Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 3,3 Mb.
bet141/173
Sana28.05.2023
Hajmi3,3 Mb.
#945147
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173
Bog'liq
Loyihalarni boshqarish UMK TAYYOR

Uchinchi shaxslar – fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda muayyan darajada huquq va majburiyat tug’diradigan sub’ektlar.
Faktoring (ingl. factor – agent, vositachi) – kichik va o’rta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning sho’’ba faktor-firmalari tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. 16-17-asrlarda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. Faktoringda faktor-firma mijoz (tovar etkazib beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli qarzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga to’laydi, ya’ni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70-90 %ini mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktor-firma oldidagi o’z qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz o’zining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktor-firmaga o’tkazadi. Ayniqsa, G’arb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qo’llaniladi. Faktoring bo’yicha kreditlar muddati 90–120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.
Faza (yun. phasis – paydo bo’lish) – biror jarayonning taraqqiyot yo’lidagi davr.
Fan-texnika taraqqiyoti – fan bilan texnikaning o’zaro bog’liq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti.
Fermer xo’jaligi – xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan erda qishloq xo’jaligi mahsuloti etishtirish bilan shug’ullanadigan xo’jalik (yuridik shaxs).
Firma – (ital. firma – imzo) – korxona, kompaniya, xo’jalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga ko’ra xilma-xil firmalar bor.
Foyda – tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo’jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlaydi.
Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldi-sotdi qilinadigan birja. Fond birjasining asosiy vazifalari: bo’sh turgan pul va qimmatli qog’ozlarni sotishni tashkil etish orqali jamg’arilgan pul kapitalini safarbar etish va to’plash; xususiy xo’jalik sub’ektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qog’ozlari xaridini tashkil etish yo’li bilan moliyalashtirish; qimmatli qog’ozlarning yuqori darajadagi likvidligini, ya’ni qimmatli qog’oz egalari uchun yo’qotishlarsiz tezda pul mablag’lariga aylanishini ta’minlash.
Fond bozori, qimmatli qog’ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli qog’ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug’ullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya’ni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag’larini to’plash hamda taqsimlash; qimmatli qog’ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini o’zgartirish; qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi yo’li bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qog’ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq.

Download 3,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish