Q=Ds*Du*Div
Bu yerda: Q — korxonaning ishlab chiqarish quvvati; Ds — bir turdagi dastgohlar soni;
Du — vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi; Div — dastgohlarning ishlash vaqti.
Ayrim tarmoqlarning korxona va sexlarida yig‘uv, quyuv, mebel, konserva ishlab chiqarish quvvati, maydon bo‘yicha quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Q=(M : Mn) * (F : Vt),
Bu yerda: M — korxonaning yoki sexning ishlab chiqarish maydoni (kv.m); Mn — norma bo‘yicha ish joyiga taalluqli ishlab chiqarish maydoni (kv.m); F — ish joyining yillik rejali ish vaqti fondi (soat);
Vt — mahsulotning mehnat talabchanligi — texnologik vaqt (soatda).
Yil boshida belgilangan ishlab chiqarish quvvati, kirish quvvati, yil oxiridagisi esa, chiqish kuvvati, deyiladi. O‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ko‘r = Kk + (Km * P2) / 12 - (Kch * P1) / 12,
Bu yerda: Kk — kirish davridagi (rejalashtirilayotgan yil boshidagi) quvvat; Kt — yil davomida ishga tushirilgan quvvat;
Kch — chiqish davridagi (yil oxiridagi) quvvat;
P1 — rejalashtirilayotgan davrdagi ishlab chiqarish quvvatidan
foydalanilmagan oylar soni;
P2 — rejalashtirilayotgan davrda ishga tushirilgan ishlab chiqarish quvvatidan foydalanilgan oylar soni.
Asosiy fondlardan va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, kapital mablag‘ sarflamay, qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga, mehnat unumdorligi va samaradorlik o‘sishiga xamda mahsulot tannarxini kamaytirishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda respublikada ulardan unumli foydalanishga katta e’tibor berilmokda.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha:
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffitsiyentini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
eskirgan va ma’naviy talabga javob bermaydigan asosiy vo-sitalarni hisobdan chiqarish;
asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o‘zgartirish;
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning muvofiq shakllarini belgilash va h.k.
Texnik yo‘nalishlar bo‘yicha:
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
eskirgan asosiy vositalarni yangilari bilan almashtirish;
avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;
mexanizatsiyalashni kuchaytirish va h.k.
Ekspluatatsion yo‘nalishlar bo‘yicha:
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
bir smenalik va ko‘p smenalik;
ishlab chiqarish hajmiga qarab asosiy vositalarni texnik holat va harakatini boshqarish;
asosiy vositalar qarovi yuzasidan mas’ul shaxslarni ajratish; asosiy vositalar bo‘yicha javobgarlik markazlarini belgilash va x.k.
Sanoat asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari samaradorligini oshirishda korxonalarda texnologik uskunalarning ish smenasini ko‘paytirish katta ahamiyatga ega.
Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metall quyishga, kimyoviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qiskartirish, shuningdek, kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish, ixtisoslashtirish va diversifikatsiya qilish asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |