Huddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bо‘ladi: - iste’mol xarajatlari; - soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar; - pul tо‘planmalari va jamg‘armalar.
Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining о‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. SHularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rolь о‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bо‘linishi mumkin: -uzoq muddatli moliyaviy rejalar; -qisqa muddatli moliyaviy rejalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir - birlaridan nafaqat о‘zining qamrab olish gorizonti bо‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga kо‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan sur’atlarini aniqlash bо‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy tо‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bо‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat kо‘rsatishining boshqa yо‘nalishlari (aspektlari) qiymat kо‘rsatkichlarida ifodalanadi.
Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning о‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha ishlab chiqiladi:
- bozorlarni va kо‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini о‘zlashtirishning loyihaviy kо‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- tannarxning turli kо‘rinishlarini (tо‘liq, ishlab chiqarish, tо‘g‘ri va boshqalar) hisob - kitob qilish. Bu erda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni о‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
- pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining о‘zgarishi, moliq tо‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bо‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. SHu erning о‘zida foydaga oid hisob - kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa bо‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
- zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
- va boshqalar.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning kо‘rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning informatsion asosi bо‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi о‘zgarishlarning ob’ektiv ravishda о‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bо‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan kо‘ra bilish va moliyaviy rejalarning kо‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi.
Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: -о‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; -uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bо‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bо‘lishi mumkin bо‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat.
Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. SHu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning о‘zida muhim bosqichi bо‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echishning (hal qilishning) turli ssenariyalari ishlab chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qо‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bо‘lishi mumkin:
-iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda moliyaviy reja kо‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish);
-korrelyatsion-regression tahlil;
bevosita ekspertli baholash metodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagi-larning bо‘lishini kо‘zda tutadi:
-yо‘nalishlar bо‘yicha davlat xarajatlarining ustuvor-larini belgilash (о‘rnatish);
-davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
-muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni tо‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial yо‘qotmalar ham hisobga olinadi.
Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhim usuli sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda о‘tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati besh yillik “о‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi kо‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja о‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda kо‘rsatkichlar besh yillik shkala bо‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “kо‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning reja kо‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi tо‘rt yillik kо‘rsatkichlar esa mо‘ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bо‘yicha balanslilikka yо‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xо‘jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bо‘lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.