Nazorat savollari. 1. Moliya bozoriga tushuntirish bering.
2. Moliya bozori qanday funksiyalarni bajaradi?
3. Moliya bozorining tarkibiy tuzilishi qanday?
4. Qimmatli qog‘ozlar deganda nimalar tushuniladi?
5. Qimmatli qog‘ozlar qanday ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin?
6. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’rif bering.
7. Qimmatli qog‘ozlarning birlamchi bozori deganda nima tushuniladi?
8. Qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori deganda qanday bozor tushiniladi?
9. Birjaviy qimmatli qog‘ozlar bozorining mohiyati nimadan iborat?
10. Nobirjaviy qimmatli qog‘ozlar bozorining mohiyati nimadan iborat
5-Mavzu:Moliyaviy boshqaruv Reja 1 .Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati. 2. Ta’rifi, maqsadi va vazifalari. 3. Moliyaviy boshqaruvning boshqariladigan (obektlar) va boshqaruvchi (subektlar) tizimlar yagonaligidan iboratligi. 4. Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik prinsiplari, konkret metodlari va shakllari. Moliyaviy rejalashtirish; bashoratlash (prognozlashtirish); dasturlashtirish; moliyaviy tartibga solish; moliyaviy nazorat; moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish; moliyaviy resurslarni jalb qilish. 5. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari. Moliya tizimini umumiy boshqarish va uni amalga oshiruvchi organlar.
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir kо‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. SHu ma’noda va eng umumiy kо‘rinishda boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadga yо‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bо‘lgan moliyaviy resurslarni sog‘lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani (muammoni) bajarish (echish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bо‘lib, boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’ektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu erda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari tо‘plamidan (majmuidan) iborat bо‘lgan moliya tizimini о‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir xil tarzda bо‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’ektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini takomillashtirishni ham о‘z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli kо‘rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir kо‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan о‘ziga xos bо‘lgan moliyaviy munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasida moliyaviy boshqaruvning sub’ekti bо‘lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi. Davlatning xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar va uy xо‘jaliklari bilan moliyaviy munosabatlar sohasidagi о‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qо‘llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va xokazolar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bо‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. SHunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
-pirovard maqsadga bog‘liqlik;
-xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
-jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
-iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
-real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
-moliyaviy rejalashtirish;
-bashoratlash (prognozlashtirish);
-dasturlashtirish;
-moliyaviy tartibga solish;
-moliyaviy nazorat;
-moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
-moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Eng umumiy kо‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini quyidagi chizmadagidek tasavvur qilish mumkin.