Bog'liq Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning
2.2. Sertifikatsiya va xalqaro savdo Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya, ko’p xollarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan protektsionistik siyosat sifatida qo’llanadi. SHunga qaramasdan sertifikatsiyaning asosiy maqsadi – bu xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Tabiiyki, bu maqsadni amalga oshirish uchun tegishli xalqaro kelishuvlar zarur. Bu borada «Tokio raund» (1979-yil) da tuzilgan GATT savdodagi texnikaviy to’siqlar bo’yicha Kelishuv ayniqsa ahamiyatga ega. Kelishuv davlatlar o’rtasidagi savdo aloqalarida protektsionizm va diskriminatsiyani cheklash uchun qo’yilgan birinchi qadamdir. U GATT ga kiruvchi davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklatadi:
Texnikaviy reglament va standartlarni protektsionistik maqsadlarda qo’llamaslik, ularni ishlab chiqishda amaldagi xalqaro standartlarni e’tiborga olish;
Milliy sinov markazlari va mahsulotni sertifikatsiyalash sistemalariga boshqa davlatlar ishtirokchilarini ruxsatnoma bilan diskriminatsiya qilmaslik;
Ishtirokchi mamlakatlar tovarlariga standartlar va texnikaviy reglamentlarni joriy etish bo’yicha milliy tartibni yaratib berish;
Ishtirokchi mamlakatlar davlat tashkilotlari tomonidan mahsulotni sinovdan o’tkazish natijalarini, kelishuvga qo’l qo’ygan boshqa tashkilotlar va muvofiqlik belgilarini tan olinishini ta’minlash;
Ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida milliy standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish bo’yicha ma’lumotlarni o’zaro almashuvini amalga oshirish.
Kelishuv milliy standartlar, texnikaviy reglamentlar sertifikatlash qoidalarini xalqaro standartlar va ko’rsatmalar bilan moslashuviga imkon beradi12. Bu esa mahsulotning texnikaviy darajasi va sifatini yaxshilashga, uning eksport quvvatini oshirishga imkon beradi. Umuman olganda Kelishuv ishtirokchi davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdo aloqalarini normalashtirish va kengaytirish imkonini beradi. Kelishuvning bajarilishini nazorat qilish GATT qo’mitasiga yuklatilgan. U Kelishuvning amalga oshirilishini nazorat qiladi, ekspertlar guruhi yordamida tortishuvlarning echilishiga, maslahatlar o’tkazishiga imkon yaratadi. Bundan tashqari, Qo’mita Kelishuvning faoliyati sohasini kengaytirish va undagi holatlarning mazmuniga aniqlik kiritish bo’yicha takliflar kiritadi. Qo’mita sekretariati funktsiyasini GATT sekretariati bajaradi. Sertifikatsiyalash bo’yicha bir qator xalqaro tashkilotlar mavjud. Ulardan elektron-texnika buyumlarini sertifikatsiyalash sistemasining (IET) Xalqaro iqtisodiy qo’mitasi (MEK) ikki tomonlama ahamiyatga ega:
Birinchidan, u har bir tayyorlangan IET partiyasini tegishli me’yoriy-texnikaviy hujjatlarga muvofiq holda sinovdan o’tkazadigan yagona xalqaro sistemadir;
Ikkinchidan, unda sobiq MDH davlatlari ishtirok etadilar…
MEK sertifikatsiyalash sistemasining asosiy maqsadi IET ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdoga ularga nisbatan yagona shartlarni o’rnatish orqali imkon berish. Bu sistemaga kiruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar boshqa barcha ishtirokchi davlatlarda qayta sinov o’tkazilmasdan ishlatilishi mumkinligini ko’rsatadi. Boshqa MEK G’arbiy Evropa IETiga nisbatan raqobatbardosh bo’lgan Amerikaning IETiga diskriminatsiya maqsadlarida tuzilgan edi. Keyinchalik MEK da butun dunyo miqyosida IET sertifikatsiyalash sistemasini tuzish masalasi paydo bo’ldi. Har qanday IET ishlab chiqaruvchi korxona MEK sistemasi chegarasida ishlab chiqargan mahsulotlarini sertifikatlash huquqi uchun litsenziya olishi mumkin. Buning uchun u vakolatli milliy tashkilotga IETni tayyorlashda asos qilib olingan umumiy va guruhli texnikaviy shartlarni yuborishlari shart. Bunda korxona milliy nazorat xizmati vakillariga IETning ishlab chiqarish uchastkalariga kirish imkonini beradi. Sir saqlanadigan ishlab chiqarish uchastkalari korxonaning bosh nazoratchisining nazoratida bo’lishi kerak. Bosh nazoratchining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Milliy nazorat xizmati bilan aloqani ta’minlash;
Qabul qilingan IET partiyasining sifati uchun javobgarlik;
Nazorat o’lchash va sinov ishlarini hisobga olish, ularning natijalarini milliy nazorat xizmatiga uzatish;
Muvofiqlik belgisi bilan qabul qilingan mahsulotlar partiyasinining o’rash-joylash ishlari uchun javobgarlik;
Chiqarilgan partiyalar sinovlarining protokollarini ifodalanishing to’g’riligi;
IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik.
Ishlab chiqaruvchi korxona, MEK sistemasi chegarasida sertifikat olgach, bosh nazoratchining va milliy nazorat xizmatining ishtirokida mahsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etishi kerak. Har bir partiyaning qabul qilinish kriteriyasi mazkur IET tipiga nisbatan texnik shartlar bo’yicha o’rnatiladi. MEK Sistemasi qoidalariga muvofiqlik belgisi bilan o’raladi yoki ularga muvofiqlik sertifikati tayyorlanadi. O’rash va muvofiqlik sertifikatining berilishi bosh nazoratchining bevosita nazorati ostida beriladi. IET uzoq va vaqt saqlashdan keyin jo’natilsa, uni jo’natishdan oldin takroran sinov ishlari amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchi davlat qonunlariga muvofiq qayd etilgan muvofiqlik belgisi o’rash uchun ishlatiladigan materialga yopishqoq lenta orqali tushiriladi13. Muvofiqlik belgi yoniga quyidagi ma’lumotlar qo’yiladi:
Sertifikatsiyalash bo’yicha juda katta ishlar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) chegarasida sertifikatsiya bo’yicha qo’mita (SERTIKO) boshchiligida amalga oshiriladi. Uning faoliyat sohasi quyidagicha aniqlanadi:
milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini, muvofiqlik belgilarini, mahsulotning tavsifini yana kengroq, bir-birini tan olishga qaratilgan vositalarni o’rganish;
milliy yoki regional sertifikatsiyalash sistemalarini protektsionistik maqsadlarda foydalanilishiga barham berish yoki cheklash maqsadida tegishli kelishuvlarni tuzish qoidalarini ishlab chiqish.