Bozorning raqobatchilik haritasi - 1) raqobatchilarini bozorda egallab to’rgan o’rniga ko’ra tasniflash; 2) bozorda raqobatchining o’rnini nazorat qilish imkonini beruvchi raqobatchilar ulushini taqsimlash. Aniq tovar bozorlarida raqobatchilarning o’rnini talil qilish natijasida aniqlanadi.
Brending - marketing kommunikatsiyalari tizimining firma stili va uning elementlarini ishlab chiqish, firmani raqobatchilardan ajratib turuvchi o’ziga xos imijini yaratish sohasi
Gorizontal diversifikatsiya - firma assortimentini ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan bog’liq bo’lmagan, biroq mijozlarning qiziqishini uyg’otishi mumkin bo’lgan mahsulotlar bilan to’ldirish.
Demping - tovarni O’rtacha bozor narxidan arzon, ba’zida hatto o’z tannarxidan arzon narxda sotish. Ko’pchilik garb mamlakatlarida milliy ishlab chiqaruvchilar foydasini ximoya qiluvchi va aksari hollarda boshqa mamlakatlardan raqobatning kuchli emasligi sababli arzon narxda tovar olib kirishni ta’kiklovchi antidemping qonunlar amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |