkilotlar bilan;

  • keng savdo shoxobchalariga ega bo’lgan yirik savdo tashkilotlarida;

Sertifikatlash sistemasining muhim tarkibiy elementi bo’lib, korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot hisoblanadi. Bundan tashqari, u sertifikatlash tashkilotlari laboratoriyalarida sinovni tashkil etishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni amalga oshiradi. Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemasiga metrologik xizmat va standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilot kiradi. Birinchi tashkilot amaldagi qonunlarga muvofiq ravishda korxonalardagi va sinov laboratoriyalaridagi o’lchov asboblarini tekshirish ishlarini amalga oshirsa, ikkinchisi kerakli stanlartlarni ishlab chiqishni ta’minlaydi. SHuni ta’kidlash zarurki, xalqaro sertifikatsiyalash sistemasi yagona xalqaro standartlarga rioya qilishni nazarda tutadi. Agar korxona boshqa standartlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarsa, u holda ushbu sertifikatsiyalash sistemasiga kirmaydi, uning mahsuloti esa raqobatbardosh bo’lmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatlash – bu mahsulotning ma’lum standartlarga yoki texnik shartlarga muvofiqligini hujjatlar bilan tasdiqlashdir. Muvofiqlikning 3 ta ko’rinishi o’rnatilgan:
- muvofiqlik to’g’risida ariza;

- muvofiqlik attestatsiyasi;

- muvofiqlik sertifikatsiyasi.
Mahsulotning standartlar shartiga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi. O’z-o’zini sertifikatsiyalashda muvofiqlik sertifikatlari ishlab chiqaruvchilarga beriladi, uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash esa xolis tomonning ishtirokida amalga oshiriladi.

  • Sertifikatsiyalash tartibi quyidagi asosiy tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

  • Sertifikatsiya o’tkazish uchun qaror va ariza deklaratsiya berish;

  • Sertifikatsiyalashtiriladigan mahsulotlardan tajribalar o’tkazish uchun namunalar olish. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha namunalar olish miqdorini belgilash.

  • Mahsulot yoki ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish sxemasini tanlash;

  • Olingan natijalarni tahlil qilib muvofiqlik sertifikatini berish to’g’risida qaror qabul qilish;

  • Davlat standarti ro’yxatidan mahsulotni o’tkazib, muvofiqlik sertifikatini berish;

  • Xalqaro sertifikatlash tashkilotlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini tan olish;

  • Sertifikatsiyadan o’tgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlarining barqarorligini nazorat qilish;

  • Sertifikatsiya natijalarining axboroti;

  • Noroziliklarni ko’rib chiqish.

Sertifikatsiyalashtirish ishlarini amalga oshirish uchun sertifikatsiyaga tegishli tashkilotga ariza-deklaratsiya va unga qo’shimcha hujjatlar jo’natiladi. Tegishli arizani qabul qilgan tashkilot bir oy davomida hujjatlarni ko’rib chiqib, sertifikatsiyalashga oid talablarga mos kelishi to’g’risida qaror qabul qiladi, qaysi tartibda va kimlar tomonidan o’tkazilishi belgilanadi7. Tanlangan namunalar Milliy sertifikatsiyalash tizimining akkreditlangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o’tkaziladi. Lozim bo’lsa sertifikatsiyalashtirish tashkiloti tajribalar o’tkazish uchun usulubiy ko’rsatmalar ishlab chiqishni tashkil eatadi. Ijobiy natijalar olinganda sinov bayonnomasi mazkur mahsulotni sertifikatsiyalash tashkilotiga va bir nushasini ariza beruvchiga jo’natadi. Ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan mahsulotning tarkibi o’zgarsa zudlik bilan axborot berilishi kerak. Sertifikatsiya o’tkazuvchi tashkilot tajriba bayonnomasini olgach, sifat sistemasi sertifikatini rasmiylashtiradi. Davlat ro’yxatidan o’tkaziladi va egasiga topshiriladi. Bu sertifikatning muddati mazkur mahsulotga talablar belgilangan me’yoriy hujjatlarning muddatiga mos ravishda belgilanadi. Muddat uch yildan oshmasligi kerak. Mahsulotning tarkibi yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa, uning sifat ko’rsatkichlariga ta’sir etsa, u holda sertifikatsiyalash tashkilotiga zudlik bilan axborot berilishi kerak. Bu tashkilot o’z navbatida tajriba o’tkazish vositalariga o’zgarishlar tavsiya etadi. SHunda ham talablarga mos kelmasa muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Sertifikatlangan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari barqarorligini tekshiruv nazorati shu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoniga sertifikat bergan tashkilot tomonidan maxsus reja asosida amalga oshiriladi. Zarur hollarda betaraf mutaxassislarni tekshiruv nazoratiga jalb etish mumkin8. Tekshiruv nazorati natijalariga ko’ra sertifikatsiyalash tashkiloti muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisini quyidagi hollarda bekor qilishi yoki to’xtatib qo’yishi mumkin.

  • me’yoriy texnik hujjatlardagi talablar o’zgarsa;

  • mahsulotning tarkibi va tuzilishi o’zgarsa;

  • tashkilot yoki ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarsa;

  • sifatni ta’minlovchi sistema, texnologiya, sinash uslublari o’zgarsa.

Tekshiruv nazorati tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilingunga qadar muvofiqldik sertifikatini berish to’xtatib turiladi. SHu muddatda ham ahvol o’zgarmasa, muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi. Bundan tashqari sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisini qo’yish quyidagi hollarda ham bekor qilinadi:

  • mahsulotda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib bo’lmasa;

  • ishlab chiqaruvchi o’zining moliyaviy majburiyatlarini bajarmay qo’ysa;

  • ishlab chiqaruvchi sertifikatni vaqtincha to’xtatib qo’ygandan keyin muddatni uzaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa;

  • mahsulotni ishlab chiqarish to’xtatilgan bo’lsa.

Sertifikatsiyalashtirish tashkiloti bu haqda rasmiy axborot beradi va mazkur mahsulot ishlab chiqarish sertifikatini davlat ro’yxatidan chiqaradi. Axborot bilan ta’minlash sertifikatsiyalash tashkiloti ishtirokchilari bilan hamkorlikda amalaga oshiriladi.



Download 61,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish