Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari



Download 5,22 Mb.
bet20/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
-Prezident va Prezident devoni;
-Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bо‘yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qо‘mitalari;
-Vazirlar Mahkamasi;
-Hisob palatasi;
-Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, G‘aznachilik tizimi organlari;
-Markaziy bank;
-Davlat soliq qо‘mitasi;
-Davlat bojxona qо‘mitasi;
-Davlat mulk qо‘mitasi;
-Qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha komissiya;
-Maqsadli fondlarning ijroiya direksiyalari
-va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini reglamentatsiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qо‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bо‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar, nosoliqli tо‘lovlarni belgilaydi (о‘rnatadi), Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi tо‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning о‘zida davlat ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (о‘rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini kо‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida maydonda gavdalanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
-hajmi va maqsadga mо‘ljallanganligi bо‘yicha Davlat byudjeti va maqsadli fondlari daromadlar va xarajatlarining о‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
-davlat mablag‘larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
-Davlat byudjeti va maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir kо‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini kо‘zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish;
-Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari tо‘g‘risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni taqdim etish;
-va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
-byudjet mablag‘lari va maqsadli fondlar mablag‘larining oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
-davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga oid chora - tadbirlarni kо‘rish;
-mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini kо‘rish;
-mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlariga moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilish (tо‘plash);
-Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
-davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
- uzoq, о‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mо‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
-iqtisodiyotni moliyaviy sog‘lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qо‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
-mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yо‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar va tо‘lovlar-ning ahvolini yaxshilash bо‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
-faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yо‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
-moliyaviy rejalashtirish va milliy xо‘jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
-mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
-moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman tо‘xtatib qо‘yish;
-va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar bо‘lishi mumkin:
-davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
-valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
-hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
-agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
-ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
-nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
-investitsiyalar boshqarmasi;
-iste’mol bozori va xizmat kо‘rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali tartibga solish boshqarmasi;
-boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
-soliq siyosati boshqarmasi;
-buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
-qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
-moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
-sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;
-mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi;
-va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bо‘linmasi G‘aznachilik tizimi bо‘lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bо‘lgan G‘aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
-kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob varaqlarida bо‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
-davlat maqsadli fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash;
-davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni operativ boshqarish;
-Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga xizmat qilish (kо‘rsatish);
-byudjet bо‘yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari tо‘g‘risida va shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli tо‘g‘risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni taqdim etish;
-va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bо‘lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rolь о‘ynab, u xazinachilik tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari ham muhim rolь о‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig‘imlar va boshqa tо‘lovlarning tо‘g‘ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qо‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar, yig‘imlar va tо‘lovlarning tо‘g‘ri hisoblanishi, tо‘liq va о‘z vaqtida о‘tkazilishi masalalari bо‘yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
-soliq tо‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
-moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa tо‘lovlarning haqiqatdagi tushumlari tо‘g‘risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
-ortiqcha tо‘langan soliq summalarini va soliq tо‘lovchilardan notо‘g‘ri undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bо‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
-va boshqalar.
Davlat bojxona qо‘mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida о‘ziga xos bо‘lgan о‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining о‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan:
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bо‘yicha soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vatо‘lash bilan bog‘liq bо‘lgan hujjatlarni tekshirish;
-soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga tо‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq tо‘lovchilarning bankdagi operatsiyalarini tо‘xtatib turish;
-soliq qonunchiligida kо‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish;
-va boshqalar.
О‘z navbatida, davlat mulki qо‘mitasi moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli xarakterga ega bо‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish