Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet38/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Davlat soliq xizmati organlari о‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
- soliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog‘langan qarshi sub’ektlarda) О‘zbekiston Respublikasi maqsadli pensiya fondiga majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida hisoblab yozilishi, tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi bilan bog‘liq bо‘lgan moliyaviy hujjatlarni, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tushuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;
- qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari bо‘yicha operatsiyalarni tо‘xtatib qо‘yish.
Davlat soliq xizmati organlari о‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan о‘zaro birgalikda bajaradilar. Kо‘rsatilgan organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi kurashda yordam berishlari shart.
Kо‘rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil etish Davlat soliq qо‘mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. О‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qо‘mitasi tо‘g‘risida nizomga muvofiq u davlat soliq xizmatining soliq qonunchiligiga rioya etilishi, davlat iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoyalashning ta’minlanishi sohasidagi nazorat bо‘yicha markaziy organi hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasining moliyaviy nazorat sohasidagi asosiy vazifasi soliq tо‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy tо‘lovlarning tо‘g‘ri hisoblab yozilishi, ularning tо‘liq va о‘z vaqtida tо‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qо‘mitasi о‘z vakolatlari doirasida quyidagilarga haqlidir:

  1. Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq boshqa tekshiruv va nazorat organlarini jalb etgan holda, mulkchilikning barcha shakllaridagi xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini tekshirish;

  2. coliq tо‘lovchilarda (jumladan soliq tо‘lovchilar bilan bog‘langan qarshi sub’ektlarda) moliyaviy hujjatlar, shartnomalar, smetalar, soliqlarni hisoblab yozish va tо‘lash hamda eksport-import bilan bog‘liq bо‘lgan hujjatlarni hujjatlar asosida tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan masalalar bо‘yicha zarur bо‘lgan tushuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni olish;

  3. savdo, tovarlarni sotish va xizmat kо‘rsatish, aksiz spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish va markalash qoidalariga rioya etilishi, naqd pul mablag‘larining tо‘liq kirim qilinishi, nazorat-kassa apparatlarini qо‘llash qonunchiligiga rioya etilishi va boshqalarni nazorat qilish.

О‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qо‘mitasi tizimida bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilgan bо‘lib, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bо‘linmalari mavjud.
Mazkur organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq qonunchiligiga rioya etishi bо‘yicha moliyaviy-xо‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda hujjatlar asosida tekshiruvlarni hamda hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga yuklatilgan masalalar bо‘yicha nazorat tekshiruvlarini tashkil etish va о‘tkazish;
- xо‘jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan soliqlar va yig‘imlarning hisoblab yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga tо‘lovlarning tо‘g‘ri hisoblanishi va о‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash, ogohlantirish va tо‘xtatish;
- о‘tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va xokazoni undirib olish) yakuni bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
- soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va xokazo
Davlat soliq qо‘mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
- yuridik va jismoniy shaxslardan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar (soliq tо‘lovchilar) faoliyatiga tegishli ma’lumot, axborot, ma’lumotnoma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
- banklar va boshqa kredit-moliya muassasalaridan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar (soliq tо‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan operatsiyalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bо‘yicha о‘z vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bо‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:

  1. banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati, jumladan operatsiyalari tо‘g‘risida axborot, ma’lumotlarni sо‘rash va olish;

  2. olingan axborot, ma’lumotlar bо‘yicha tushuntirishlar talab qilish;

  3. banklarning ichki auditi bо‘yicha talablar belgilash;

  4. bank aktivlarini sifat bо‘yicha tasnif qilish va aktivlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin bо‘lgan zararlarni qoplash uchun shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;

  5. banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bо‘yicha bajarilishi majburiy bо‘lgan yozma buyruqlar, kо‘rsatmalar jо‘natish.

Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillari va auditorlar tomonidan о‘tkaziladi.
Davlat moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu, xususan, О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qо‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markaziga taalluqli bо‘lib, uning zimmasiga barcha davlat organlari va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar tо‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish