3.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli maqsadli fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78 - moddasining 8 - bandiga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy MajlisiVazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitusiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qо‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan2. U mustaqil va ob’ektiv organ bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, itoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan: -makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli о‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
-davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat о‘rnatish;
-davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul kо‘rsatkichlari bо‘yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bо‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarga ta’sirini kо‘rib chiqish;
-mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bо‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash;-mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bо‘yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag‘larini xarajat qilish bо‘yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar о‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va iste’molliklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
-umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bо‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan tо‘lovlarning kelib tushishi tо‘liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
-byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va о‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
-milliy valyutani mustahkamlash, inflyatsiyani pasaytirish hamda iqtisodiy о‘sish va narxlar barqarorligi kо‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bо‘yicha takliflarni kо‘rib chiqish va baholash;
-oltin - valyuta zahiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yо‘qotishlar va suiste’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yо‘qotish maqsadida davlat oltin - valyuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;
-tashqi aktivlarni boshqarish bо‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valyuta zahiralarini chet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish;
-davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring о‘rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bо‘yicha о‘z vaqtida xizmat kо‘rsatilishini nazorat etish;
-eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va tо‘lov balanslari ijobiy qoldig‘ini ta’minlash bо‘yicha chora - tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;
- chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog‘liq bо‘lgan masalalar bо‘yicha tahlil о‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;
- respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini kо‘rib chiqish;
- О‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
- olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir kо‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish;
- vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bо‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va о‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni kо‘rib chiqish uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.