Ks = Hmo Rmo Bu erda:
Ks-moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti;
Hmo-davriy koeffitsientga о‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim;
Rmo-rejadagi moliyaviy oqim.
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini о‘zida aks ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, firmalar, korporatsiyalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi va samaradorligi nazorat qilinadi. Tushumlar va boshqa pul mablag‘larining kelib tushishini (oqib kelishini) aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul mablag‘larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bо‘lishi kerak. Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag‘larining о‘lchamini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bо‘lishi ta’minlanadi.
Sof moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining о‘sish, ular daromadlarining kapitalizatsiyalashuvi darajasini aniqlash, investitsion va innovatsion imkoniyatlarining manbai bо‘lib hisoblanadi. Korxona va korporatsiyalar sof moliyaviy oqimining о‘sishi ular rentabelligi va investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi.
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha kо‘rsatkichlar mavjud: -bir ishlovchi tо‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilgan YAIMning miqdori; -inflyatsiya darajasi va dinamikasi; -davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); -oltin valyuta zahiralarining miqdori va dinamikasi. Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi faoliyatining natijasidir.
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining kо‘rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi ijtimoiy intellektning (ijtimoiy kapitalning) tо‘planishi (jamg‘arilishi) va uni iqtisodiy о‘sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish jarayonida samarali moddiylashtirish hisoblanadi.
Ijtimoiy xarakterdagi muammolarni (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish, turmush tarzining (hayotning) sifat darajasini oshirish bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotning kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini mustahkamlashning muhim shartidir.
Davlat qarzlarini о‘z vaqtida qaytarish (uzish) davlatning moliyaviy ahvolini kо‘rsatuvchi muhim kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir vaqtning о‘zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish muddatlari bо‘yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish kerak.
Korxonalar, firmalar va korporatsiyalar darajasida moliyaviy ahvol tо‘lovga qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa sub’ektlari va soliq organlari oldida moliyaviy majburiyatlarini о‘z vaqtida uzish imkoniyati bilan xarakterlanadi.
Tо‘lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (Pa) va tо‘lov muddati kelgan (yoki о‘tgan) moliyaviy majburiyatlar (Mm) о‘rtasidagi nisbat demakdir. Sog‘lom ishlayotgan korxonalar uchun tо‘lovga qobillik koeffitsienti (TQk) doimo birdan yuqori (katta) bо‘lishi kerak:
Pa
Tqk = --------- 1
Mm
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma aktivlarning о‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik kо‘rsatkichi va boshqa shu kabi kо‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona tо‘lov majburiyatlari va uning moliyaviy imkoniyatlari о‘lchamini balanslashtirishning asosiy metodi moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U о‘z ichiga korxona ixtiyoriga kelib tushadigan pul mablag‘lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag‘larini oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag‘larining harakatini nazorat qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday byudjet asosida korxonaning tо‘lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona tо‘lovga qobilligining kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar qismi) о‘ng tomoniga teng yoki undan katta bо‘lsa, unda korxona tо‘lovga qobildir. Agar uning о‘ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u holda korxona tо‘lovga qobil emas hisoblanadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) pul mablag‘larining tushilmalari va ularning sarflanish yо‘nalishlari bо‘yicha bir - biri bilan о‘zaro bog‘liq bо‘lgan rejali - istiqbolli hisob-kitoblar tizimidan iborat bо‘lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsifnomalari orqali korxonaning faoliyati ifodalanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot realizatsiyasi, resurslarning aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini kо‘zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning tо‘lovga qobillik darajasini oshirishga imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’minlaydi.