Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan: -nazorat organlarining xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar ish faoliyatini tekshirish masalalari bо‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ish-faoliyati bо‘yicha о‘tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish;
-tekshiruvlar, shuningdek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yо‘l qо‘yuvchi kompleks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
-tekshiruvlar о‘tkazish bо‘yicha muvofiqlashtiruvchi rejalarga rioya etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va kengash bilan kelishilmay turib, rejadan tashqari, qarshi tekshiruv va nazorat tartibida tekshiruvlar о‘tkazilishiga yо‘l qо‘ymaslik;
-tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga: -xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar ishlab chiqish;
-muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar bajarilishiga rioya etilishi ustidan monitoring о‘rnatish kabi vazifalar kiradi.
Kengash о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda о‘z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega: - respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kelayotgan davr uchun mо‘ljallangan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshiruv rejalarini sо‘rash va olish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bо‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash talab qilingan kо‘rsatmalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, nazorat organlariga jо‘natish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish tо‘g‘risidagi qonunchi-likni buzish yoki Kengash qarorlarini buzishda aybdor bо‘lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga ma’muriy choralar belgilanganligi tо‘g‘risidagi taqdimnomalarni, Kengash Raisi imzosi qо‘yilgan holda, jо‘natish;
- nazorat organlarining rejadan tashqari tekshiruvlar о‘tkazish tо‘g‘risidagi qarorlarini, agar ularni о‘tkazish uchun etarlicha asoslar bо‘lmasa, bekor qilish.
Kengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini о‘z vaqtida kо‘rib chiqishi, ular yuzasidan qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari tо‘g‘risida hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida О‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qо‘mitasiva ularning quyi organlari alohida о‘rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi.
Moliya organlarining kо‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini kо‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini tо‘plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bо‘yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan: respublika vazirliklari, qо‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qо‘yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha kо‘rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy - xо‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish.
Hukumatning “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish tо‘g‘risida” 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mavjud bо‘lib, u О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy nazorat - taftish boshqarmalari tо‘g‘risida nizom3ga asosan faoliyat yuritadi.
Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir. Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
- moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligi hamda byudjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
- respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash;
- moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi navbatdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi tо‘lash, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar berish muddatlari va tо‘liqligi, shuningdek byudjet muassasalariga kо‘rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag‘larini berish bо‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;
- fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari orqali kam ta’minlangan oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va ularning о‘z vaqtida tо‘lanishini nazorat qilish;
- paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bо‘yicha statistik va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining tо‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bо‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va о‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
-investitsion dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish;
-kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun byudjet mablag‘larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar о‘tkazib turish;
-byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali-smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
-hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini tо‘xtatish;
-davlat valyuta mablag‘larining tо‘g‘ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
-fuqarolarning moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari tо‘g‘risidagi xat, shikoyat va arizalarini kо‘rib chiqish va xokazo