Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: -ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bо‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
-pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bо‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
-kapitalni samarali joylashtirish yо‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
-kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni о‘rnatish;
-korxonaning moliyaviy ahvoli, tо‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat о‘rnatish.
Bozor munosabatlariga о‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun etarli darajada formal bо‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi kо‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mо‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi.
Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obrо‘yiga obrо‘ qо‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan о‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning о‘zida, shu rivojlanishning yо‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan kо‘zda tutishgina (kо‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bо‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni kо‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xо‘jalik yurituvchi sub’ekt о‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan kо‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin: -iqtisodiy tahlil metodi; -normativ metod; -balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; -kо‘p variantlilik metodi; -iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi; -va boshqa metodlar. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib kо‘rsatish mumkin: -xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
-operativ rejalarning о‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
-о‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xо‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bо‘lgan aniq ehtiyojlarini aniqlash;
-moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, о‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qо‘llab-quvvatlash);
-shakllantirilgan rejalarni operativ о‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bо‘lishi mumkin: -strategik moliyaviy rejalashtirish; -joriy moliyaviy rejalashtirish. Strategik moliyaviy rejalashtirish о‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda о‘zgarayotgan xо‘jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining kо‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bо‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim: -xо‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning о‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? -bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? -о‘z kuchiga ishongan holda xо‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yо‘q bо‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday? -xо‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda?