Sаnоаt коrхоnаlаrining аylаnmа fоndlаri to’g’risidа tushunchа, ulаrning tаrкibi vа strukturasi



Download 163,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.07.2022
Hajmi163,09 Kb.
#812232
1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoqlar Iqtisodiyoti 4-Joriy Topshiriq

sanoatning aylanma fondlari
deb har bir ishlab chiqarish 
jarayonida to‟la ishlatilib, o‟z qiymatini tayyor mahsulotga bir yo‟la o‟tkazadigan 
va o‟zlarining moddiy shakllarini butunlay o‟zgartiradigan mehnat buyumlariga 
aytiladi, ular ishlab chiqarish uzluksizligi va bir maromiyligini ta‟minlaydi. 
Aylanma fondlar hisobga olish va rejalashtirish maqsadida uch guruhga 
bo’linadi: 
1. Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarish jarayonlari uchun tayyorlangan 
mehnat buyumlari bo‟lib, bular tarkibiga : 
- xomashyo va asosiy materiallar
- yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar; 
- yordamchi materiallar; 


- yoqilg‟i; 
- tara va o‟rov materiallari; 
- asosiy fondlarni joriy ta‟mirlash uchun ehtiyot qismlar; 
- ishlab chiqarish va xo‟jalik inventari. 
2. Tugallanmagan ishlab chiqarish - ma‟lum sexda mahsulotga to‟la 
aylanmagan, ishlab chiqarish jarayonidagi yoki texnik nazoratdagi mahsulot. 
Ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish ishlab chiqarish 
fondlarining moddiy asosini tashkil etadi. 
3. Kelgusi davr xarajatlari - aylanma fondlarning elementi bo‟lib, nomoddiy 
shaklga ega bo‟lgan ishlab chiqarishni tayyorlash, yangi mahsulotni o‟zlashtirish 
xarajatlari bo‟lishi mumkin. 
Aylanma fondlar natural va qiymat ko‟rinishida hisobga olinadi. 
Aylanma fondlarning moddiy buyum elementlarini tejash mahsulotning 
material sig‟imini tejab, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. 
korxonalarida moddiy resurslarning tejashning quyidagi yo‟nalishlari 
mavjud: 
1. Ishlab chiqarish-texnikaviy yo‟nalish natijasida ma‟lum mahsulotning 
material sig‟imini kamaytirish. 
- yaratilyotgan mashina va mexanizmlarning texnologik sifatini saqlab qolgan 
holda material sig‟imini kamaytirish; 
- tejamkor texnologiya va uskunalarni qo‟llash; 
- kam chiqimli va chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish; (quyma va 
metallni bosim bilan ishlash va boshqa samarali metodlarni qo‟llash); 
- metalllarning maqsadga muvofiq turlaridan foydalanish; 
- an‟anaviy konstruksion materiallar o‟rniga yangi o‟rindosh materiallardan 
foydalanish.
Hozirgi vaqtda sanoatida polimer materiallar va kukun metallurgiya 
buyumlari keng qo‟llanilmoqda. Plastik materallarni ishlatish mashina va 
mexanizmlar og‟irligini kamaytirib o‟z navbatida ularni ishlatish jarayonida 
yoqilg‟i va energiya resurslarini tejashga imkon beradi. 


Tashkiliy-iqtisodiy yo‟nalish - bu korxonada moddiy resurslarni iqtisod 
qilishni ta‟minlaydigan yo‟nalish. 
- moddiy-texnika ta‟minotining progressiv shakllarini qo‟llash; 

moddiy 
resurslarni 
transportirovka 
qilish 
va 
saqlashdagi 
nobudgarchiliklarni yo‟qotish; 
- ombor xo‟jaligi ishini samarali tashkil etish; 
- xomashyo, materiallar, yoqilg‟i va energiya sarfi me‟yorini ishlab chiqarish 
va texnik jihatdan asoslab berish; 
- brakli mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish.
Aylanma mablag‟larning umumiy miqdorini tashkil qiluvchi har bir guruh 
yoki moddaning foiz hisobidagi ulushi ularning strukturasini ifodalaydi 
Korxona aylanma mablag‟lari tarkibida ishlab chiqarish zaxiralari ulushi 
salmoqli qismni tashkil etadi. 
Aylanma fondlar strukturasiga ishlab chiqarishning turkumligi, ishning 
mavsumiyligi, korxonaning materiallar bilan ta‟minlanish shartlari, hisob-kitoblar 
shakli va boshqalar ta‟sir ko‟rsatadi. 
Korxonaning aylanma mablag‟lari strukturasi o‟zgarishini tahlil etish uning 
moliyaviy holati va resurslarni boshqarish sifatini baholash imkoniyatini beradi. 
Masalan, tugallanmagan ishlab chiqarish ulushining ortib borishi ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi kamchiliklarini ko‟rsatadi. 
Debitorlik qarzlar ulushini ko‟payishi korxona moliyaviy holatining 
yomonlashishiga olib keladi.

Download 163,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish