3. Tugallangan qurilish ob’ektini ekspluatatsiyaga qabul qilish va uning sifatini baholash. Texnologiyalarga bo’lgan talab va uning sifatini tekshirish.
Qurilish ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi, ya’ni qurilish tarmog’i mahsuloti bo’lib, mamlakat xalq xo’jaligi tarmoqlari asosiy fondlarini shakllantiruvchi korxonalar, binolar va inshootlarning ekspluatatsiyaga (foydalanishga) tayyorligi va tugallangan qurilish hisoblanadi.
Asosiy fondlarni barpo etishdan tashqari kapital qurilish funksiyasiga korxonalardagi mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish ham taalluqlidir.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarish asosida korxonalar, bino va inshootlarni barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshq.
Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar ko’p qirrali, konstruksiyasi murakkab bo’lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu esa qurilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Qurilish ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi. Birinchidan, sanoat ishlab chiqarishdan farqli holda qurilish mahsuloti ko’chmasligi va qayerda yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda ishlatilishi bilan xususiyatlanadi. Faqat quruvchilar va mehnat qurollari (qurilish mashinalari va uskunalar) ko’chishi yoki joylashtirilishi mumkin. Mehnat resurslari va mehnat qurollari qurilish tugallangandan keyin bir ob’ektdan boshqa ob’ektga olib o’tiladi. Qurilishning bu xususiyati boshqaruvning o’ziga xos tashkiliy shakllarini, qurilish texnikalari va mehnat resurslarini bir qurilish maydonidan boshqa qurilish maydoniga ko’chirishda vaqtning yo’qotilishi va xarajatlarni minimumga keltirish uchun qurilish tashkilotlarini to’g’ri joylashtirishni talab qiladi.
Ikkinchidan, qurilish mahsulotini tayyorlash jarayoni uzoq muddatni ko’zda
tutadi va shuning uchun qurilish jarayoniga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi uzoq muddatga jalb qiliniadi.
Uchinchidan, qurilish ishlab chiqarish ko’plab tarmoqlar va korxonalar
(firmalar,uyushmalar) bilan bog’liq bo’ladi. Ma’lum bir tarmoq korxonalaridan qurilish mahsulotini tayyorlash uchun xom ashyo, materiallar va uskunalar oladi. Boshqa tarmoq korxonalari bilan bog’liqligi shundaki, buyurtmachi-korxonalar topshirig’iga binoan buyurtma asosida tegishli ishlarni amalga oshiradi.
Kapital qurilishning alohida tarmoqlari, o’z navbatida, alohida xususiyatlarga ega bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligi qurilishi sanoat qurilishidan, shaharsozlik qurilishi – qishloq qurilishdan farq qiladi.
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish – qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruksiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish; qurilishmontaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati: ob’ektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi hamda ishlab chiqarish siklining davomiyligidir.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi.
Kapital qurilish o’z vazifasini bajara turib, investitsion jarayonlarda muhim rol o’ynaydi. Investitsion jarayonlarda kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.
10.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2007-2017 yillarda respublikamizda asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning texnologik tarkibida qurilish-montaj ishlarining salmog’i 9,9 foizli punktga oshgan. Ushbu shchsish uskunalar, instrumentlar, inventarlarga qilingan xarajatlar salmog’ining kamayishi hisobiga yuz bergan. Mazkur holat iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashda asosiy fondlarning ko’chmas mulk shakli yaratalishi ulushi ortishi nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Chunki, bu holat so’ngi illarda respublikamizning barcha hududlarda aholi farovonligini oshirish uchun amalga oshirilayotgan uy-joylar qurilishi jarayonining faollashuvi bilan bevosita bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |