7- Mavzu. Sovet davri iqtisodiy bilimlari shakllanishining dastlabki
boskichlari
Reja
1. Sotsializm kurilishi iqtisodiy nazariyalarining yaratilishi.
2. Sovet davri iqtisodiy bilimlarini o‘rganishdagi dastlabki kadamlar va
ularning xususiyatlari.
3. Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi, a.v.chayanov va uning
ayrim iqtisodiy bilimlari.
4. Xulosa.
Tayanch ibora va tushunchalar.
Xalq xo‘jaligini rejalashtirish konsepsiyasi;
CHayanov va Kondratev qarashlari; 20-30 yillardagi agrar munozaralar;
Chayanovning tashqiliy ishlab chiqarish maktabiga munosabat: dexqon mexnat
xo‘jaligi, kooperatsiya va qollektivlashtirish, xo‘jalik xisobi, rejali iqtisodiyot;
ma’muriy- buyruqbozlik iqtisodiyoti;1 turgunlik.
1. Sotsializm kurilishi iqtisodiy nazariyalarining yaratilishi.
Mazkur fan tizimida kapitalizm davrining iqtisodiy bilimlari bilan bir qator
sotsialistik deb atalgan jamiyat iqtisodiy nazariyalari ham muxim o‘rinlardan
birini egallaydi. O‘z navbatida, sotsializm iqtisodiy bilimlarining rivojlanishi
jarayonida markscha-lenincha iqtisodiy qarashlar tarixi asosiy o‘rinni tutadi.
Tarixda 1917 yilgi oktyabr tuntarilishidan sung ilk bor vujudga kelgan
sovet iqtisodiy bilimlarining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
Ya’ni bu davr iqtisodiy bilimlar tarixi markscha-Lenincha iqtisodiy qarashlar
boskichi sifatida belgilanadi. Sovet davri iqtisodiy bilimlarning rivojlanishidagi
asosiy boskichlarni ko‘rsatib berish bilan birga, iqtisodiy bilimlar tarixi fani
ularni, markscha-lenincha metodologiyaga asoslangan xolda o‘rganadi. Shu
bilan birga, avvalgi yillar marksizmiga zid bo‘lgan nomarksistik
nazariyalarning barchasi burjuaziya nazariyalari deb ta’kidlanadi va burjua
nazariyalarini tankid qilish maksadida alohida bo‘lim sifatida fan tarkibiga
kiritilgan.
Sovet xoqimiyatining birinchi yillarida V.I.Lenin sotsializm iqtisodi
rivojlanishining amaliy prinsip va metodlarini yaratish o‘stida ish olib bordi. U
kapitalizmdan sotsializmga o‘tishning, sotsialistik iqtisod asoslarini yaratish
asoslarini ishlab chikdi.
Dastlabki yillardagi tarixiy tajribani umumlashtirib, V.I.Lenin o‘z
asarlarida kapitalizmdan sotsializmga o‘tish davrining zarurligini alohida
ta’kidlab utadi. Jamiyatning shu davrga xos bo‘lgan iqtisodiy va sinfiy
55
tuzilishii taxlil etgan. "Proletariat diktaturasi davrida ekonomika va siyosat",
"Oziq-ovqat soligi to‘g‘risida" va boshqa asarlarida rossiyada o‘tish davriga
xos bo‘lgan ko‘p ukladlilik , ya’ni besh ukladlilik bir-biri bilan o‘zviy xolda
bog‘liqligini ko‘rsatib beradi. 1918 yilning boshlaridayok "Sovet
xoqimiyatining navbatdagi vazifalari", "Kommunizmda bolalarcha sullik
kasali" asarlarida iqtisodiy muammolarni xal etishda yangi iqtisodiy
siyosatning asosiy konturlari berilgan edi.
V.I.Lenin sanoatning barcha tarmoqlarini to‘la natsionalizatsiya
qilish(milliylashtirish) tarafdori bo‘lmagan. Shuning uchun ham bank, og‘ir
sanoat, transport, tashki savdo(ya’ni asosiy sohalar) sovet xoqimiyati quliga
olindi, qolgani xususiy qullarda edi. Lenin rus burjuaziyasining qarshiligi
xalqaro imperializmning sikuvi natijasida boshlanib ketgan fukarolar urushi,
chet el intervensiyasi, Lenin tomonidan 1918 yilning baxorida ishlab chiqilgan
rejalarni asta-sekinlik bilan xayotga tadbiq etishga imkon bermadi. Ammo
xayot rejalarga o‘zgartirish kiritdi. Favqulotda chora ko‘rish zarur bo‘ldi. 1918-
1920 yy. Barcha sanoat tarmoqlari, transport milliylashtirilgan. Yer
to‘g‘risidagi dekret bo‘yicha yer dexqonlarga jon boshiga qarab bo‘lib berildi.
Bunday axvolda "xarbiy kommunizm" siyosatini qullashdan boshqa chora yo‘q
eti. Fukarolar urushi tugashi bilan Lenin yangi iqtisodiy siyosat (nep) ga o‘tish
masalasini kundalang kuyadi. "Oziq-ovqat soligi"to‘g‘risida va 1921-1923
yillarda yozilgan qator boshqa maqolalarida Lenin NEP ning mazmuni,
mohiyati va tarixiy ahamiyati xaqida izox beradi.
Yangi iqtisodiy siyosatning mohiyatidan kelib chikqan xolda "Oziq-ovqat
razvertkasi" siyosati urniga "prodnalog" , ya’ni yagona "oziq-ovqat soligi"
joriy etildi. Bu esa ekin ekishdan avval e’lon qilinadigan, ma’lum miqdordagi
soliqdan qolgan maxsulot bilan erkin savdo qilish imkoniyatini berar edi,
dexqonning moddiy va manaviy manfaatdorligi keskin oshdi. NEP davrining
o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu "davlat kapitalizmi" va uning shakllari
masalasi edi. Bunda "davlat kapitalizmi" iqtisodiy jixatdan mavjud bo‘lgan
iqtisoddan ancha yukori darajada ekanligi xaqida gapirib, Lenin aynan shu
sharoitda davlat kapitalizmi oldinga tashlangan ulqan kadam bo‘lur edi, deb
yozgan edi.
"Davlat kapitalizmi" shakllari: konsessiya, kooperatsiya, kapita listik
savdo-sotik ishlariga va baxolar erkinligi,davlat korxonalarini, kapitalistik
ishbilarmonlarga topshirish(ya’ni privatizatsiya) va boshqalar.
Demak,og‘ir axvoldagi iqtisodiyot aslida bozor munosabatlarini qisman
joriy etish bilan ham kiska vaqt ichida (1925y)tiklandi,bozor kuchi o‘zini
namoyon
qildi.uning
tamoyillari
Tayvan,Vetnam
keng
qullanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |