Nazorat uchun savollar 1.Moliyaviy rejalashtirish deb nimaga aytiladi?
2.“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi о‘z ichiga nimalarni oladi?
3.Moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4.Moliyaviy rejalarning qanday turlari (kо‘rinishlari) mavjud?
5.Joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
6.Moliya tizimi alohida bо‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi nimalarni о‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi?
7.Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga nimalar kiradi?
8.Moliyaviy bashoratlash deb nimaga aytiladi?
7-Mavzu:Moliyaviy nazorat Reja 1.Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari. 2.Moliyaviy nazoratning ikki yо‘nalishda qaralishi va ularning о‘zaro bog‘liqligi. 3. Moliyaviy nazoratning predmetini ifodalovchi moliyaviy kо‘rsatkichlar. 4. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli ekanligi. 5. Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati. 6.Moliyaviy nazorat о‘z ichiga oluvchi tekshiruvlar. Moliyaviy nazorat tizimining bir tipliligi va uning elementlari. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar. 7.Moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplari: mustaqillik; obektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); oshkoralik. Moliyaviy nazoratning amaliy xarakter kasb etuvchi prinsiplari: natijalilik; nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; nazorat subektlarining sotib oluvchanmasligi; tekshirish va taftish aktlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi); moliyaviy jinoyatlar bо‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) prezumpsiyasi; turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi; va b.
Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’ektiv xos bо‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bо‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yо‘nalishda (aspektda) qaraladi:
-barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;
-moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yо‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.
Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xо‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni о‘z ichiga oladi. Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bо‘lishining baholashni о‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u о‘zining analitik yо‘nalishiga (aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bо‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. SHuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi.