M U N D A R I J A
№
|
Tarkib mazmuni
|
Sahifa
|
1
|
O’quv materiallar:
|
|
1.2
|
Ma’ruza kursi
|
|
1.3
|
Amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
|
|
2
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari:
|
|
2.1
|
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma
|
|
2.2
|
Referat mavzulari
|
|
3
|
Glossariy
|
|
4
|
Ilovalar:
|
|
4.1
|
Fan dasturi
|
|
4.2
|
Ishchi o’quv dastur
|
|
4.3
|
Sillabus
|
|
4.4
|
Tarqatma materiallar
|
|
4.5
|
Testlar
|
|
4.6
|
Ishchi o’quv dasturiga muvofiq baxolash mezonlariniqo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatma
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi
«MARKETING»
fanidan
MAVZULAR BO’YICHA TAYaNCH KONSPEKT
Andijon – 2020
1-MAVZU. MARKETING VA UNING RIVOJLANISHINI ASOSIY BOSQICHLARI
Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
Marketing elementlari tarkibi va marketing– miks tushunchasi.
Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Marketinga turli-tuman ta’riflar berilgan bo’lib, ulardan ko’pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini yechishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Talab bilan taklifni o’zaro ta’siri - bu alohida shaxslar yoki guruhning xohish-ehtiyojlarini o’zluksiz qondirish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Bu jarayon o’z navbatida shunday ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalarni o’zaro ta’siriga asoslanadi, ya’ni ularga muhtojlik, ehtiyoj (xohish), talab, xarid qilish (ayirboshlash, bitim) va aniq tovar va xizmatlarni iste’moli (ishlatilishi) kiradi.
Bu tushunchalar marketing tushunchasi, mohiyatini aniqlashga imkon beradi.
Muhtojlik – kishini biron bir narsani yetishmasligini his etishidir.
Ehtiyoj – individ shaxsning madaniy darajasiga asosan maxsus shaklga muhtojlikdir.
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo’lgan ehtiyoj.
Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi.
Tovar – bu ehtiyojni yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir.
Marketingni mohiyati tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat.
Marketing asosida bozorni har taraflama o’rganish yo’nalishlarining asosiylaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish zarur:
talabni o’rganish;
bozor tarkibini aniqlash;
tovarni o’rganish;
raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
sotish shakli va uslublarini tahlil etish.
Marketing quyidagilarni o’rgatadi:
bozorni o’rganishni;
uni taqsimlashni;
tovarlarni joylashtirishni;
marketing siyosatini olib borishni;
tovar siyosatini;
narx siyosatini;
taqsimot siyosatini;
siljitish (yo’naltirish) siyosatini;
yuksalish, qo’shimcha xizmatlarni (Plus) - (bunga marka, sotishdan keyingi xizmat, kafolat va texnik yordam, yetkazib berish, assortiment, shaxsiy iste’mol va boshqalarni kiritish mumkin).
Marketingning asosiy rivojlanish bosqichlari.
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan bog’lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari bo’yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o’qitila boshladi.
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo yetildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va tashkilotlar G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada ham paydo bo’ldi. Xalqaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga o’xshashlar yuzaga keldi.
Marketingni rivojlanish tarixi
Yillar
|
Marketingda ro’y bergan o’zgarishlar
|
1902 yil
|
AQSH da mustaqil ravishda marketing kursini o’qitish boshlandi.
|
1908 yil
|
Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AQSHning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bo’limlari tashkil yetildi.
|
1920 yil
|
Xalqaro savdo palatasi tashkil topdi.
|
1926 yil
|
AQSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi; uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuzildi va u 1973 yilda Amerika marketing assotsiatsiyasi deb qayta nomlandi.
|
1930-1940
yillarda
|
Dunyoning ko’pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
|
1950-1960
yillarda
|
Xalqaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati hamda Yevropa marketing Akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
|
1980 yillarning
ikkinchi yarmida
|
Mamlakatimizning iqtisodiyot yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida marketing kursi o’qitila boshlandi.
|
1990 yillarning oxirlarida va hozirgi kunlarda
|
Mamlakatimizda marketing bo’yicha xorijiy adabiyotlar o’zbek tiliga tarjima qilingan holda va shu fan bo’yicha darslik, qo’llanma hamda risolalar O’zbekistonlik mualliflar tomonidan ko’plab chop yetilmoqda.
|
Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi.
Marketing kontseptsiyasi rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan firma faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqiladi. Marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish odatda quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
ichki va tashqi muhit strategik tahlilini amalga oshirish;
marketing faoliyati va korxonaning maqsadlarini aniqlash;
marketing strategiyasini aniqlash;
rejalashtirilayotgan natijalarga erishish maqsadida marketing faoliyati elementlarini tanlash.
Marketing kontseptsiyasi ishlab chiqarish va taklif yetilayotgan tovarlarga bo’lgan talabni rivojlanish darajasiga bog’liqligi jihatidan yevolyutsion taraqqiyot bosqichini kechdi.
Marketing va tadbirkorlik sohasida dunyo ilmi va amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi kontseptsiyalarni asosladi va tavsiya etdi:
ishlab chiqarish kontseptsiyasi;
tovar kontseptsiyasi;
sotish kontseptsiyasi;
an’anaviy marketing kontseptsiyasi;
ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi;
o’zaro aloqaviy marketing kontseptsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |