Kо‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan:
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan о‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda sо‘rash va olish;
- zarur bо‘lgan hollarda о‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha ijro etilishi majburiy bо‘lgan kо‘rsatmalarni jо‘natish;
- о‘z vakolati doirasida tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish;
- Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bо‘lgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish;
- qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bо‘yicha takliflar kiritish.
Moliyaviy nazorat bо‘yicha muhim vazifa va funksiyalar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g‘risida” 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bо‘lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan.
Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida о‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda ularning birlashmalari (xо‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari deb belgilangan:
- iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tijorat banklari tomonidan tо‘lov intizomini mustahkamlash va hisob - kitoblarni о‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy tо‘lovlarni tо‘liq tо‘lash bо‘yicha amaldagi qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
- korxonalarning debitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati о‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha boqimandalarini qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq undirib olinishini ta’minlash;
- korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag‘larining ajratib olinishi, shu jumladan tayyor mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yо‘nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bо‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega:
- vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xо‘jalik uyushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va tо‘lov intizomining ahvoli tо‘g‘risidagi masalalar bо‘yicha hisobotlarini eshitib borish;
- boqimandalarni tо‘lash, penya hisoblanishini tugatish bо‘yicha muddatlarni kechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar va tо‘lovlar bо‘yicha peniyalarni hisobdan chiqarish;
- belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bо‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish;
- bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari bо‘yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanatsiyalash yoki muntazam ravishda debitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l qо‘yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb e’lon qilish uchun materiallarni xо‘jalik sudiga berish tо‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar berish;
- soliq solish tizimi va milliy iqtisodiyotda hisob-kitoblarni yaxshilash uchun yо‘naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va xokazo
Respublika pul - kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va milliy iqtisodiyotda hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bо‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va О‘zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish tо‘g‘risida” 1996 yil 8 avgustdagi №UP-1503 Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat kо‘rsatmoqda.
Mazkur Kengash xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat nazorat etish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish bо‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Kengash tarkibi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Kengash о‘z faoliyatini Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tо‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bо‘lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish - faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yо‘l qо‘ymaslikdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |