Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: Investitsiya loyihalarini boshqarishda risklarning ahamiyati nimada?
Investitsiya risklarini boshqarish usullarini bilasizmi?
Investitsiya loyihalarini risklarini pasaytirish tadbirlari nimalardan iborat?
Investitsiya loyihalarini risklarining oldini olish tadbirlari nimalardan iborat?
Risklarning iqtisodiy mohihiyati nima?
Risklarni baholashning qanday usullari mavjud?
Risk va noaniqlik nima?
10-MAVZU. LOYIHANING SIFAT MENEJMENTI Reja: Sifat boshqarishning kompleks tizimi va xarajatlari. Sifatni boshqarishning zamonaviy konsepsiyasi
Loyihaning sifat menejmentining dasturi. Me’yorlar va standartlar. Litsenzion faoliyatni amalga oshirish tartibi
Tugallangan qurilish ob’ektini ekspluatatsiyaga qabul qilish va uning sifatini baholash. Texnologiyalarga bo’lgan talab va uning sifatini tekshirish.
Loyiha samaradorligini aniqlashda asosiy omillardan biri bo’lib realizatsiya bo’yicha qilingan barcha ishlar sifati hisoblanadi.
Loyiha sifat boshqarilishini asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanishi qabul qilingan:
buyurtmachi qiziqishi va loyiha guruhlarini uyg’unlashtirish maqsadidagi – asosiy holati;
chora-tadbirlarining kompleks boshqarilishi – sifat ta’minlanishi;
texnik komleks va texnologik chora-tadbirar zaruriy aniq ta’sirini kiritish bo’yicha – sifat nazorati.
Loyiha menejer funksiyalari
Loyiha sifatini ta’minlash loyiha menejerining asosiy muammosi hisoblanadi.
U ishni ma’lum bir bo’lagini yoki butunlay sifatni ta’minlash bo’yicha ixtisoslashgan firmalarga topshirishi mumkin va butun bir mas’uliyat uning zimmasida bo’ladi.
Boshqa bir shaxs va tashkilotlar majburiyati va vakolati xujjatlashtirilgan bo’lishi kerak. Bu loyiha sifatini ta’minlashning maxsus dastur doirasida ko’rib chiqiladi.
Loyiha sifatini ta’minlash dasturi
Bu dasturda loyiha sifatini ta’minlash strategiyasi joylashgan. Dastur loyiha bo’yicha bajariladigan ishlar, chora-tadbirlarini aniqlaydi, shuningdek, sifat nazorati chora-tadbirlarini ham.
Dastur quyidagilarni ko’rib chiqishi kerak:
tashkiliy tuzilma;
muammoni yechishda ishtirok etadigan barcha guruh va tashkilotlar majburiyatini hamda ta’sir darajasini taqsimlanishini.
Loyiha sifatini ta’minlashdagi loyiha qatnashchilarining faoliyati o’z ichiga boshqarish funksiyalarini kiritishi kerak:
loyiha sifatini ta’minlash dasturini bajaruvchi va uni bajaruvchi organlariga yetkazishni;
dasturda ko’zlangan nazorat bo’yicha chora-tadbirlar bajarilishini tekshirish.
Quyidagilarni amalga oshirish uchun, sifatni ta’minlash bo’yicha javobgar shaxslar va tashkilotlar yetarli vakolatga ega bo’lishlari kerak:
sifat muammosini ifodalash (qurish);
yechimini tayyorlash va taklif etish;
yechim o’zgarishini tekshirish;
yetkazib berishni yoki jixozlar o’rnatilishini, konstruksiya va materiallar o’rnatilgan talabiga javob bermaydiganlarini ma’lum vaqtga to’xtatib qo’yish.
Bu vakolat va tashkiliy xuquq shaxsan loyiha boshqarmasi ko’rsatmasi tomonidan yetkazib berilishi kerak.
Loyiha raxbari tez-tez ish holatini dastur bajarilishi bilan birgalikda va unga aniq rioya qilishni tekshirishi shart.
Loyiha sifatini nazorat dasturi quyidagi chora-tadbirlarni ko’zda tutadi:
loyihaviy xujjatlashtirishga ishlov berish nazorati;
foydalanib bo’lmaydigan jixozlarni, konstruksiyalar va materiallarni paydo bo’lishi;
ta’sirini tuzatish;
sifat ta’minlashining chora-tadbirlar ro’yxati;
reviziya o’tkazish – tashqi mutaxassis kuchlari asosida.
Korxona ta’minotchisining texnik inspeksiyasi
Loyiha sifati nazoratining asosiy qismi bo’lib texnik inspeksiya nazorati hisoblanadi. U qanday korxonasi ta’minotiga qo’llansa, xuddi shunday bevosita ishlab chiqarish ish joyida amalga oshiriladi.