Informatsiya (axborotlar, ma’lumotlar) - 1) ishlarning ahvoli haqida xabardor qilish; 2) tadbirkorlik, marketing va boshqa faoliyat turlari oldida to’rgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin bo’lgan turli xil bilim va ma’lumotlar; 3) marketing tizimi sub’ektlarining o’zaro munosabatlar jarayonidagi bevosita va teskari aloqa natijalari tavsifnomasi; 4) turli xil yenergiyalarning o’zaro aloqalari natijasi.
Iste’molchining mustaqilligi (suvereniteti) - iste’mol huquqining mustaqilligi, qaram emasligi, huquqning mustaqil yo’nalishi bo’lib, tovar va xizmatlar bozorida iste’molchining manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan qoida va yo’riqnomalar majmuidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |