1 savol
Aylanma mablag’lar tarkibi
Tashkiliy-iqtisodiy yo’nalish - bu korxonada moddiy resurslarni iqtisod qilishni ta’minlaydigan yo’nalish.
- moddiy-texnika ta’minotining progressiv shakllarini qo’llash;
- moddiy resurslarni transportirovka qilish va saqlashdagi nobudgarchiliklarni yo’qotish;
- ombor xo’jaligi ishini samarali tashkil etish;
- xomashyo, materiallar, yoqilg’i va energiya sarfi me’yorini ishlab chiqarish va texnik jihatdan asoslab berish;
- brakli mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish.
Aylanma mablag’larning umumiy miqdorini tashkil qiluvchi har bir guruh yoki moddaning foiz hisobidagi ulushi ularning strukturasini ifodalaydi
Korxona aylanma mablag’lari tarkibida ishlab chiqarish zaxiralari ulushi salmoqli qismni tashkil etadi.
Aylanma fondlar strukturasiga ishlab chiqarishning turkumligi, ishning mavsumiyligi, korxonaning materiallar bilan ta’minlanish shartlari, hisob-kitoblar shakli va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Korxonaning aylanma mablag’lari strukturasi o’zgarishini tahlil etish uning moliyaviy holati va resurslarni boshqarish sifatini baholash imkoniyatini beradi.
Masalan, tugallanmagan ishlab chiqarish ulushining ortib borishi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va boshqarishdagi kamchiliklarini ko’rsatadi.
Debitorlik qarzlar ulushini ko’payishi korxona moliyaviy holatining yomonlashishiga olib keladi.
Aylanma mablag’lar tarkibi:
Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini pul shaklidagi yig’indisi korxonaning aylanma mablag’lariini tashkil qiladi.
Aylanma mablag’larning ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlariga taqsimlanishidan tashqari ular yana me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtilmaydigan aylanma mablag’larga bo’linadi.
2 savol
Korxonalarning xojalik mablaglari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayonida harakatda boladi va davrlar boyicha ham miqdor, ham qiymat
jihatidan ozgarib turadi. Xojalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish
uchun korxona qanday mablaglarga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi
hamda bu mablaglar qanday manbalardan tashkil topganligi togrisida aniq
ma’lumotlar bolishi zarur. Xojalik mablaglarining tarkibi, joylanishi, harakati va
ularning kelib chiqish manbalaridagi ozgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir
sanaga pul olchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim
elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi.
Balans yordamida xojalik mablaglari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va
tashkil topish manbalari togrisidagi ma’lumotlarga ega bolinadi. Balans usulidan
faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish notogridir. Bu usuldan
rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi.
Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish kop
fanlarda qollaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi.
Buxgalteriya hisobida xojalik mablaglari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va
joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga kora aks ettirilishi hisobga olinib,
balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor
qilinadi. Korxona xojalik mablaglarining turlari va joylanishi hamda bu
mablaglarning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil
qiladi.
Buxgalteriya balansida korxonaning xojalik mablaglari va ularning tashkil topish
manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan
keyingi oyning birinchi kuniga pul olchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida
sodir bolgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga
asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik
schyotlariga tarqatiladi.
3 savol
Korxonani tashkil etish
Korxonani tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonun va uning asosida chiqariladigan boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Korxonani tashkil etishning umumiy shartlari shulardan iboratki, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, korxona, tashkilot qaroriga yoki mehnat jamoasining qaroriga muvofiq, shuningdek ta’sis etuvchilar guruhi va ayrim ta’sis etuvchi shaxslar qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan tartibda barpo etiladi.
Korxonani tashkil etish va uning faoliyatini olib borish uchun yer uchastkalari, tabiiy resurslardan foydalanish ko‘zda tutilgan hollarda tegishli davlat hokimiyat idoralari (shahar, tuman, tuman arxitektura bo‘limlari)dan, tabiatdan foydalanuvchi tegishli tashkilot tomonidan ekologiya ekspertizasi xulosasi asosida foydalanishga ruxsatnoma olinadi. Shuningdek, korxona ishlab turgan korxonalar, tashkilotlar tarkibidan mehnat jamoasi tashabbusi bilan bir necha tarkibiy bo‘linmalarga ajratish yo‘li bilan ham tashkil qilinishi mumkin.
Korxona O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona joylashgan joydagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida «Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa, eng avvalo, davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini qisqartirish, korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga, birinchi galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklashdan iborat. Ayniqsa, xususiy biznesga, umuman, iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlariga ko‘proq erkinlik berish zarur. Buning uchun tegishli huquqiy zamin, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlarni yaratishimiz kerak», - deb ta’kidlagan edi. Jumladan, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bu tashkiliy jihatdan dastlabki va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhim jarayondir. Respublikamizda oxirgi yillarda kichik biznes va xususiy korxonalar faoliyatini rivojlantirish va uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qulay huquqiy muhitni shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlarini imkon qadar soddalashtirish maqsadida qator qonunlar qabul qilindi, mavjudlariga o‘zgartirishlar kiritilib, yanada takomillashtirildi.
Hozirda Respublikamizda kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonidagi munosabatlarini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari mavjud. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (44 - modda).
O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apreldagi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni (17, 18 - moddalar);
O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonuni (19, 49 - moddalar);
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003 yil 20 avgustdagi 357 - son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 22 martdagi «Huquqiy shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 153 - son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida»gi 336 - son qarorini aytib o‘tishimiz mumkin.
Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlar ro‘yxati qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi 7ta hujjat talab etiladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza;
Do'stlaringiz bilan baham: |