Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari Reja: Kirish Asosiy qism i-bob. Sertifikatsiya – sifat kafolati



Download 61,36 Kb.
bet3/10
Sana05.06.2022
Hajmi61,36 Kb.
#638185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sanoat rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalashni amalga oshirishning

Muvofiqlik sertifikati - mahsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar

tegishli standart yoki me’yoriy hujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga muvofiq berilgan hujjatdir.

  • Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan himoyalanadigan belgi bo’lib,

sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga ko’ra foydalanilib, mahsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlartegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi.
Muvofiqlik sertifikati va belgisi tuzilishiga ko’ra ham, mazmuniga ko’ra ham sertifikatlash sistemasi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi. SHuni ta’kidlash kerakki, sertifikatsiya iste’molchiga mahsulotning standartlarga to’liq javob beradigan ishlab chiqarilganligi uchun kafolatberadi. Ammo u, mahsulotni jahon bozori darajasidagi yuqori texnik darajada ishlab chiqarilganligini kafolatlamaydi. Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya o’z-o’zini sertifikatlash va uchinchi tomon orqali sertifikatlashga bo’linadi. O’z-o’zini sertifikatlashda muvofiqlik sertifikatlari tayyorlovchilar tomonidan beriladi3. Ularda, oqibatda, korxonani nomi, mahsulotning sertifikatlashga tegishli bo’lgan tavsiflari ro’yxati, qabul qilingan mahsulotlar partiyasini tartib raqami, shuningdek mana shu mahsulotga nisbatan amaldagi me’yoriy-texnikaviy hujjatlar ko’rsatiladi. O’z-o’zini sertifikatlashda quyidagilarga asoslanadi:

  • mahsulotga nisbatan aniq va to’liq ma’lumotlarning (standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy texnikaviy hujjatlarning) bo’lishi;

  • korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarimfabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor mahsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha;

  • ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra mahsulotning standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy hujjatlarga javob berishiga to’liq mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish. Bunda yuridik yoki administrativ mas’uliyat emas, balki iste’molchilar oldidagi ma’naviy mas’uliyat, sifatning nomuvofiqligi sababli bozorda o’z mahsulotiga nisbatan talabni yo’qotib qo’yish havfi mas’uliyati nazarda tutiladi. Umuman olganda firmaning nufuzi uchun javobgarlik nazarda tutiladi.

O’z-o’zini sertifikatlash AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya va boshqa ko’pgina holatlarda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ko’p hollarda ishlab chiqaruvchi korxona maxsus o’rash joylash ishlarini amalga oshirish yoki mahsulotning milliy standartlarga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatlar berish orqali uning sertifikatlashtirilganligini ko’rsatadi. O’z-o’zini sertifikatlashdan farqli ravishda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalashtirish betaraf tomon orqali amalga oshiriladi:

  • baholash ishlarining sertifikatlashtirishning amaldagi qoidalariga muvofiq holda to’g’ri amalga oshirilganligini baholash va tasdiqlash;

  • namunalarni sinovdan o’tkazish;

  • ishlab chiqarishning texnologik jarayoni holatini nazorat qilish;

ISO 9000 ga muvofiq sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirishning 10 ta sistemasi mavjud. Ular mahsulot sifatini aniqlash va ta’minlash ishlarining hajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar mahsulot namunalarini umumiy holda nazorat qilishga asoslanib, ishlarining hajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 sistemalar mahsulot namunalarini umumiy holda nazorat qilishga asoslanib, nazorat ishlari hajmining o’sib borishi bilan tavsiflanadi. 6-8 sistemalar o’zaro bog’lanmagan, 1-5 sistemalarga ham bog’liq emas.
1-sistema. Ushbu sistema uchinchi tomon orqali maxsus sinov markazlarida mahsulotni umumiy holda sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bunday sertifikatlashda faqatgina namunaning tegishli standart va me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi o’rnatiladi. Sertifikatsiyalashning bunday sistemasi muvofiqlik sertifikatsiyasini tavsiflaydi. Amalga oshiriladigan ishlarning oddiyligi va sarf-harajatlarning ortiqcha talab etilmasligi sababli bu usul savdo-iqtisodiy aloqalarda milliy, hamda xalqaro ko’lamda keng tarqalgan.
2-sistema. Bunda 1-sistemadan farqli ravishda savdo sohasidan olingan mahsulot namunalarini vaqti-vaqti bilan nazorat sinovidan ham o’tkaziladi. Sertifikatlashning ushbu sistemasi iste’molchilarga sifatsiz mahsulot etkazilishi oldini olish imkonini beradi.
3-sistema. Bu sistemada, 2-sistemadan farqli nazorat sinovlari vaqti-vaqti bilan mahsulot savdo sohasiga borib tushmasdan o’tkaziladi. Bu esa standartlarga javob bermaydigan mahsulotlarning jo’natilishining oldini oladi.
4-sistema. Sertifikatsiyalash sistemasining asosida 1-3 sistemalarida nazarda tutilgan namunalarning vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat sinovlari yotadi. Ushbu sistema yaroqsiz mahsulotning sotib olinish ehtimolini kamaytiradi. Ammo bunda mahsulot sifatini nazorat qilish ishlarining hajmi ortadi. SHuni ta’kidlash lozimki, 1-4 sistemalar mahsulotlarni standartlar shartiga va boshqa me’yoriy-texnikaviy hujjatlarga muvofiqligini attestatsiyadan o’tkazish uchun tavsiflidir4.
5-sistema. Sertifikatlashning bu sistemasi 4-sistemadan farqli qo’shimcha ravishda ishlab chiqaruvchi korxonada sifatni ta’minlash sistemasining faoliyati va ishlab chiqaruvchi korxonani attestatsiyadan o’tkazishni ko’zda tutadi. Bunday sistema faqatgina mahsulotning sifatini o’rnatibgina qolmay, balki korxonaning talab etilayotgan sifat darajasida mahsulot ishlab chiqara olish imkonitini ham baholashga imkon beradi. 5-sistema xalqaro sertifikatsiyalash sistemalarida va sanoat rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. U 4-sistemaga qaraganda murakkabroq va qimmatroqdir, lekin iste’molchi mahsulot sifatining yuqori darajada ekanligiga ishonchi komil bo’ladi. ushbu sistema muvofiqlik sertifikatsiyasi asosida yotadi.
6-sistema. Ushbu sistema faqatgina ishlab chiqaruvchi korxonada mahsulot sifatini ta’minlash sistemasini ta’minlashni amalga oshirishgagina asoslangan. Ba’zi hollarda uni korxonani attestatsiyadan o’tkazish deb ham ataladi. Bu sistema standart tugallangan mahsulotga nisbatan shartlarni qanoatlantirmay, faqatgina ishlab chiqarish turiga nisbatan shartlarni o’rnatganda qo’llanadi.
7-sistema. Ushbu sistema har bir tayyorlangan mahsulotlar partiyasidan tanlanmalarni sinovdan o’tkazishga asoslangan. Sertifikatsiyalashning bu turi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi va o’rnatilgan sifat darajasiga bog’liq holda tanlanmaning hajmini aniqlash muhimdir. Tanlanmalarning shakllanishi qabul qilingan qoidalarga muvofiq vakolangan sinov markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulot partiyasining savdo tarmoqlariga etkazilishi tanlanmalarni sinovdan o’tkazish natijalari asosida qabul qilinadi.
8-sistema. 7-sistemadan farqli har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning standartlar shartlariga muvofiqligini sinovdan o’tkazishga asoslangan. Bu sistemada mahsulot sifatiga nisbatan qat’iy shartlar qo’yilib, ularning tegishli standartlardan biroz bo’lsada chetlanishi iste’molchiga katta zarar etkazishi mumkin bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Ushbu sertifikatsiyalash chichtemasini qo’llash sohasiga misol qilib, qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarni o’rash-joylash, kosmik apparatlar ishlab chiqarilishini keltirishimiz mumkin5.
SHuni ta’kidlash zarurki, u yoki bu sertifikatsiyalash sistemasini tanlash mahsulotning tabiatiga, ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlariga, ayirm davlatlarning iqtisodiy shart-sharoitlariga va boshqalarga bog’liqdir. Sertifikatsiyalash ishlarini amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo’lib xizmat qiladi:

  • Tovar ishlab chiqaruvchining imkoniyatlariga, import qiluvchi davlat qonunlariga, iste’mol shartlariga javob berishi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin bo’lgan kriteriylarni tanlash;

  • Sertifikatsiyalash tashkilotining reputatsiyasi, uning kompetentligi, shuningdek sinov o’tkazuvchi davtgohlar va o’lchov asboblarini takomillashtirish;

  • Texnologik jarayonlar va sifatni boshqarish sistemasini qo’llashning muqimligi;

  • qabul qilingan sertifikatsiyalash printsiplarini boshqa sertifikatsiyalash sistemalari printsiplari bilan o’zaro taqqoslash mumkinligi;




Download 61,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish